Mazkur standartda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hujjatlarga mos ravishda atamalar va ta’riflardan foydalanilgan:
bakalavriatning asosiy ta’lim dasturlari (bakalavriat dasturi) – talabalarning tarbiyasi va tayyorgarlik darajasi sifatini ta’minlashga yo’naltirilgan o’quv rejasi, o’quv kurslari, fanlari (modullari)ning dasturlarini qamrab olgan o’quv-uslubiy majmualari hamda malakaviy amaliyotlar dasturlari, o’quv jarayoni jadvali va mos ravishdagi ta’lim texnologiyalarini amalga oshirilishini ta’minlovchi metodik materiallar;
Integrallashgan kurs– ta’lim dasturidagi o’quv fanlari mazmun jihatdan o’zaro bog’langan, lekin o’z mustaqil faniga ega bo’lgan fanlar moduli.
kasbiy faoliyat sohasi – ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda, ishlab chiqarishda namoyon bo’ladigan kasbiy faoliyat obyektlarining majmuasi;
kasbiy faoliyat obyekti – kasbga yo’naltirilgan predmetlar, voqyeliklar, jarayonlar va tizimlar;
kasbiy faoliyat turi – ta’lim yo’nalishiga o’zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat obyektiga ta’sir qilish tavsifi metodlari va usullari;
kompetentlik - shaxsning muayyan ta’lim yo’nalishi yoki mutaxassisligi bo’yicha olgan bilim, malaka va ko’nikmalari hamda shakllangan shaxsiy xislatlarini mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli qo’llay olish qobiliyati.
kompetensiya – bilim, malaka va shaxsiy sifatlarini ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat uchun qo’llay olish;
modul– ta’lim va tarbiyaning muayyan maqsadi va natijasiga erishish bo’yicha o’zaro bog’langan hamda mantiqiy tugallikka ega bo’lgan o’quv fanlari va ularning tarkibiy qismlari. yo’nalish – asosiy ta’lim dasturining kasbiy faoliyatning muayyan turi va yoki obyektiga yo’nalganligi;
ta’lim dasturi – muayyan bakalavriat ta’lim yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligida majburiy va tanlab o’qitiladigan fanlar tizimi, o’tkaziladigan amaliyot turlari va ularning mazmuni.