Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ob'ektiv zarurligi



Yüklə 231,16 Kb.
tarix10.12.2022
ölçüsü231,16 Kb.
#73691
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi

SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA OB'EKTIV ZARURLIGI


6mm-20 guruh talabasi Abdusalomov Samariddin
REJA:
1.Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ob’ektiv zarurligi va xususiyatlari.
2.Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi.
3.Soliqlarning funktsiyalari va vazifalari.
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida sinfiy hukmron kuch sifatida yuzaga chiquvchi davlatning paydo bolishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bogliqdir. Shu orinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqiylik sifatida yuzaga chiqishini takidlash lozim. Soliq tushunchasi bu tor manoda davlat ixtiyoriga boshqalardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Malumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bolishi bilan bogliqdir, yani davlat ozining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi.
Soliqlarning amal qilishi bu obektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat korsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shugullanish iqtisodiy samarasiz bolgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishni tabiiy zarurligi soliqlarni obektiv amal qilishini zarur qilib qoyadi, vaholangki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli boladi.
Soliqlarning obektiv zarurligini jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag bilan taminlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.
Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari kop va bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan bazi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yoqola borsa, yangi vazifalar paydo bola boshlaydi. jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida davlatning yangi vazifalari paydo boladi. Bularga bizning respublikamizda kam taminlanganlarga ijtimoiy yordam korsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xojaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Shu erda davlat kuchli sotsial siyosat tadbirlarini amalga oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxorlar, talabalar, kop bolali onalar va boshqalarni koproq mablag bilan taminlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam taminlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funktsiyalarini bajarish uchun lozim bolgan moliyaviy mablaglar shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qollanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar ham amal qiladi. Malumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat. Ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarni iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqazo etadi.
Soliqlar majburiy tolovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq tolovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni oz mulkiga aylantiruvchi davlat ortasida boladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat korsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi-sotdi qilish jaraenida pul munosabatlarini hosil qiladi. Lekin ular soliq bola olmaydi, soliq munosabati bolishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash yoli bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda tolanishi yoki undirilishi lozim.. Davlat uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Demak, soliqlar - bu byudjetga tushadigan pul va qonunda belgilangan majburiy munosabatlardir. Soliqlarning majburiyligi Oliy majlis bilan tasdiqlangan huquqiy va meyoriy qonunlar bilan taminlanadi. Shunday ekan, soliqlarni tolamaslikka, soliq obektini yashirishga, soliq summasini kamaytirib korsatishga na huquqiy va na jismoniy shaxslarning haqqi yoq.
w.
Soliq tolash xojalik yurituvchi subektlar va fuqarolar bilan davlat ortasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki, soliqlar byudjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bolibgina qolmay:
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga;
Ishlab chiqarishni ragbatlantirishda investitsiyalarni kopaytirishga;
Raqobatbardosh mahsulot hissasini kopaytirishga;
Kichik va orta biznesni rivojlantirishga;
Xususiy korxonalar ochish bilan bogliq bolgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga;
Umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va boshqalarga xizmat qiladi.
U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini chuqurroq anglash uchun unga xos umumiy belgilarni aniqlash lozim boladi. Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan miqdorda ustama haq (foiz) tolash kabi umumiy belgilarga egaki, ushbu belgilar kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi soliq kategoriyasi ham bir qator oziga xos belgilarga egaki, ushbu belgilar soliqlarning boshqa tolovlardan farqlash uchun xizmat qiladi.
Soliq tolovchi pulning u yoki bu summasini davlatga tolap ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq tolovchi tomonidan tolangan soliq miqdori bilan u istemol qiladigan ijtimoiy nematlar ortasida togridan-togri bogliqlik mavjud bolmaydi. Xuddi ana shu xususiyatiga kora soliq narxdan, (tovar yoki xizmatlarni ixtiyoriy istemol qilganligi uchun tolanadigan haq sifatida) ruxsatnoma (litsenziya) lar va vositachilik yigimlaridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy tolovlar hisoblansada, biroq hamma vaqt hukumat tomonidan korsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) korilishi bilan bogliqdir.
Davlat foydasiga soliq tolash orqali daromadning avvaldan belgilab qoyilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda kozda tutilgan qismi undirib olinadi. Kopgina davlatlarning, shu jumladan, Ozbekistonning ham qonunlarida soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan organlar haqlidirlar, deb mustaxkamlab qoyilgan. Ozining xohish-istagiga qarab yangi soliqlar belgilash yoki ularning hajmlarini aniqlashga hech kimning haqqi yoq. Tolovlarning qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega bolishi soliqlarning bosh tavsifi hisoblanadi.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar ortasida vujudga keluvchi obektiv majburiy tolovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bolib, milliy daromadning bir qismi bolgan pul mablaglarini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning oz funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida ozi bajaradigan funktsiyalarga ega bolib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi xarakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda, kategoriyaning hayotda kop qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim.

Soliqlarning funktsiyalari togrisida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari ortasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga kora eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki usiz nazorat funktsiyasining mavjud bolishi mumkin emas.


Bizning fikrimizcha, soliqlarning quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib korsatish maqsadga muvofiqdir:
1. Soliqning fiskal funktsiyasi
2. Tartibga solish funktsiyasi.
3. Ragbatlantirish funktsiyaschi
4. Soliqning nazorat funktsiyasi.
5. Soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan taminlash funktsiyasi.
Soliqlarning asosiy funktsiyasi - fiskal funktsiya hisoblanib (lotincha fiscus sozidan olingan bolib, xazina degan manoni anglatadi), bu funktsiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat korsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bolagini davlat apparatini, mamlakat mudofaasini, noishlab chiqarish sohasining umuman oz daromadlari manbaiga ega bolmagan qismini (kopgina madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqalar) yoki lozim darajada rivojlanishini taminlash uchun ozining mablagi etishmaydigan tarmoqlarni (fundamental opgan, teatrlar, muzeylar, koplab oquv yurtlari va hokazo) saqlab turish maqsadida undirib olish yoli bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish soliqlar fiskal funktsiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funktsiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, yani davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xojaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayin «soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funktsiya orqali soliq tizimiga tasir korsatadi, yani muayyan tarmoqda ishlab chiqarish suratlarini ragbatlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng maqul bolgan boshqa tarmoqqa qoyilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining tolovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.
Ragbatlantirish funktsiyasi soliq tizimining eng muhim funktsiyalaridan biri bolib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamgarilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga ragbatlantiruvchi tasir korsatadi, yani soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga ragbatlantiradi. Soliqlarning ragbatlantirish funktsiyasi orqali davlat xalq xojaligi taraqqiyotini ragbatlantiradi, bu bilan fiskal funktsiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi, ishlab chiqarishni soliqlarning ragbatlantirish funktsiyasi orqali ragbatlantirib, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish bilan soliq yukini kuchaytirmasdan xojalik yurituvchi subektlarning erkin faoliyat korsatishi taminlanadi.
Soliqlarning nazorat funktsiyasi soliq tolovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish obekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq korsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq tolovchilar ozlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan taminlash funktsiyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funktsiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funktsiyalarini bajarishga sarflanganligi togrisida axborot berib turilishi juda zarurdir. Shunday qilinsa, soliqlarning byudjetga tushishi toliq, oz vaqtida va oson kechadi.

EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 231,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin