Sotsiologiyaa


Tarmoq sotsiologiyasi amaliy tadqiqotlar uchun bazis bo’lib xizmat qiladi



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə82/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   279
SOTSIOLOGIYA

Tarmoq sotsiologiyasi amaliy tadqiqotlar uchun bazis bo’lib xizmat qiladi, chunki olingan ma'lumotlar asosida tashkilotlarning, korxonalarning va muassasalarning faoliyati takomillashadi. Tarmoq yo’nalishlari ijtimoiy hayotining turli tomonlarini tadqiq qila borib, xususiy va maxsus nazariyalarni rivojiga yordam beradi va shuningdek fundamental sotsiologiya rivojiga ham ta'sir ko’rsatadi. Tarmoq yo’nalishlari asosida ayirboshlash nazariyasi, referent guruhi nazariyasi, yetakchilik (lider) nazariyasi va boshqa nazariyalar yaratildi. Tarmoq yunalishlar rivoji fundamental sotsiologiya oldiga jamiyatning yahlit strukturasida turli xil ijtimoiy tizimchalarning roli va o’rni va ularni o’zaro harakatlar turlari, taraqqiyoti asoslarining masalalarini qo‘yadi.
Tarmoq sotsiologiyasining maqsadi ayrim ijtimoiy strukturaning: moddiylik, ma'naviylik, mehnatning sermahsulligi nazariyasini yaratish, ishlab chiqarish, oilaviy munosabatlar va boshqalarning faoliyat ko’rsatish va rivojlanish qonunlarining to’liq tasvirini yaratishdan iborat. Tarmoq sotsiologiyasi xuddi sotsiologiyaga o’xshab sotsial buyurtma bilan bog’liqdir, lekin juda ham bevosita emas. Shuning uchun u nisbatan mustahkamdir. Tarmoq sotsiologiyasining taraqqiyoti jamiyatning turli xil tizimchalarining rivoji, ularning tarixiy sharoitlarining turli davrlaridagi ahamiyatining kuchayishi, yangi strukturalarning paydo bo’lishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Sоtsiоlоgiya fani tarkibiy jihatdan 3 ta katta qismga ajratib o`rganiladi
I. Umumsotsiologik nazariyalarni bevosita tadqiq etishga mo`ljallangan yo`nalish.
II. Maxsus(Xususiy) sotsiologik nazariyalar asosiga quriluvchi tadqiqot yo`nalishi.
III. Bevosita empirik sotsiologik tadqiqotlar.


I.Umumsotsiologik nazariyalarni bevosita tadqiq etishga mo`ljallangan yo`nalish:
1) Umuminsoniy tamoyillar birlamchligiga amal qiladi.
2) Jamiyat taraqqiyotini tadrijiy o`rganadi.
3) Ijtimoiy munosabatlar mahsuli va sub`tkti shaxs masalasini oldinga suradi.
4) Jamiyat hayotining ijtimoiy munosabatlarini o`rganadi ijtimoiy uyushmalar faoliyati, qonuniyatlariga tayanadi.
5) Ijtimoiy muammolarni tadqiq etadi, xalqaro nizolar va boshqalarni o`rganadi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin