ligi fikridan butunlay voz kechish lozim. Shunda olam soddaroq,
tushunarliroq, to ‘g ‘riroq va donoroq bo‘ladi.
Bir qarashda, yuqoridagi fikrlarda bir-biriga zid b o ‘lgan ho-
latlar m avjuddek tuyuladi: inson Xudoni ham isha olqishlaydi,
X udo esa unga ham isha e ’tibor berm aydi. A m m o kalvinizm
tam oyilida bunday ziddiyat k o ‘rinmaydi. To‘g ‘ri, kalvinizm da
ham
inson X udoni olqishlaydi, faqatgina toat-ibodat y o ‘li bilan
emas, balki X udoning bergan taqdiriga binoan inson tirik yur-
ganligi, unda k o ‘rsatilganidek barcha qoidaga rioya qilib yasha-
yotganligi va hayotliligi bilandir. A garda bu jum lani sotsiologiya
tili bilan aytsak, kishi o ‘ziga berilgan ijtim oiy rolini1 to ‘g ‘ri baja-
rayotganligi bilan Xudoni olqishlaydi. Ruh uchun panoh izlash - bu
maxsus faoliyat yuritish, degani emas. Inson o ‘z ruhini o ‘z ish
jo y id a qutqaradi. 0 ‘ziga berilgan vazifa va m ajburiyatlam i baja-
rar ekan, u ilohiy ko‘rsatm alarga rioya qilgan b o ‘ladi.
Shuning uchun pulni qadrsizlab, unga faqatgina ehtiyojlarni
qondiradigan bir vosita sifatida emas, balki unga hurm at yuzasi-
dan yondashish, uni qadrlash va uni k o ‘paytirishga harakat qili-
shi lozim. Sababi bu X udoga m a’qul b o ‘lgan harakatdir. Xalq
orasida “Badavlat b o ‘lsang, X udoga ham yoqasan”,
degan naql
yuradi. X udoga badavlat inson yoqishining, m a’qul kelishining
asosiy sababi bu insonning boy b o ‘lganligi yoki eng yaxshi,
shirin hayot kechirayotganligi uchun emas, balki u o ‘ziga shun-
day rohatni loyiq k o ‘rmasligidadir. Chunki uning shirin hayotga
vaqti y o ‘q. U hayotning barcha lazzatlaridan voz kechgan holatda,
o ‘ziga berilgan muqaddas vazifa - davlatini ko‘paytirish burchini
bajarish bilan band. M ehnatdan dam olishga bo‘lgan har qan
day
intilish, “qilgan m ehnatim ning evaziga”, deb o ‘yin-kulgiga
berilish - muqaddas burchni bajarishdan chetga o g ‘ishdan, uni
tan olm aslikdan o ‘zga narsa emas. M ehnatga va boylikka bunday
yuzaki yondashuv yuqorida k o ‘rsatib o ‘tilgan an ’anaviy yon-
1 D ogm atizm -a q id a p a ra s tlik , biror-bir fikrga, ta ’lim otga k o ‘r-k o ‘ro n a ishonish.
U nga yo p ish ib olish v a undan hech qachon voz kechm aslik.
69
www.ziyouz.com kutubxonasi
dashuvning o ‘zginasidir. H ayotdagi barcha rohat-farog‘atdan
voz kechish evaziga o ‘z burchini vaqtida bajarish va dam olish
im koniyatlaridan voz kechish — protestantizm etikasiga xos
bo‘lgan xususiyatdir. Aynan shu xususiyatni V eber dunyoviy
asketizm, deb ataydi. Balki shuning uchun ham V eber o ‘z asa-
rini “Protestantizm etikasi va kapitalizm ruhi” deb nomlagandir.
U protestantizm ta ’limotidagi insonga berilgan yagona hayot
g ‘oyasini m a’qullaydi. Lekin u protestantizm dan farqli o ‘laroq
hayotni faqat toat-ibodat bilan o ‘tkazish em as, aksincha, dunyoni
gullatish, m ehnat qilish va shuning evaziga boyish,
qashshoqlik
va ishsizlikdan qutilish, jam iyatni taraqqiyotga yetaklash lozim,
deb hisoblaydi.
V eber o ‘z izlanishlarini olib borishda faqatgina protestantizm
bilan cheklanib qolmagan. Olim boshqa k o ‘pgina dinlarni ham
o ‘rgangan va tahlil qilib chiqqan.
X ulosa qilib aytish m um kinki, sotsiologiyani m adaniy-tahli-
liy jihatdan k o ‘rib chiqib, unga tabiiy fan sifatida emas,
balki
m adaniy fan sifatida yondashilsa, u m adaniy-tahliliy jihatdan
o ‘rganib chiqilsa, bizga qorong‘i b o ‘lgan k o ‘pgina savollarga
javob olish m um kin ekan. Ya’ni bunday yondashuvda sotsi
ologiya nafaqat kishilik jam iyatining kelib chiqish va rivojlanish
qonuniyatini (tabiiy fanlar asosida, II. 2-§ ga qarang) o ‘rganadi,
u m adaniyat haqidagi, m adaniyatning jam iyatdagi o ‘rni
va jara-
yonlari haqidagi, ularning kelib chiqish vaziyatlari haqidagi fan
sifatida nam oyon b o ‘ladi. M adaniyatga b ag‘ishlangan boshqa
fanlardan farqli ravishda sotsiologiya faqatgina m adaniyat soha-
siga tegishli b o ‘lgan badiiy ijod, dunyoqarash, turli mafkuralar-
ning o ‘zaro aloqasi va hokazo bilan cheklanib qolm asdan, balki
m adaniyatshunoslik fani o ‘rganm aydigan aspektlarni ham, y a’ni
global ijtim oiy-iqtisodiy tizim ning shakllanishi
va rivojlanishi
jarayonlarini ham chuqur tahlil qilib o ‘rgana oladi. Bunday ja-
rayonlam i ilmiy tahlil qilib, sotsiologik jih atd an o ‘rganish esa
m adaniyatni o ‘rganuvchi hech qaysi fanning q o ‘lidan kelmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi