Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tort
3. Foydalaniladigan soliq va moliyaviy hisobot shakllari. Soliq to’lovchi yuridik shaxslar soliq va moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasining qarorlari bilan tasdiqlangan hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan hisobot shakllaridan foydalaniladi.
«Elektron soliq hisobotlari» interaktiv davlat xizmatidan foydalanuvchilar kunning istalgan vaqtida, doimiy ravishda foydalanishlar mumkin.
«Elektron soliq hisobotlari» interaktiv davlat xizmatidan Davlat soliq qo’mitasining rasmiy www.soliq.uz sayti orqali foydalanish uchun elektron raqamli imzo talab qilinadi.
«Elektron soliq hisobotlari» interaktiv davlat xizmati bepul ko’rsatiladi.
Elektron soliq hisobotini jo’natish uchun elektron raqamli imzo qo’llanilgan holda Davlat soliq qo’mitasining rasmiy www.soliq.uz saytidagi «Soliq to’lovchi yuridik shaxsning shaxsiy kabineti»ga kirib, tegishli saxifaga kirish lozim.
Davlat soliq qo’mitasining rasmiy saytida soliq to’lovchilariga tasdiqlangan shakllardagi soliq hisobotlarini elektron ko’rinishda shakllantirish imkoniyati yaratilgan. Shu jumladan, hisobotlarda soliq to’lovchining identifikatsiya raqami, soliq davri, soliq summasi, elektron hujjatni jo’natuvchi soliq to’lovchining nomi, elektron hujjatni jo’natuvchining pochta va elektron manzili, hujjat yaratilgan sana ko’rsatilishi lozimligi ko’zda tutilgan. Elektron ko’rinishda shakllantirilgan soliq hisobotlarining himoyasini ta’minlash maqsadida kriptografiya himoya vositalari qo’llaniladi.
Hisobotlar soliq to’lovchilar tomonidan elektron shakllarda tayyorlanib, belgilangan muddatlarda hisobga qo’yilgan davlat soliq inspektsiyalariga elektron aloqa orqali yuboriladi. Elektron hujjatlarda tayyorlangan hisobotlar bevosita soliq to’lovchi yoki ularning axborot vositachisi orqali yuborilishi mumkin.
Elektron shaklda qayd etilgan hisobotlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va hisobotlarning belgilangan shakllari to’liq to’ldirilgan bo’lishi kerak. Soliqlar va majburiy to’lovlarni hisoblab chiqish va to’lashga doir yozma arizalar va bildirishnomalarni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan quyidagi majburiy rekvizitlariga ega bo’lishi kerak:
elektron hujjatni jo’natuvchining pochta va elektron manzili.
Elektron raqamli imzo qo’llanilgan holda elektron hujjatni jo’natuvchi soliq to’lovchining nomi, hujjat yaratilgan sana elektron xujjatda avtomatik ravishda ko’rsatiladi.
Taqdim etilgan hisobot belgilangan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda bildirilgan mulohazalarni hisobga olgan holda takror ishlab chiqilgan hisobot davlat soliq xizmati idorasiga qayta taqdim etiladi.
Soliq hisobotlari soliq to’lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanib, davlat soliq organlariga yuboriladi. Elektron shaklda hisobotlarni taqdim etgan soliq to’lovchilar ushbu hisobotlarni qog’oz nusxalarda taqdim etish majburiyatiga ega emas.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining dasturiy-apparat vositalari soliq hisobotlarni elektron ko’rinishda qabul qilib olingan sanasi va vaqti ko’rsatilgan holda, avtomatik tarzda tasdiqlanishini ta’minlaydi.