Shunday qilib, fundamental sotsiologiya bu nazariyadir, u fanning strukturasi, mazmuni, kategoriyasi va metodlarini o‘rganadigan umumsotsiologik muammoni tadqiq qiladi. Shuning uchun fundamental tadqiqotlarning roli beqiyosdir, funktsiyalari esa hilma-hildir. Quyidagi funktsiyalarni ajratib kursatish mumkin: dunyoqarash, metodologik, integratsiyalashtiruvchi, evristik va hokozolar.
Dunyoqarash funksiyasi bevosita borliq va ong, insoniing mohiyati kabi dolzarb muammolari bilan bog‘liqdir. Chunki bu muammolar sotsiologiya faniinng predmeti va ob'ekt yadrosini tashkil etadi. Bu muammolarni hal qilish jarayonida sotsiologiya filosofiya bilan juda faol uzaro muloqot va dialektik aloqada buladi va sotsial olam haqida ilmiy tasavvur yaratadilar. Umumsotsiologik nazariya negizida sotsiolognyaning umumiy netodologiyasi ishlab chiqiladi. Integratsiyalashtiruvchi funktsiya fundamental nazariyani barcha bilimlar bilan boshlaydi. Fundamental sotsiologiyaning yahlit yondoshuvi yangi muammolarni hal qilish, njtimoiy hayotning hali yahshi urganilmagan tomonlarini chuqur ilmiy taxlid qilishga yordam beradi.
Sotsiologiya fani tizimida amaliy tadqiqotlar paydo bo‘ldi va rivojlanayapti. Amaliy sotsiologiya tadqiqotlar fundamental sotsiologiyadan o‘zining strukturasi, mazmuni va maqsadi bilan farq qiladi. Amaliy sotsiologiyaning hususiyati shundan iboratki, u orqali jamiyatning har bir sohasi uchun kerakli bo‘lgan nazariy va empirik tadqiqotlarni natijalarini qo‘llash uslublari va vositalari joriy etiladi. Amaliy sotsiologiya XX asr boshlarida tashkil topgan empirik tadqiqotlar negizida shaklandi va rivojlandi.
Empirik va amaliy tadqiqotlarni tenglashtirishning yana bir sababi shundaki, empirik tadqiqotlar sotsial amaliyotga olib chiqadigan vosita hisoblangan. Binobarin bu masalaga bunday yondoshish uning mohiyatini to‘g‘ri tushunishga halaqit beradi. Empirik tadqiqotlar jonli faoliyatni bevosita shaklandi urgansa ham, u uzgartiruvchanlik faoliyat emasdir. Empirik tadqiqtlarning vazifasi bu kuzatish, eksperiment, hujatlarni o‘rganish va so‘rov metodlari orqali sotsial jarayonlar haqida faktlar va empirik ma'lumotlar yig‘ishdir. Empirik tadqiqotlar natijalaridan ham amaliy maqsadlarda ham nazariy bilimlar rivoji uchun foydalanish mumkin.
Amaliy tadqiqotlar tizimida ham nazariy, ham empirik bilimlar mavjud bo‘lib, ular amaliy tadqiqotlarni ijtimoiy hayotni turli sohalari faoliyatini takomillashtirish uchun amaliy tavsiyanomalariga aylantnradi. Boshqaruv sistemasini elementi sifatida amaliy tadqiqotlar fanning ijtimoiy funktsiyalarini bajara borib, uning natija va yutuqlarini amaliy faoliyatga aylantiradi, o‘zining amaliy yunalishiga qarab ayrim hollarda amaliy tadqiqotlar ilmiy tadqiqotlar bilan qarama-qarshilik munosabatida bo‘ladi.
Foydaliylik va ob'ektivlik munosabatlari nisbati amaliy sotsiologiyaning eng muhim metodologik muamolaridan biridir. Ilmiy ob'ektivlik urganiladigan ob'ektning hususiyatlariga mosligi bilan belgilanadi. Ayni vaqtda foydaliylik bilimlar kimning manfaatlari uchunligini nazarda tutilishi bilan belgilanadi. Sotsiologik tadqiqotlar umumiy ijtimoiy-madaniy kontekst bilan chambarchas bog‘liq bulgan sotsial faoliyatning bir turi hisoblanadi. Buning natijasida esa tadqiqot natijalaridan iqtisodiy, siyosiy manfaatlar uchun foydalanadi.
Ilmiylik va foydaliylik bir-birlari bilan ziddiyatli munosabatlarga kirishmasliklari uchun M. Veberning fikricha haqiqat uchun intilish kerak, ya'ni boshqacha qilib aytadigak bulsak ilmiy bilimlardan tug‘ri foydalanish uchun iqtisodiy, soiial-siyosiy va ma'naviy tuzilishlarning ma'lum tizimi mavjud bo‘lishi zarur.
