Soliqlar va soliqqa tortish


-Mavzu: Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə68/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

12-Mavzu: Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i


Reja:


1. Soliq to‘lovchilar.
2. Soliq solish ob‘ekti, bazasi, soliq stavkalari va imtiyozlar.
3. Soliqni hisoblash, hisobotlarni taqdim etish va budjetga to‘lash tartiblari.

1. Soliq to‘lovchilar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar — O’zbekiston Respublikasi rezidentlari obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchilardir.


Quyidagilar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchilar bo’lmaydi:
- notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan daromadlar, shuningdek Soliq Kodeksning 132-moddasi birinchi qismining 2, 3 va 15-bandlarida ko’rsatilgan daromadlar olinganda notijorat tashkilotlar mazkur daromadlarga taalluqli qism bo’yicha obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchilar bo’ladi. Bunda Soliq Kodeksning 132-moddasida ko’rsatilgan boshqa daromadlarni olish tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi.
Soliq Kodeksning XX bo’limida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, Soliq Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
2. Soliq solish ob‘ekti, bazasi, soliq stavkalari va imtiyozlar.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i chegirilganidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan bazadir. Bunda soliq solinadigan baza quyidagi summalarga kamaytiriladi:
- olinishi lozim bo’lgan (olingan) dividendlar summasiga;
- qo’shimcha foyda solig’i to’lovchilar uchun — sof qo’shimcha foyda summasiga;
- tekin olingan pul mablag’lari summasiga, agar ularni o’tkazib berish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo’lsa;
- joriy soliq davrida foydalanilganda xarajatlar vujudga kelmaydigan byudjetdan ajratiladigan subsidiyalar summasiga.
- sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urta tovoni (sug’urta summasi) tariqasida olingan mablag’lar summasiga;
- byudjet va davlat maqsadli jamg’armalari oldidagi qarzning qonun hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarilgan summasiga.
Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’lardan foydalanishdan olingan foyda summasiga.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining eng yuqori stavkasi soliq solish ob‘ektining 8 foizi miqdorida belgilangan.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin