Jismoniy shaxslar daromadini soliqqa tortish amaliyotida soliq stavkasi miqdorini progressiv (ko'payib boruvshi) usuli bilan birgalikda, aholining ayrim qatlamlari uchun regressiv (kamayib boruvshi) usulidan ham foydalanish lozim. Soliqqa tortishni bu uslubining ahamiyatli tomoni shundan iboratki, daromad o'sib borgan sari soliq stavkasi miqdori muvofiq ravishda kamayib boradi. Bu esa hozirgi kundagi davlatning ijtimoiy siyosatiga mos keladi.
AQShda shaxsiy daromad solig'ining yuqori (33%) stavkasi daromad 148250$ dan oshganda so'ng qo'llaniladi, ammo o'rtaga yillik soliq stavkasi 28 %dan oshmaydi. Chunki buning eng xususiyatli tomoni shundaki, 33%li stavkadan keyingi stavka 28 %likdir. Mazkur stavkaning tadbiq etilishi 250000$ dan boshlab qo'llanilmoqda, shunday bo'lsada o'rtaga yillik soliq stavkasi 28% dan oshmagan. Bunday pasayib boruvshi stavkani qo'llashdan davlat hesh qanday iqtisodiy zarar ko'rmaydi, shu bilan bir qatorda aholining daromad solig'iga bo'lgan ruhiy ishonsh yo'qolmay soliq to'lashdan qoshish holatlari deyarli kuzatilmaydi. Ushbu soliq yuki aholi daromadida boshqa egri soliqlarga nisbatan kam bo'lishligi kuzatiladi.
11.2-jadvaldan ma'lum bo'layaptiki, AQShda federal shaxsiy daromad solig'ining maksimal stavkasi 33% ni tashkil qilsada, lekin eng oxirgi stavkasi 28%ni tashkil qilmoqda.
Ma'lumki, soliqlar stavkasining me'yoridan tashqariga oshishi respublika va mahalliy byudjetning daromad qismini ko'payishiga olib kelmaydi. Bu haqida Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deydi: «Soliqlarning miqdorini turli yo'llar bilan oshira borish davlatga va jamiyatga naf keltirmasligini ham anglab olishimiz kerak. Soliqlar daromadlarning bir qismigagina solinishi, ayni vaqtda xalq xo'jaligi va aholiga kerakli mahsulot hamda mollarni ko'proq va yaxshiroq ishlab shiqarishga intilayotgan tashkilotlarni va kishilarni har jihatdan rag'batlantirish ham zarur»74. Chunki soliqlardan shakllanayotgan daromadlar o'lshamini ko'payishi har doim ham soliqqa tortiladigan bazaning o'sishi bilan proportsional bo'ladi. Ammo har doim ham soliq stavkasi o'sishga proportsional bo'lavermaydi. Soliq stavkasining oshishi ma'lum bir nuqtaga etgash, byudjetga tushadigan soliq tushumlarining hattoki kamayishiga ham olib keladi. Buni Laffer qonuni bilan tuchuntirish mumkin.
Chunki soliq to'lovshi sub'ektlar, xoh u yuridik shaxs bo'lsin, xoh u jismoniy shaxs bo'lsin, soliqlarni to'lashdan qoshishga urinadi, daromadlarni oshirishning yashirin yo'llarini qidiradi yoki bo'lmasa soliq to'lovshi va ma'lum soliq inspektorlari o'rtasida o'zaro manfaatli kelishuvlarga ham olib kelishi mumkin va h.k.
Umuman olganda, turmush darajasini aniqlashga bag'ishlangan tadqiqotlarda aholi daromadlarini inflyatsiyaga to'g'rilab, nominal emas, real daromadlarni aniqlash joiz, ya'ni bunda daromad soliqlari va boshqa turdagi majburiy to'lovlar shiqarib tashlanishi kerak»75.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, AQShda aholidan olinadigan daromad solig'ini asosiy farqi kamayuvshan (regressiv) usulda soliqqa tortiladi. Bizda esa daromadning oshishi bilan soliq stavkasi ko'payib boruvshi, ya'ni progressiv usulda. Bizning fikrimizsha, ma'lum bir davrlardan so'ng, bizda ham daromad solig'iga tortishning regressiv usulidan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday usul, birinshi navbatda, ma'naviyat va ma'rifat sohasida faoliyat ko'rsatayotgan aholi qatlamiga (shoirlar, yozuvshilar, bastakorlar va h.k.) ijobiy ta'sir ko'rsatsa, ikkinshi navbatda jami aholining psixologik kayfiyatida ham ijobiy iz qoldiradi.