Shunday qilib, amaliy sotsiologiya nafaqat tayyor bilimlarni ishlatadi, balki yangi nazariy va metodologik bilimlarni ham shakllantiradi. Amaliy sotsiologiya ilmiy bo‘limning amaliy effektivligi masalalarini hal qila turib fundamental tadqiqotlarni rivojiga stimul berish uchun yangi muammolarni urtaga qo‘yadi. Amaliy tadqiqotlar ilmiy faoliyatning alohida bir turi sifatida faqatgina nazariy va metodologik muammolarni hal qilmasdan protsedura va metodik muammolarni ham echishga intiladi.
Metodologiya va metodikaning muhim muammolaridan kontseptualizatsiya, formalizatsiya va operatsionalizatsiyalarning tutgan o‘rinlari juda aktualddir. Chunkn bu muammolar sotsial qurilish va sotsial injenerlikning muammolarini hal etishda ilmiy bilishning realizatsiya qilishning uziga hosligi bilan bevosita bog‘liqdirlar.
Sotsial injenerlik amaliy tadqiqotlarning negizida shakllangan faoliyatining ma'lum bir yunalish sifatida shakllandi. Sotsial injenerlik—bu sotsial strukturani (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma'naviy) maqsadga yunaltirilgan, tubdan uzgartirishlik bilan uni optimal va effektov shaklga keltirishdir. Amaliy sotsiologiyaning sotsial injenerlikdan tashqari yana sotsial tehnologiya qismi ham muhim ahamiyatga egadir. U maqsadga erishishni ta'miilaydigan metodlar vositalarining majmuasidir. Amaliy sotsiologiya taraqqiyotini belgilab beradigan bu omil ijtimoiy-siyosiy holatdir, chunki sotsial amaliyotning muammolarini belgilab, hal qilib berish bu sotsial buyurtmadir, har hil konkret-tarihiy sharoitlarda har turli xil muammolar oldingi uringa chiqishi mumkin. Ilk bor ishlab chiqarishni tashkil etish, shaxsning ijtimoiylashuvi, og‘ishma hulk-atvor, urbanizatsiya va jamiyatni stabillashtirish muammolarini echish uchun sotsial buyurtmalar berilgan.
Amaliy tadqiqotlar tarmoq, yunalishlarini shakllantiradi. Bu yunalishlarning orasida og‘ishli xulq-atvor sotsiologiyasi, shahar sotsiologiyasi, industrial sotsiologiyalar kuprok tarakkiy etgan. Inson ulimi muammosini o‘rganadigan—nekrosotsiologiya, sotsialdiagnostikalar tarmok yunalishlari orasida eng yangilari hisoblanadi.
Sotsiologik tadqiqot ham nazariy, ham empirik bulishi mumkin. Ularni chegaralanishi shartli ravishdadir, chunki har qanday fundamental sotsiologiya nazariydir, empirik tadqiqotlar esa nazariya bilan jipslashgan o‘zaro aloqalik bilan utkaziladi. Lekin hususiyatni ajratish va aniqlash zaruriyatdir. Agarda har qanday fundamental sotsiologiya nazariy hisoblansa, har qanday nazariya fundamental sotsiologiya hisoblanmaydi. Fundamental sotsiologiya distsiplinar muammolarga fanning poydevorining asosini urganishga yunaltirilgan bo‘lib, uz navbatida nazariy sotsiologiyaning o‘rganish ob'ekti sifatida ham umumiy, ham xususiy jarayonlar, jamiyat hayotinnng ayrim sohalari va faoliyatinint biror bir tomoni bo‘lishi mumkin. Nazariy va empirik sotsiologik bilimlarni qabul qilish va jamiyatni tahlil qilish darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. «Nazariylashtirishni — deb yoeadi tainikli amerikalik sotsiolog Dj. Terner,—shunday vositalarga taalluqli deb xisoblash mumkinki, u orqali fan deb ataladigan tafakkur faoliyati uzining uchta asosiy maqsadini amalga oshiradi: olamda, shaklanayotgan voqealarni shunday klassifikatsiyalash (tasniflash) va tashkil qilishlikni buning natijasida ularni istiqbolda kura bilishlik; utgan voqealarni sabablarini tushuntirish va kelajakda bo‘ladigan voqealarni oldindan kura bilish; voqealarni nima uchun va qanday bo‘lib utishini «tushunishni intuitiv ravishda taklif qilish».