So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi



Yüklə 246,42 Kb.
səhifə11/14
tarix13.12.2023
ölçüsü246,42 Kb.
#175197
növüReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
11 TA REFERAT

REFERAT
MAVZU: __________________________
_________________________________

BAJARDI: __________________



Keyingi yillarda yangi xorijiy ta’limning baholash tizimlari PISA, STEAM, PIRLS va boshqa ta’lim sohasidagi yangiliklarni amaliyotga keng joriy etilmoqda. Bu quvonarli albatta. Lekin nazarimda yana bir muhim masala tizimning asosiy qanoti hisoblangan tarbiya masalasi sal chetda qolib ketmoqda. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev A.Avloniyning tarbiya haqidagi oltinga teng so‘zlarini bir necha marta ta’kidladi. Xo‘sh nima uchun Avloniy 100 yil oldin ushbu masalani eng yuqori pog‘onaga qo‘ydi? Tarbiya shu qadar dolzarbmidi? Buning mohiyatini chor atrofdan qaynoq informatsiya yog‘ilayotgan bugungi kunlarda anglab yetdikki, tarbiya biz o‘ylagandan-da muhimroq va havodek zarur ekan. Avvalo tarbiyasiz o‘sgan avlod bo‘g‘ini keyinchalik qanday “karomatlar” ko‘rsatishi haqida mulohaza qilsak.
1. Korrupsiyaga o‘z hissasini qo‘shadi. Qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttiradi.
2. Ota-onaning umrini qisqartiradi.
3. Ko‘chalarda, ishxonasida hamda jamoat joylarida muomala madaniyatini buzib, asabbuzarliklar keltirib chiqaradi.
4. Maktablardagi dars jarayoniga xalal berib bilim olaman deb turgan sinfdagi 30 dan ziyod aziz o‘quvchilarning vaqtini behuda ketkazadi.
5. Mayda o‘g‘irlik va boshqa ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etib IIB statistikasida jinoyat ko‘lamini oshiradi.
6. Ijtimoiy tarmoqlarda axloqqa zid ma’lumotlarni tarqatib, yoshlar orasidagi sog‘lom muhitni xavf ostida qoldiradi.
7. Eng asosiysi o‘zining jamiyatdagi tutgan o‘rni davomida mamlakat taraqqiyotiga har tomonlama xalal beradi.
Yuqoridagi salbiy illatlarni tezlik bilan chora ko‘rib, oldi olinmasa biz ta’lim tizimida ko‘zlagan marralarimizga yetishimiz qiyinroq kechadi. Biz bugunni ertaga qo‘ymasdan yoshlar tarbiyasini ijobiy tomonga burish uchun yoppasiga kurash boshlashimiz shart. Chunki maktab partasida o‘tirgan bola ertaga jamiyatni qanday bo‘lishini belgilaydi. Bu borada sizlarga o‘zimning eng zarur tavsiyalarimni aytib o‘tmoqchiman;
— XTVning 2020-yil 4-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 7-sonli buyrug‘i asosida tuzilgan chora tadbirlar rejasining 31-bandida vazirlikning shunday topshirig‘i bor: “Telekanallarda tarbiya mavzularida tok-shoular, ko‘rsatuv va eshittirishlar o‘tkazish, ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyaviy mavzularda virtual muloqot maydonlarini tashkil etish”. Bundan qanday vazifa kelib chiqadi? Avvalo oynai jahondagi “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanalida kunora efirga uzatiladigan “Maktab hayoti” ko‘rsatuvini tashkillash va unda yoshlar tarbiyasiga to‘siq bo‘layotgan unsurlar aks etishi lozim. Bunda o‘zlari uchun arzimas bo‘lib ko‘ringan narsalar, masalan: ota-onalarning maktabdagi yig‘ilishlarga kelmasligi, farzandining me’yordan oshib ketgan xurmacha qiliqlariga bepisandligi ochiq oydin yoritilishi kerak. Asosiy maqsad keng jamoatchilik bu kadrlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib tursa, ayb kimdaligi ravshanlashadi.
