5.2 Ta’lim dasturlari bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarga qo’yiladigan talablar 5.2.1.Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo’yicha talablar Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blok bo’yicha talablar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan «Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» bloki bo’yicha bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yilgan talablar» asosida belgilanadi.
5.2.2 Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bo’yicha talablar Bakalavr: Matematik kommunikativ kurs Bakalavr:
axborot texnologiyasining jamiyatni rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati;
yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim sohasida foydalanish formalari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
matematik analiz, analitik geometriya va matematik statistikaning asosiy tushunchalari va metodlari;
pedagogik dasturlash vositalari;
matnlarni va grafik axborotlarni tayyorlash, tahlil qilish va ishlov berish, axborot texnologiyalarini bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo’llay olishi;
obyektlarni sifat va miqdor munosabatlarini ifodalashda matematik belgilardan foydalanish;
pedagogik dasturlash vositalarini ishlab chiqish;
yangi axborot texnologiyalari vositalari bilan ishlash;
tarmoq texnologiyalari (internet, elektron pochta va boshqalar) vositalari bilan ishlash;
axborot texnologiyasining dasturiy vositalaridan foydalanib, turli hujjatlarni tayyorlash va ishlab chiqish ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.
tabiiy fanlarning fundamental (negiz birligi) tabiatni bilishning tugallanmasligi, uning yanadataraqqiy etishi;
tabiatda diskretlik va davomiylik;
tabiatdagi tartiblilik va tartibsizlik orasidagi nisbat haqida, obyektlar tuzilishining tartibga solinganligi, ularning tartibsizlik holatiga o’tishi va aksincha holatlar;