Soliqlar va soliqqa tortish


-jadval Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari77



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə71/251
tarix16.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#84509
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   251
Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort

13.1-jadval
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari77



N





To’lovchilar



1 kub metr uchun stavka (so’m)

Yer usti suv resurslari
manbalari

Yer osti suv
resurslari
manbalari

1



Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari (2-4-bandlarda ko’rsatilganlaridan tashqari), dehqon xo’jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar), shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida suv resurslaridan foydalanadigan jismoniy shaxslar

85,4



108,5



2

Elektr stantsiyalari

24,7

36,7

3

Kommunal xizmat ko’rsatish korxonalari

46,9

60,6

4

Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar*:










- alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi bo’yicha

13 800



13 800






- boshqa maqsadlarda

85,4

108,5

Suvdan qishloq xo‘jalik ekinlari va ko‘chatlarini sug‘orish uchun foydalanadigan yordamchi xo‘jaliklarga ega yuridik shaxslar, shuningdek ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari soliqni qishloq xo‘jalik korxonalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘laydilar.


4. Soliq bo‘yicha imtiyozlar. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
2) suv uchun byudjetga soliq o’tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan iste’molchilar;
3) birlamchi foydalanilgan suv uchun to’lov amalga oshirilgan suvdan ikkilamchi foydalanuvchi suv iste’molchilari;
4) ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy ravishda tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to’xtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo’llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo’llanilgan butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza quyidagi hajmlarga kamaytiriladi:
1) sog’liqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari hajmiga, bundan savdo tarmog’ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
2) atrof muhitga zararli ta’sir ko’rsatishining oldini olish maqsadida chiqazib olinadigan yer osti suvlari hajmiga, ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi bundan mustasno;
3) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa’riga qaytarib quyiladigan yer osti suvlari hajmiga, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
4) gidroelektr stantsiyalari gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv hajmiga;
5) qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan sho’rlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmiga.
5. Soliqni hisoblab chiqa­rish tartibi va to‘lash muddatlari. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagilar tomonidan yiliga bir marta taqdim etiladi:
- yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo’jaligi korxonalari bundan mustasno) — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
- yagona yer solig’ini to’lashga o’tmagan qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15 dekabrigacha;
- O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 25 yanvarigacha.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lash to’g’risidagi to’lov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiriladi.
Yil mobaynida yagona soliq to’lovini to’lashga o’tayotgan umumbelgilangan soliqlarni to’lovchilar — mikrofirmalar va kichik korxonalar umumbelgilangan soliqlar ular tomonidan to’langan davr uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini yagona soliq to’lovini to’lashga o’tilayotgan oyning 10-sanasidan kechiktirmay taqdim etadi.
Soliq davri mobaynida soliq to’lovchilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha joriy to’lovlarni to’laydilar, bundan yagona yer solig’ini to’lashga o’tmagan qishloq xo’jaligi korxonalari, O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari mustasno.
Joriy to’lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to’lovchilar joriy soliq davrining 25 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga mo’ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (foydalaniladigan suv hajmidan) va suv resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi to’g’risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha majburiyatlari soliq davri mobaynida yuzaga kelgan soliq to’lovchilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi to’g’risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadilar.
Joriy to’lovlar quyidagicha to’lanadi:
- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko’pni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) — har oyning 25-kunidan kechiktirmay suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yillik summasining o’n ikkidan bir qismi miqdorida;
- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kamni tashkil etadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yillik summasining to’rtdan bir qismi miqdorida.
Soliq davri mobaynida mo’ljallanayotgan soliq solinadigan baza o’zgargan taqdirda, soliq to’lovchi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi to’g’risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy to’lovlarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning o’zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lash joriy to’lovlar hisobga olingan holda soliq to’lovchilar tomonidan, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida, hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi, bundan yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari mustasno.
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha joriy to’lovlar summasi hisob-kitobga ko’ra byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to’lovlarni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lash yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha amalga oshiriladi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin