So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi



Yüklə 246,42 Kb.
səhifə13/14
tarix13.12.2023
ölçüsü246,42 Kb.
#175197
növüReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
11 TA REFERAT

birinchidan, ozodlik, adolat va demokratiya tamoyillariga asoslangan do‘stona va ittifoq madaniyatiga erishish;
ikkinchidan, zo‘rovonlikni qaytaruvchi va turli nizolar paydo bo‘lganida, uni bartaraf etishga chorlaydigan, muammolarni muloqot va muzokaralar yo‘li bilan hal etuvchi madaniyatni ta’minlash;
uchinchidan, o‘z jamiyatining ichki rivojida uning barcha huquqini, har kishining to‘la miqyosda bor imkoniyatlarini amalga oshirishda to‘liq ishtirokini ta’minlovchi madaniyatga erishish kabi ilg‘or g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash kerak.
O‘zbekistonda tinchlik-osoyishtalik hukm surmoqda. Ko‘p millatli bag‘rikeng xalqimiz xotirjam turmush kechirmoqda. Biz uchun tinchlik-osoyishtalikning qadri alohida qadrlanadi.
Donishmandlarimiz yurti tinchning o‘zi tinch, deb bejiz aytmagan. Tinchlik-osoyishtalik hukm surgan joyda, yuksalish va taraqqiyot bo‘ladi, yurt gullab-yashnaydi, fuqarolarning turmushi farovonlashadi. Shunday ekan, tinchlik-osoyishtalikka o‘z-o‘zidan erishib bo‘lmasligini hammamiz to‘g‘ri anglashimiz kerak.
Bu yutuqlar o‘z-o‘zidan yaratilmagani, unga xalqimizga xos sabr-bardosh, qat’iy ishonch, hamjihat-hamfikrlikda yashash, tinchlik-osoyishtalikni asrash, bag‘rikenglik, o‘zaro mehr-oqibat ko‘rsatish orqali erishilganini o‘sib kelayotgan yosh avlodga tushuntirish va ongiga singdirish zarur. Toki, bugungi murakkab sharoitda tinchlikni asrash uchun ogohlik, sezgirlik, hushyorlik har qachongidan ko‘ra muhimligini farzandlarimiz – bugunimiz va kelajagimiz egalari to‘liq tushunib yetsinlar.
Tinchlik va baxt hammavaqt birga yuradi. Biz ham ona O‘zbekistonimizda baxt va farovonlikka erishmoqni istasak, bugungi dorilomon hayot, yashash lazzati, rizq-nasiba ne’mati, orzu-havaslarga erishmoq imkonidan unumli foydalanib, tom ma’noda tinchlik ne’matining qadriga yetaylik.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “O‘zbekistonda mustaqillik yillarida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga oid huquqiy asoslarning rivojlanishi” mavzuida seminar tashkil etildi.
Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda senatorlar, deputatlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti hamda Yong‘in xavfsizligi oliy texnika maktabi o‘qituvchi va kursantlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Parlament quyi palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Rahmonov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab jamiyatimizda barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini asrash asosiy vazifalardan biriga aylanganini ta’kidladi.
Tinchlik eng bebaho ne’matdir. Zero, tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‘lgan yurtdagina islohotlar kutilgan samarani beradi, odamlar o‘z hayotidan rozi bo‘lib, kelajagiga ishonib yashaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mudofaa to‘g‘risida”, “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlashning, fuqarolar, turli millat va elatlar o‘rtasidagi ahillik, hamjihatlikning, xalqimiz baxtli hayotining muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi izchil islohotlar yuksak samara berayotir. Yangi-yangi sanoat korxonalari qurilmoqda, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgarmoqda, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, sport obyektlari barpo etilmoqda, aholi turmush darajasi yuksalmoqda.
Seminarda jamiyatda barqarorlikni yanada mustahkamlash, istiqlol yillarida O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibоt organlari shakllangani, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda huquq-tartibоt organlarining o‘rni va roli to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.



Yüklə 246,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin