Insonlarga tinchlik-osoyishtalikdan ko‘ra tansiqroq, azizroq ne’mat yo‘q. Yurt notinch bo‘lsa to‘y-tomosha, xursandchilik, o‘yin-kulgi tatimaydi.
Urushlar tufayli insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, odamgarchilik unutiladi, boshlangan xayrli ishlar, ulug‘ maqsadlar qolib ketadi. Barchaning hayotidan huzur-halovat, turmushidan orom-farog‘at ko‘tariladi.
Shuning uchun ham Alloh taolo bandalarini bo‘lar-bo‘lmas sabablar bilan urush chiqarishdan, bir-birlariga qurol o‘qtalishdan qaytargan. Tinchlikning qanday ulug‘ ne’mat ekanini tasavvur qilish uchun har kuni xotirjamlik bilan ish va boshqa yumushlarga borib kelayotganimiz, farzandlarimizning xech qanday xavf-xatarsiz o‘qish va bog‘chaga qatnayotganini misol keltirish kifoya.
Ne’matning qadri yo‘qolganda bilinadi, deydilar. Hozirgi kunda dunyoga boqsak, u yerda urush, bu yerda to‘polon, zilzila, toshqin oqibatida qancha-qancha shaharlar xarobaga aylanayotganining guvohi bo‘lamiz. Ayrim joylarda kuniga bo‘lmasa, haftasiga qo‘poruvchilik harakatlari sodir bo‘lib turibdi.
Notinch o‘lkalarda taraqqiyot ham, iqtisodiy o‘sish ham bo‘lmaydi. Beqaror yurtdan fayzu baraka ko‘tariladi.
BMT Bosh Assambleyasining 2001 yil 7 sentyabrdagi tegishli rezolyusiyasiga ko‘ra, 21 sentyabr – Xalqaro tinchlik kuni deb e’lon qilingan. Ushbu sana har yili jahon miqyosida keng nishonlab kelinmoqda.
Shu kuni dunyodagi barcha xalqlar va davlatlarga o‘t ochish va zo‘ravonlikni to‘xtatish, kun davomida qurolli harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, insonlarga tinchlik va barqarorlikning ahamiyatini turli ma’rifiy tadbirlar vositasida tushuntirish tavsiya etiladi.
Haqiqatan ham, dunyoda eng qimmatli, aziz va bebaho ne’mat, bu – tinchlikdir. Urush va tinchlik, noahillik va oqibat o‘rtasida yeru osmoncha farq bor.
Xalqaro huquqda “tinchlik madaniyati” degan atama ko‘p ishlatiladi. Buning ma’no-mazmuni, xususan:
mamlakatda urushga yo‘l qo‘ymaslikQ
davlatlararo nizo va mojarolarni siyosiy vositalar bilan hal etish;
inson huquqi va qonun ustuvorligini ta’minlash, deganidir.
Insoniyat tarixidan ma’lumki, har bir davlat millatiga, fuqarolariga, yaratgan madaniy boyliklariga, milliy urf-odatlari, an’analariga buyuk hurmat bilan qaragan va uni avaylab asragan. XXI asrga kelib, dunyo manzarasi o‘zgardi.
Globallashuv, demokratiya bayrog‘i ostida kichik davlatlarga gegemon davlatlar tomonidan turli nayranglar, xavf-xatarlar kuchaydi. Dunyo notinch bo‘lib qoldi.
Bugungi zamonda ma’naviy boyliklarni saqlab qolish uchun, avvalo, qonli mojorolarga barham berish, tinchlik va totuvlikni qaror toptirish, madaniy meros, osori-atiqalar, urf-odatlarni asrab-avaylash, dunyo halqlarining ilm-fan yutuqlaridan birdek bahramand bo‘lishiga erishmoq kerak.
Bunday shart–sharoitga qanday qilib erishiladi? Buning uchun: