Soliqlar va soliqqa tortish


Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə16/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

4. Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar. Yuridik shaxslarning foyda solig‘i stavkalari har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining keyingi yil uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 1998 yilda 36 foizni tashkil etgani holda 2001 yilda 26 foizga tushgan. 2002 yilga esa 24 foiz, 2003 yilda 20 foiz, 2004 yilda 18 foiz, 2005 yilda 15 foiz, 2006 yilda 12 foiz va 2007 yilda 10 foiz, 2017 yildan boshlab 7.5 foiz qilib belgilangan.
Quyidagi jadval ma‘lumotlarida 2017 yilda yuridik shaxslarning foydasiga soliq stavkalari keltirilgan.
3.2-jadval
Yuridik shaxslar foydasiga solinadigna soliq stavkalari16

N

To’lovchilar

Soliq stavkalari, soliq
solinadigan bazaga
nisbatan %da

1

Yuridik shaxslar (2-4-bandlarda nazarda tutilganlaridan tashqari)

7,5

2

Tijorat banklari

15

3



Auktsionlar o’tkazishdan, gastrol-konsert faoliyati bilan shug’ullanishga litsenziyasi bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan, norezidentlarni) jalb etish yo’li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar

35



4



Rentabellik* darajasiga bog’liq holda mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari):




20 foizgacha

7,5

20 foizdan yuqori



rentabellikning 20 foizlik darajasidan oshadigan foyda summasining 50 foizi**

5



O’zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish joyidan qat’i nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi ulushi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksportchi korxonalar uchun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan ro’yxatda keltirilgan xom ashyo mahsulotlari bundan mustasno:







sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha



belgilangan stavka 30%ga pasaytiriladi




sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqori



belgilangan stavka 50%ga pasaytiriladi

Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra norezident soliq to‘lovchining daromadini chet elga o‘tkazilayotganda 10 foiz miqdorida foydaga soliq undiriladi.


Doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borgan norezidentning daromadi hech qanday chegirmasiz daromad manbaida quyidagi stavkalarda soliqqa tortiladi:

  • dividendlar va foizlardan – 10 foiz;

  • sug‘urta mukofotlari, sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash – 10 foiz;

  • O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar bilan Xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiya va transport xizmati (fraxta daromadi) – 6 foiz;

  • royalti, ijara daromadlari, xizmat ko‘rsatish, shu jumladan boshqaruv xizmati, maslahatlar va boshqa daromadlar – 20 foiz.

Yuridik shaxslarga to‘lanadigan dividendar va foizlar to‘lov manbaida 10 foizli stavka bilan soliqqa tortiladi.
Soliqqa tortish maqsadida dividend deb, aktsiyalardan va boshqa xo‘jaliklar sub‘ektlarining ustav kapitalidagi qatnashish ulushidan olgan daromadlari tushuniladi.
Foizlarga esa depozit qo‘yilmalar, qarz majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlardan olgan daromadlar kiradi.
Manbaida soliqqa tortilgan va dividend, foiz olgan norezident jami daromadidan tegishli tartibda belgilangan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda chegirma olish huquqiga ega bo‘ladi.
Soliq kodeksining 158-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod etiladi:
- ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari.
Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi:
1) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko‘rsatishdan, nogironlar uchun mo‘ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta‘mirlash hamda ularga xizmat ko‘rsatishdan olingan foydasi;
2) shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foydasi;
3) tarix va madaniyat yodgorliklarini ta‘mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi;
4) investitsiya fondlarining xususiylashtirilgan korxonalar aktsiyalarini sotib olishga yo‘naltiriladigan foydasi;
5) Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olingan foydasi.
Soliq kodeksining 159-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi quyidagi summaga kamaytiriladi:
1) ekologiya, sog‘lomlashtirish va xayriya jamg‘armalari, madaniyat, xalq ta‘limi, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga beriladigan badallar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning ikki foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha tarbiya ta‘lim muassasalari qurilishiga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga, lekin soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
3) asosiy ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruktsiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
4) ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihozlar xarid qilishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga, lizing ob‘ekti qiymatining o‘rnini qoplashga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirgan holda yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga.
Soliq solinadigan bazani kamaytirish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan e‘tiboran, texnologik jihozlar bo‘yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan e‘tiboran uch yil ichida amalga oshiriladi. Yangi texnologiya jihozlari ular olingan (import qilingan) paytdan e‘tiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi foydadan olinadigan soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda, imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun bekor qilinadi;
5) yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari badallari to‘lashga va (yoki) mulk sifatida uy-joy olishga tekin yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan bazaning 10 foizidan oshmagan miqdorda;
6) diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya jamg‘armalarining mulkida bo‘lgan korxonalar foydasidan shu birlashmalar va jamg‘armalarining ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan ajratmalari summasiga.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin