Sotsiologiyaning rivojlanish jarayonida sekin-asta maxsus va tarmoq yo’nalishlar vujudga kela boshladilar.
Xo‘sh, maxsus va tarmoq yo‘nalishlarning o‘zi nima ma'noga ega?
Maxsus deb institutsional sotsiologiyani, shaxs sotsiologiyasini guruhi jamiyat, sotsial harakat va sotsial munosabatlar sotsiologiyasini e'tirof etamiz. Bundan tashqari yana shakllanib bo‘lgan deb taraqqiyot sotsiologiyasi, o‘zaro harakat, sotsial struktura va boshqalarni ajratib ko’rsatishimiz mumkin. Institutsional sotsiologiya o‘zaro harakatning mustahkam shakllarini tadqiq qiladi. Taraqqiyot sotsiologiyasi jamiyat taraqqiyotining manbasi shakli, yo‘nalishlari va uning tarkibiy qismlarini o‘rganadi. Sotsial harakat nazariyasi esa insoniing sotsial faoliyatini sabablari, turlari va ahamiyatini aniqlashga harakat qiladi.
Sotsiologiyadagi maxsus yo’nalishlar sotsial reallikni sotsiologiyaning ob'ekti sifatida qabul qilishda nazariy mushohada qilishlik va bir ob'ektning asosiy elementlarini aniqlash asosida vujudga keladi. Ayrim nazariyalar sotsiologiyaning asoschilar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsada, ammo tadqiqot yo‘nalishi sifatida XX asrning birinchi yarmida, neopozitivizm negizida yaratiladi. Maxsus yo’nalishlar sotsiologiya fanining yuz yillik taraqqiyot yo’lining maxsulidir. Yuqorida qayd etilganidek, maxsus yo‘nalishlar neopozitivizm negizida shakllandi, lekin o’zining kelgusi rivojini boshqa nazariy yo‘nalishlar tufayli topdi.
Nima uchun bularni bir maxsus yo’nalishlar deb ataymiz, vaholanki sotsial institutlar, shaxs va guruhlar, sotsial munosabatlar va jarayonlar boshqa fanlar tomonidan ham o’rganiladiki gap shundaki, sotsiologiya hodisalarni yaxlit ijtimoiy struktura element sifatida tadqiq qiladi, binobarin xuddi shu vaqtda boshqa ijtimoiy fanlar institutlarni, munosabatlarni va guruhlarni o’zlarining predmetidan kelib chiqib, o‘z sohalari doirasida o’rganadilar, masalan, siyosatshunoslik siyosatida, psixologiya sevgi-emotsional sohada, yuridik fanlar huquq sohasida va hokozo. Ushbu fanlardan o’laroq sotsiologiyaning vazifasi — bu sotsial munosabatlar, sotsial institutlar, sotsial harakatlarning umumiy nazariyasini yaratishdir. O’z navbatida bu masalalarni o’rganish uchun sotsiologiya boshqa fanlarning tadqiqrtlariga ham tayanishi kerak. Jamiyat taraqqiyotiga taalluqli ushbu muammolarni yechish masalasi ko’ndalang qo’yilar ekan, sotsiologiya tomonidan boshqa ijtimoiy fanlar uchun metodologik ahamiyatga eta bo’lgan nazariya yaratiladi.
Haqiqatdan ham ijtimoiy hodisalarning qaysi biri o’rganilmagan, ular institutsional, sotsial munosabatlar va harakatlar shakllari, shaxs, guruh xarakteri va tafakkur tarzi nuqtai nazaridan tadqiq qilinadi. Maxsus yo’nalishlar fanining markaziy qismini tashkil qiladi, chunki u o’zini tadqiqotning boshqa barcha yo’nalishlar: fundamental, tarmog’i empirik yo’nalishlarni mujassamlashtirgan bo’ladi.
Maxsus yo’nalishlardan tashqari sotsiologiyada yana tarmoq yo’nalishlari quyidagilar; shahar sotsiologiyasi, sanoat sotsiologiyasi, oila sotsiologiyasi, deviant yoki otita hulq-atvor sotsiologiyasi, jamoatchilik fikri sotsiologiyani shakllangan. Keng rivojlangan ushbu yo’nalishlar ijtimoiy hayotni ma'lum bir tomonlari, har xil tizimchalar, tafakkurning ma'lum bir elementini o’rganish natijasida vujudga keldilar. Eng rivojlangan yo’nalishlar bu—deviant hulq-atvor sotsiologiyasi, industrial sotsiologiyasi, jamoatchilik fikri-sotsiologiyasi. Bu yo’nalishlar huquqdirlar, chunki ular XIX asr ohiri, XX asr boshlarida vujudga keldi. Masalan, deviant hulq-atvor sotsiologiyasining asoschisi E. Dyurkgeym hisoblanadi. Ilk bor u deviant hulq-atvorning turi bo’lmish o‘z-o‘zini o’ldirish muammosini taxlil qildi, bunda o‘z-o‘zini o’ldirishni psixologik patalogiya emas, balki sotsial hodisa deb e'tirof etdi. Lekin ko’pgina tarmoq yo’nalishlar XX asrning birinchi choragida, Amerikada empirik tadqiqotlar negizida shakllana boshlandi.Bu vaqtda jamoatchilik fikri, sanoat sotsiologiyalarining markazlari vujudga kela boshladi. Tarmoq yo’nalishlar empirik tadqiqotlarning keng qamrovli amaliyotining negizida shakllana boshladi, lekin ular sotsiologiyaning boshqa yo’nalishlari bilan ham bog’liqdirlar.