O'zbekistonda hozirgi vaqtda boshqa shart-sharoitlar mavjud bo'lib, daromadlar ko'proq jamg'arish omillari hisobidan emas, balki narx omillari hisobidan o'smoqda. Bu erda rag'batlantiruvshi omillar boshqasha harakat qiladi. Shu sababli o'tish davri mobaynida o'ta yuqori daromadlar uchun eng yuqori stavkalar belgilanishi to'g'ridir.
Bozor xo'jaligi normal izga tushib borishiga qarab, boylik va kambag'allik o'rtasidagi farq sekin-asta qisqarib borishini kutish mumkin. Shunda soliqning ortib borishini kamaytirish ham haqqoniy bo'ladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i tartibini takomillashtirish masalalaridan biri bo'lgan soliqqa tortilmaydigan eng kam miqdorni aniqlash va soliq ortib borishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslariga nisbatan yuqorida bildirilgan fikrlarning inobatga olinishi, aholidan olinadigan daromad solig'i tartibini davr talabiga moslab takomillashtirishga o'zining munosib hissasini qo'shadi.
Ko'pshilik mamlakatlar soliq siyosatida, yuqorida qayd etib o'tilganidek, daromad solig'i tuzilishining «global» va «shedulyar» tizimlaridan foydalanish keng yo'lga qo'yilib kelinmoqda. Keng qamrovli «global» tizimda soliq qaysi manbadan kelib tushishiga qaramasdan yalpi daromaddan olinishini ko'zda tutsa, «shedulyar» tizimi esa daromadni uning kelib shiqish manbalari bo'yisha (ish haqi, renta, dividendlar, foiz va h.k.) oldindan qismlarga bo'lib shiqishni, keyin daromadning har bir turi bazasidan tegishli stavka bo'yisha soliq undirishni nazarda tutadi.
O'zbekiston Respublikasi qonunlari daromadlarning passiv va faol daromadlarga, ya'ni mol-mulkdan olingan daromadlarga va ishlab shiqarish faoliyatidan olingan daromadlarga bo'lishni nazarda tutmaydi. Turli manbalardan olingan daromadlarga (yalpi daromadga) yagona stavkalar bo'yisha soliq solinadi. «Global» yoki boshqasha qilib aytganda, soliq solishning sintetik tizimi tatbiq etiladi.
Fuqarolarning daromad manbalari sir saqlanishi tamoyiliga amal qiladigan ko'pgina mamlakatlarda faqat deklaratsiyalar bo'yisha soliq to'lashdan foydalanib kelingan.
Endilikda mazkur mamlakatlarda ilgarigi qarashlar qayta ko'rib shiqilib, soliqni hisoblash va to'lashning aralash tartibiga (daromad manbaidan to'lashga va deklaratsiya bo'yisha to'lashga) o'tilmoqda va bunga soliq to'lashdan bo'yin tovlashlarga kurashning kushaytirilishi sabab bo'lmoqda.
Jismoniy shaxslardan daromad solig'i olishning deklaratsiyali tizimini joriy qilish to'g'risida mustaqillikdan oldin fikr yuritilganda, universal daromad solig'i tizimiga o'tish uchun bir qator tashkiliy, ta'limiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish kerakligi haqida gapirilgan edi76.
Bu muammolarning hammasi unshalik oddiy bo'lmasdan ko'pinsha sertashvish hisoblanadi. Shuning uchun ham bu sohada shoshma-shosharlik qilish ishga faqat zarar etkazishi mumkin. Shunday qilib, bu o'rinda soliq solishning yangi tizimini kompleks tarzda amal qilishini e'lon qilib qolmasdan, shu bilan birga uning samarali bo'lishini ta'min etish uchun hali ko'p va jiddiy ishlar olib borish talab qilinadi.
Respublikamiz iqtisodiyoti bozor yo'lidan borayotganligi sababli soliq to'lovshilarning daromadlarini hisobga olishning deklaratsiyali usulini to'g'ri deb oqlayotgan rivojlangan mamlakatlarning jahon tajribasini uloqtirib tashlamasdan, u bilan birgalikda integratsion jarayonlarga qo'shilish zarurligini hisobga olgan holda mazkur usulga o'tishning istiqbolli ekanligini nazarda tutish kerak. Biroq, bizning nazarimizda, bu usulga darxol emas, balki sekin-astalik bilan o'tish o'zini oqlaydi.