— Biz yangi Tarbiya darsini joriy qildik. Bu albatta yaxshi. Yoshlar tarbiyasi global muammoga aylanib borayotganligini e’tirof etgan holda shu bilan bog‘liq kichkina muammo yuzaga chiqadi. Hozir ko‘pchilik agar sentyabrdan tarbiya darsi o‘tila boshlansa go‘yoki o‘quvchilar ham tarbiyali bo‘lib qoladi degan fikrda bo‘lishi tabiiy. Lekin bu yerda asosiy nuqta menimcha mazkur darsni kim va qanday qilib o‘qitadi degan masaladadir. Sir emaski keyingi yillarda oliygohni bitirib kelgan ayrim hamkasblarimiz sinfda bilim berish tugul uni tinchitib olish uchun ham qiynalmoqdalar. Shu boisdan ham ushbu masala to‘g‘risida bosh qotirsak. Maktabda o‘qituvchilar jamoasi va o‘quvchilar o‘rtasida yoxud o‘sha xududdagi mahallada o‘ziga yarasha obro‘ga ega ustozlar bor. Bundaylarni o‘quvchilar ham yaxshi tinglaydi va albatta hurmat qiladi. Menimcha tarbiya darsining natijalari yaxshi bo‘lishini istasak, ushbu darsni anashu toifadagi insonlarga berish lozim. Axir mutaxassisligimizdan qat’iy nazar barchamiz tarbiyachimiz-ku. Bu borada tajribali ustozlar shaxsiy fikrlarini bildirsalar kerak.
— Jonkuyar Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko‘taramiz” nomli asarining 6-bobida taniqli mutafakkir A.Fitratning quyidagi tarbiyaga oid fikrlarini keltiradi: “ - Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”. Ushbu oltin fikrlardan bola dunyoqarashining shakllanishida tashqi muhit, maktab, do‘stlar davrasi hamda ko‘cha-ko‘ydan ko‘ra oiladagi tarbiyaning ta’sir darajasi kuchliroq ekanligini anglashimiz mumkin. Endi oldimizga shunday savol qo‘ysak: - O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar qachon jamoat talabiga aylanadi? Qachonki ota-onaning farzandiga qo‘yayotgan talabi bilan bir xil muvozanatda bo‘lgandagina jamoat talabiga aylanadi. Menimcha Yaponiya anashu mushtaraklikka erishganligi tufayli taraqqiyoti misli ko‘rilmagan darajaga yetdi. Bundan shuni xulosa qilishimiz mumkinki tarbiya taraqqiyotning asosiy omili ekan.
— Oldimizda yana bir hal qilinishi zarur bo‘lgan narsa telefon masalasi yechimini kutib turibdi. Joriy yilning 1-mart kuniga qadar biz Vazirlar Mahkamasining qarorini eslatib o‘quvchilarga telefon ishlatmaslikni qayta-qayta tayinlab kelgan bo‘lsak, pandemiya paytida vaziyat tubdan o‘zgarib ularga telefonsiz onlayn dars bo‘lmasligini uqtirdik. Onlayn darslar TVda mohirlik bilan namunali tashkil etildi. Ayni paytda karantin sabab o‘quvchilarimiz bilan yuzma-yuz muloqot qilolmaganimiz sababli ularni 100% nazorat qilishning imkoni bo‘lmadi. Ota-onasidan “Dars qilaman” deb telefon olgan o‘quvchilarning ayrimlari ijtimoiy tarmoqlardagi o‘ta bachkana anekdotlar, tuturuqsiz o‘yinlar, ma’nisiz qo‘shiqlar va behayo lavhalar bilan vaqtini behudaga ketkazmadimikan? Mazkur o‘quv yilida yuqoridagi salbiy holatlarni oldini olish uchun nazoratni har qachongidan kuchaytirish zarur.
— Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan haj va umra ziyoratchilari sonining ko‘paytirilishi, OTMlar sonining ko‘payishi hamda ulardagi kvotalarning oshirilishi, shuningdek, kitobxonlikka qaratilgan e’tibor – bularning barchasi zamirida eng oliy maqsad insonlarni xususan yoshlarni ma’naviy yuksaltirish orqali tarbiyalash masalasi turibdi.
— Maktablarda 11-sinfni tamomlaganligi haqidagi hujjatga yana bir qo‘shimcha hujjat, yani o‘quvchining tarbiyasi haqidagi alohida sertifikat berilsa yaxshi bo‘lar edi. Ushbu sertifikatda MFY raisining ham imzosi bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu Sertifkatda o‘quvchining tarbiyasiga ko‘ra 3 darajali bo‘ladi. OTMlar mazkur sertifikatga qabul jarayonida alohida e’tibor qaratishi lozim.



Yüklə 246,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin