1-MAVZU: “SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” FANINING PREDMETI VA O‘RGANISH USULLARI Quyidagi atamalarga izoh bering: soliq, soliqqa tortish ob’ekti, soliq tizimi, soliq to’lovchilar, soliq xizmati, soliqli va soliqsiz to’lovlar, yig’im, to’lovlar, davlat budjeti, budjet daromadlari.
NAZORAT SAVOLLARI “Soliqlar va soliqqa tortish” fanining predmeti nima?
“Soliqlar va soliqqa tortish” fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi izohlang.
Soliqlar deganda nimani tushunasiz?
Soliqlar tizimi deganda nimani tushunasiz?
Soliqlar qaysi davlat organi tomonidan joriy qilinadi?
Umumdavlat soliqlari tarkibiga qaysi soliqlar kiradi?
Mahalliy soliqlar tarkibiga qaysi soliqlar kiradi?
Qaysi soliqlar mahalliy budjetlar o’rtasida taqsimlanadi va qanday tartibda?
Qaysi mahalliy soliqlar O’zbekiston Respublikasining butun hududida undiriladi?
Soddalashtirilgan soliq tizimiga qanday yuridik va jismoniy shaxslar o’tgan?
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari qachondan boshlab yagona soliq to’lovini to’lovchilari hisoblanishadi?
Budjetdan tashqari jamg’armalarni sanab bering?
Yagona ijtimoiy to’lov qaysi jamg’armalar o’rtasida taqsimlanadi?
Soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga ajratishning sababi nimada deb o’ylaysiz?
MAVZU BO’YICHA TESTLAR
1. Soliqlar – deganda….. davlat budjetiga undiriluvchi majburiy to‘lovlar tushuniladi
yuridik shaxslar tomonidan budjetga undiriladigan to‘lovlar tushuniladi
jismoniy shaxslar tomonidan budjetga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar tushuniladi
muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi