3.Aksiz solig‘i stavkalari. Aksiz solig‘i stavkalari va aksizosti tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi. 2017 yilda aksizosti tovarlarga belgilangan soliq stavkalari quyidagilardan iborat:
6.2-jadval O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aksizli tovarlarga nisbatan aksiz solig‘i stavkalari45
Tovarlar nomi
Soliq stavkasi
aksiz solig’i va QQSni hisobga olmagan holdasotilgan tovarlar qiymatiganisbatan foizlarda
bir o’lchov birligiga so’mda
1. Etil spirti (1 dal uchun)
6275
2. Vino (1 dal tayyor mahsulot uchun)(1):
tabiiy ravishda achitilgan natural vinolar (etil spirti qo’shilmagan holda)
6358
boshqa vinolar
10000
3. Konyak (1 dal tayyor mahsulot uchun)(1)
58268*
4. Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar (1 dal tayyor mahsulot uchun)(1)
54057**
5. Pivo (1 dal tayyor mahsulot uchun)(1)
6416
6. O’simlik (paxta) yog’i (1 tonna uchun)(1):
oziq-ovqat yog’i (salomac ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yog’ va «O’zbekiston» yog’idan tashqari)
919 448
texnik moy (kislota miqdori 0,3 mg KON/g dan yuqori, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo’shishga yaroqsiz bo’lgan)
505 773
7. Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar (1 ming dona uchun)(1)
37432
8. Zargarlik buyumlari
25
9. «Jeneral Motors O’zbekiston» AJ ishlab chiqargan avtomobillar(2)
29
10. Kumushdan ishlangan oshxona anjomlari
11
11. Qimmatbaho metallar(2)
12. Neft mahsulotlari(1):
Ai-80 benzini
321 430 so’m/tonna
Ai-91, Ai-92, Ai-93 benzini
353 430 so’m/tonna
Ai-95 benzini
408 890 so’m/tonna
dizel yoqilg’isi
273 400 so’m/tonna
EKO dizel yoqilg’isi
284 250 so’m/tonna
aviakerosin
50 580 so’m/tonna
dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi
207 000 so’m/tonna
13. Tabiiy gaz, shu jumladan, eksport(2)
25
14. Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz («O’ztransgaz» AK mintaqalararo unitar korxonalari tomonidan aholiga sotiladigan gaz hajmi bundan mustasno), shu jumladan, eksport(2)
26
Izohlar: 1) Qat‘iy miqdorda belgilangan aksiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilishi hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
2) “GM Uzbekistan” AJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gazga hamda qimmatbaho metallarga aksiz solig‘ini to‘lovchilar va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
4.Aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar.Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi:
1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
2) keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;
3) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida;
- davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida;
- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablag‘lari hisobiga, shuningdek grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni import qilishga.
4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi qonun hujjatlarida belgilanadi;
5) vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga.
5. Aksiz solig‘ini to‘lash va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, muddatlari. Aksiz solig’ining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
[ОКОЗ: 1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.04.00 Акциз солиғи / 07.10.04.03 Акциз солиғини тўлаш тартиби, муддатлари ва имтиёзлари]
Aksiz solig’ini to’lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Import qilinadigan tovarlar bo’yicha aksiz solig’ini to’lash bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Aksiz markalari bilan tamg’alanishi lozim bo’lgan import qilinadigan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha aksiz solig’i aksiz markalari olinguniga qadar to’lanadi.
[ОКОЗ: 1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.04.00 Акциз солиғи / 07.10.04.01 Акциз солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]
O’zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, shuningdek uning bojxona hududiga import qilinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aksiz markalari bilan tamg’alanishi shart.