So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi



Yüklə 246,42 Kb.
səhifə6/14
tarix13.12.2023
ölçüsü246,42 Kb.
#175197
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
11 TA REFERAT

REFERAT
MAVZU: __________________________
_________________________________

BAJARDI: __________________



Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. Bu yil mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 31 yil to‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.
Bugun bayrog‘imiz xalqaro maydonda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida mustaqil Vatanimizni ifodalamoqda.
Bayroqdagi moviy rang – uning ostida barcha millatlar turli xil xavf-xatarlardan xoli, emin-erkin holda ahil-inoq yashab kelayotgan musaffo osmonimiz hamda obi-hayot ramzidir. Bayroqdagi oq rang – davlatimiz fuqarolarining o‘zaro hamjihatlikda, bir-birini hurmat qilib, diniy bag‘rikenglik tamoyillari asosida tinch-totuv yashayotganining timsolidir. Yashil rang esa tabiatning yangilanishi hamda yurtimizning jannatmonand ekanligini anglatadi. Bu rang ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar davlatimiz farovonligi, jamiyat taraqqiyoti yo‘lida o‘zaro hamjihatlik bilan hormay-tolmay mehnat qilayotgan yurt farzandlarining vujudida oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir. Navqiron yarim oy va yulduzlar - tarixiy qadriyatlarimiz, umrboqiy an’analarimiz, ma’naviy kuch-qudratimiz bilan bog‘liq. Hilol qo‘lga kiritilgan mustaqillik, ozodlikni ifodalaydi.
Davlatimiz bayrog‘i – o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli. Yurt bayrog‘ini yov qo‘liga topshirishni istamagan buyuk vatandoshimiz, yirik tasavvuf olimi, xalq qahramoni va otashnafas shoir Najmiddin Kubro uni qo‘lida mahkam tutgancha jon bergan edi. Dushman harchand urinmasin, uning qo‘lidan bayroqni tortib ololmay, oxiri panjalari bilan kesib oladi. Tug‘ini jonidan ortiq asragan To‘maris, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi o‘nlab sarkardalar hayoti ham bugun avlodlarimizga katta ibrat. Aslida Vatan bayrog‘ini ko‘zga surtish, uni to‘tiyo qilish Vatanni sevish, uning uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lish deganidir.
Zero, Qonunda belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar bayrog‘imizni hurmat qilishlari shart. Unda ruhiyatimiz, g‘urur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.
Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyosh ko‘kda falakning bayrog‘i bo‘lib porlab turibdi, ko‘ngilda muhabbat bayrog‘i hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrog‘i nurlantiradi.
Ozod va obod Vatanimiz — O‘zbekistonning bayrog‘i ham bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’aladir.
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi.
Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston hududida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat bor va albatta, har bir davlatning o‘z ramzlari, bayrog‘i bor. Har bir bayroq ayricha rang va timsollarga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrog‘imiz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni ko‘rsatib turadi.
Shuni aytishimiz lozimki, bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asraganlar.
Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan.
Millat bayrog‘i. U jondek aziz, nondek mo‘’tabar.
Buyuk sohibqiron Amir Temur g‘oliblik bayrog‘ini yuksak ko‘tardi. Bu bayroq ostida buyuk el birlashdi, u barpo etgan ulug‘ saltanatni dunyo tan oldi. Bu davr vatan tarixiga zarhal harflar bilan bitildi. Bayroq esa tom ma’noda mamlakat ramzi, ulug‘vorlik timsoliga aylandi. Jangchilarga jangovar ruh bag‘ishlash, ularning kayfiyatini ko‘tarish, irodasini chiniqtirish maqsadida jang maydonlari uzra baland hilpirab turdi. Bu bayroq eng ishonchli bahodirlar tomonidan qo‘riqlandi. Bexos daydi o‘q kelib tug‘ ko‘targan jangchiga tegsa-da, u tuproqqa qorishmadi — darhol shahid sarboz o‘rnini boshqasi egallaydi, maqsad janggohdagilarga bayroq ko‘rinmay qolmasin.
Sohibqiron bobomiz zamonida bayroqni past tutish yoki sarbozning qo‘lidan tushib ketishi xosiyatsiz sanalgan. Bunga sohibqiron alohida e’tibor bergan. Bayroqning pasaytirilishi mag‘lubiyat va ortga chekinish ishorasi bo‘lgan. Shuningdek, «Temur tuzuklari»da ta’kidlanishicha, dushman ustidan shijoat va mardlik ko‘rsatib, g‘alaba qozongan amirlar va sipohiylarga davlat timsollari — tug‘ va nog‘ora in’om qilingan. Bu sohibqiron davlatida saltanat ramzlari nechog‘lik baland maqom tutgani va ular qanday katta ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etganidan dalolat beradi…
Vatanimiz bayrog‘i. U tarixning xalqimiz boshiga musibat tushgan davrlari — o‘tgan asr boshlarini yodimizga soladi. O‘sha kunlar xalqimiz qalbida ketmas dog‘ bo‘lib qoldi. Vatan bayrog‘ini tutgan qo‘llar qayrildi, ozodlikni kuylagan ovozlar bo‘g‘ildi… Millat fidoyilari «xalq dushmani», «quloq», «sotqin» degan qora nomlar bilan ta’qibga olindi. Dunyoga ne-ne allomalarni bergan qadim xalq omi, savodsizga chiqarildi. Xalqimizga nisbatan aytilgan bu haqorat asl vatandoshlarimiz qalbida ma’rifat olovini yoqdi — ular belini mahkam bog‘lab, millatni erk va ozodlik bayrog‘i ostida birlashishga chaqirdi.
Bu mag‘rur elning asrlar davomida orzu qilgan g‘ururi, sha’ni, qadr-qimmati, irodasini ifodalovchi ozodlik bayrog‘i edi!
Unda ajdodlar orzu-armoni aks etadi. Unda xalqimizning buguni, o‘lmas xotirasi, iymon-e’tiqodi, kelajakka bo‘lgan komil ishonchi jilolanadi.
Bayrog‘imiz 1992 yilning 2 martidan O‘zbekiston to‘laqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohi oldida ham hilpiray boshladi. Mana, qariyb yigirma besh yildirki, u xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, mustaqilligimizning jahonaro ifodasi, xalqimiz g‘ururi va iftixori timsoli bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugina emas, dunyo mamlakatlaridagi elchixonalarimiz binolari, qator xalqaro tashkilotlar qarorgohlarida ham bayrog‘imiz O‘zbekiston ramzi bo‘lib turibdi. Chet ellarda yurganimizda o‘sha yerda hilpirab turgan bayrog‘imizga ko‘zimiz tushishi bilan yuragimizda cheksiz faxr uyg‘onadi, ruhimiz ko‘tariladi. Bayrog‘imiz timsolida dunyoning har qaysi nuqtasida ham O‘zbekiston degan himoyachimiz, suyanchig‘imiz borligini his qilamiz.
Bayrog‘imiz bugungi kunda milliy aviakompaniya samolyotlari, xalqaro yo‘nalishdagi poyezdlarimiz orqali dunyoning ko‘plab mamlakatlariga «parvoz qilib», O‘zbekistonday kelajagi buyuk davlat borligini jahonga namoyish etmoqda. Zotan, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonunning 2-3-moddalarida ta’kidlanganidek, davlatimiz bayrog‘i suverenitetimiz ramzidir.
Xalqaro maydonda rasmiy delegatsiyalarimizning xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalar, jahon ko‘rgazmalari va sport musobaqalarida mamlakatimiz timsoli hisoblanadi. Qonunning 13-moddasiga muvofiq, fuqarolarimiz, shuningdek, O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar davlatimiz bayrog‘ini hurmat qilishlari shart va unga behurmatlik uchun jazo muqarrar.
Bayrog‘imiz davlat idora va tashkilotlari, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar — qo‘yingki, barcha sarhadlarida hilpirab turibdi. Qurolli kuchlarimiz safiga chaqirilgan, harbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarimiz Davlatimiz bayrog‘i poyida Vatanni ko‘z qorachig‘iday asrash, uni o‘z sha’ni va nomusiday munosib himoya qilishga qasamyod qiladi.
Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarayotgan sportchilarimizning yutuqlari qalbimizni vatanparvarlik tuyg‘usiga to‘ldiradi.

Yüklə 246,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin