Sotsiologiyaa



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə7/279
tarix24.12.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#192352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   279
SOTSIOLOGIYA

tarbiyachi-tashkilotchi; umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bo’lib ishlash

- ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim bo’lib ishlash va boshqalar.
-bolalar muassasalarida huquqshunos;
-o’quv-metodik: mos ta’lim yo’nalishlar bo’yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo’lib ishlash

  • madaniy-oqartuv;

  • o’lkashunoslik vazifalariga moslashishi mumkin.

4.5 Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari
Bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin turdosh ta’lim yo’nalishlarining magistraturada mutaxassisliklari bo’yicha ta’limning vakolatli davlat organi tomonidan aniqlanadigan ikki yildan kam bo’lmagan muddatda magistraturada o’qishni davom ettirishi mumkin
Pedagogik faoliyatni olib borganda o’z malakasini har uch yilda oshirib turishi kerak.


5 Bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar




5.1 5111600-Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitiruvchi quyidagi umumiy malakaviy kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim:
a) umumiy malakaviy kompetensiyalar:

  • dunyoqarash xarakteridagi sistemali bilimlarga ega bo’lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;

  • Vatan tarixini bilishi, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o’z fikrini bayon qila olishi hamda ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g’oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo’lishi;

  • tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o’z kasb faoliyatida foydalana bilishi;

  • insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof-muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy va ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faolitida ularni hisobga ola bilishi;

  • sog’lom hayot tarzini yuritish zaruriyati bo’yicha ilmiy tasavvur va e’tiqodga ega bo’lishi, o’z-o’zini chiniqtirish ko’nikmaga ega bo’lishi lozim;

  • axborot yig’ish, saqlash, qayta ishlash va undash foydalanish usullarini egallagan bo’lishi, o’z kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlarni qabul qila olishi;

  • tegishli bakalavriat yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi;

  • yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o’z ustida ishlashi va o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila olishi lozim.


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin