3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ko‘pgina mamlakatlardagi singari O‘zbekistonda ham progressiv soliq hisoblanadi. Ushbu soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi va o‘rnatilgan tartibda davlat soliq idoralari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga bildiriladi. Har yili belgilangan stavkalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan qaytadan ko‘rib chiqilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga ko‘ra jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
jismoniy shaxslarning ish xaqi, mukofotlar va boshqa daromadlariga solinadigan tabaqalashgan progressiv soliq stavkalari;
jismoniy shaxslarning dividend va foiz tariqasida oladigan daromadiga soliq stavkasi;
norezident jismoniy shaxslarning daromadlariga to‘lov manbaida solinadigan soliq stavkalari;
imtiyozli soliq stavkalari.
Soliq qonunchiligiga binoan 1998 yildan respublikamizda jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daromadlaridan soliq stavkasi 15, 25, 35, 40, 45 foiz, ya‘ni 5 pog‘onali qilib belgilangan edi. 2000 yildan boshlab 4 pog‘onali, ya‘ni 15, 25, 36, 40 foiz, 2001 yildan esa 3 pog‘analiga o‘tib, uning stavkasi 12, 25, 30 foizni, 2002 yildan 13, 23, 33 foiz qilib belgilangan edi.
2017 yildan jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daromadlaridan soliq stavkasi quyidagi jadval ma‘lumotlari asosida hisoblanadi (11.1-jadval). Soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining miqdori yil boshidan e’tiboran ortib (o‘sib) boruvchi yakun tarzida hisoblanadi.
11.1-jadval Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari71