Umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimidagi o’rni va roli.
4.2 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari 5111600– Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo’nalishibakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari – umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, o’quvchilar, o’quv-tarbiya jarayoni, o’qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlar jarayonidir.
4.3 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari
5111600– Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr o’z psixologik-pedagogik, kasbiy tayyorgarligiga muvofiq quyidagi kasbga oid faoliyat turlari:
o’qituvchilik: akademik liseylar kollej, umumta’lim maktablarida milliy g’oya huquq asoslari fani o’qituvchisi;
tarbiyachilik: ma’naviy va ma’rifiy ishlar tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalarda faoliyat;
o’quv-metodik: ushbu yo’nalishlar bo’yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist vazifalarini bajarishi mumkin.
ilmiy-tadqiqot.
Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim tizimi tomonidan aniqlanadi. 4.4 Bakalavrlar kasbiy faoliyatining vazifalari
5111600– Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr ta’lim dasturini o’zlashtirish natijasida kasbiy tayyorgarlikning asosiy turlari va maxsus tayyorgarligiga mos quyidagi kasbiy vazifalarni yechishi kerak:
o’qituvchilik: umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida milliy g’oya, xuquq asoslari, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o’rgatish bo’yicha o’qituvchisi bo’lib ishlash;