So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi



Yüklə 246,42 Kb.
səhifə5/14
tarix13.12.2023
ölçüsü246,42 Kb.
#175197
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
11 TA REFERAT

REFERAT
MAVZU: __________________________
_________________________________

BAJARDI: __________________


Bolalar... Ular bizning kelajagimiz, boshlagan ezgu ishlarimizning davomchilari, ko‘zimizning nuri, qalbimiz sururi. Ular bilan hayotimiz obod, ko‘nglimiz charog‘on. Shu sababli ham bolalarimiz baxtli bo‘lishlari uchun hamma narsamizni berishga tayyormiz. Ayniqsa, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida ularga ko‘rsatayotgan mehru muhabbatimiz yanada oshadi.


Mana, 68 yildirki, to‘kin yoz faslining ilk kuni ko‘pchilik mamlakatlarda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi. Mabodo, bu kun dam olish kuniga to‘g‘ri kelmasa ham, haqiqiy bayramga aylanadi. Park va attraksionlar, turli bolalar oromgohlari, teatrlar bolalar bilan to‘lib-toshadi. Barcha yaxshi narsalar ularga bag‘ishlanadi.
Qisqacha bu kunning tarixi haqida to‘xtalsam. 1949-yili Parijda ayollarning Xalqaro demokratik federatsiyasi kongressi bo‘lib o‘tadi. Bu kongressda bolalarning birdamligi va baxt-saodati kafolati bo‘lgan mustahkam tinchlikni ta’minlash uchun doimiy kurash haqidagi shior baralla yangraydi. Negaki, Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda sayyoramizda yashovchi barcha mas’um bolajonlarning sog‘liq va xotirjamligini saqlash dolzarb muammoga aylangan, urushda halok bo‘lgan, ota-onasiz yetim qolgan minglab bolajonlar ohi ko‘pchilikni befarq qoldirmayotgan edi.
Va 1950-yildan e’tiboran 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlana boshlandi.
1989-yili BMT Bosh Assambleyasi bolalar huquqlari to‘g‘risida Konvensiya qabul qildi. Unda butun dunyo mamlakatlari uchun bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risidagi vazifalar o‘z aksini topgan.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlari va shaharlarida ushbu kunda bolalar huquqlari va ularni himoya qilish haqida munozara va leksiyalar o‘qiladi, tushuntirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, bayramga bag‘ishlanib turli quvnoq va madaniy-ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazilib, konsertlar tashkil etiladi. Shu kuni og‘ir bemor, davolanishga muhtoj va nogiron bolalar uchun xayriya aksiyalari va tadbirlar tashkil qilinadi.
Bolalarni himoya qilish kunini nishonlash orqali keng jamoatchilik diqqatini muammoli bolalarga, ularning huquqlarini himoya qilish, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatiga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlari va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga erishishga qaratiladi.
Mamlakatimizda ham bu kunni katta tantana bilan bayram qilish an’anaga aylangan. Boshqa soha korxona va tashkilotlarida bo‘lgani kabi bizning filialimizda ham bolalar salomatligini mustahkamlash, ularning eng go‘zal damlari shodlikka, xursandchilikka to‘la o‘tishi uchun harakat qilinyapti. Bu borada ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining birdamligi qo‘l kelmoqda.
An’anaga ko‘ra, bu yil ham korxonamizda faoliyat yurituvchi xodimlarning uch yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan farzandlari ishtirokida rasm chizishga oid «Mening oilam» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlov bolalarning yoshiga qarab, uch guruhga bo‘lingan holda tashkil etildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, har bir guruh g‘oliblari alohida mukofotlanishdi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga sovg‘a-salomlar topshirildi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida dam olib, yayrashlari uchun xodimlarning uchdan o‘n uch yoshgacha bo‘lgan farzandlari Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘iga chipta bilan ta’minlandi.
Bolajonlarga ko‘rsatilayotgan bu e’tibor xodimlarimizning unumli ishlashlariga yana bir sabab bo‘lib xizmat qiladi, albatta.
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun har yili eng begʻubor va quvonchli bayram sifatida keng nishonlanadi. Bolalar bizning nurli kelajagimiz, ezgu ishlarimiz va hayotimiz davomchilari, istiqbolimiz egalaridir. Ular bilan hayotimiz obod, koʻnglimiz charogʻon. Shu sababli ham farzandlarimiz baxtli boʻlishlari uchun barcha diqqatu eʼtiborni berishga tayyormiz. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir mahalla, hamda oila va har bir ota-onaning muqaddas burchiga aylangan.
Oʻzbekistonimizda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan gʻamxoʻrliklar ogʻushida bugungi bolalar kunini dillarda quvonch bilan nishonlamoqda. Shuningdek, buyuk kelajak davomchilari boʻlgan bolalar kunini nishonlashimizdan maqsad, keng jamoatchilik diqqatini ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega boʻlishlariga va oʻz mamlakatining toʻla-toʻkis va xotirjam fuqarosi boʻlib oʻsishlariga eʼtiborni qaratishdir.
Inson farzandi uchun yashaydi, dilbandlariga umrini baxshida etadi. Darhaqiqat, zakovatli, bilimdon, mehnatsevar, imon- eʼtiqodli farzand nafaqat ota-onaning balki, jamiyatning eng katta boyligi sanaladi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining tibbiy-pedagogika fakulteti talabalari Aminova Asalya va Aminova Amaliya, ilmiy rahbari, professor Sh.T.Iskandarova hamda dotsent N.F.Rasulovalar Yakkasaroy tumani 25 sonli imkoniyati cheklangan bolalar ixtisoslashgan maktab internatiga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan maqsad imkoniyati cheklangan bolalar rivojlanishining turli baʼzi bir imkoniyatlariga ega boʻlgan oʻquvchilar uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda boʻlishni taʼminlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish, jamoatchilik hamda taʼlim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar muammolariga nisbatan bagʻrikenglik munosabatini shakllantirish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga maslahat yordami berish hamda ota-onalarni farzandlariga taʼlim-tarbiya berish, pedagogik texnologiyalar, taʼlim-tarbiya metod va vositalarini qoʻllash sohasida xabardorlik darajasini oshirish, ularni psixologik-pedagogik jihatdan qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Muhtaram Prezidentimiz: «Oʻzbekiston — bolajon yurt, xalqimiz esa azaldan bolajon xalq. Ilmu ziyoli oilada tarbiya olgan farzandlar maʼrifatga intilib yashaydi, oliy maqsadi sari harakat qiladi. Buni hayotning oʻzi koʻrsatib turibdi», degan edi.
Vatanimiz quvonchi, millatimiz davomchilari, buyuk kelajagimiz vorislari sanalgan aziz farzandlarimizni chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz. Aminmizki, bizning farzandlarimiz jannatmakon Ona diyorimizda tinch-osoyishta va baxtiyor yashab, kelajakda maʼnan boy, jismonan sogʻlom va axloqan pok boʻlib voyaga yetadi.


Yüklə 246,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin