Sotsiologiyasi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/44
tarix14.12.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#177710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Madaniyat sotsiologiyasi (M.Bekmurodov, N.Yusupova)

I B O ‘LIM. MADANIYAT
NAZARIYASI TARIXI
I. 1. M adaniyatning ijtimoiy
fanlar va sotsiologiya negizida tutgan o ‘rni
B ugungi kunda m adaniyatni, m adaniyat rivojlanishi 
bosqichlarini, uning jamiyatdagi tutgan o ‘rnini o ‘rganuvchi 
bir qator fanlar mavjud. Shulardan eng asosiylari: ijtimoiy fal­
safa, sotsiologiya, etnologiya, etnografiya, madaniy va ijtimoiy 
antropologiya, madaniyatshunoslik, madaniyat sotsiologiyasi va 
madaniyat falsafasi. Ushbu ijtimoiy fanlarning barchasi empirik 
maTumotlami to‘plash va analiz qilish orqali turli jamiyat va 
davrlarga tegishli bo‘lgan madaniyatlami bir-biriga nisbiy ravishda 
o ‘rganadi. Ular o‘rtasidagi farqni va chegarani aniqlash mush- 
kul masalalardan biridir. Shu kunga qadar bu fanlarni o ‘rganib 
kelayotgan olimlar, asosan, ushbu fanlarning yaratilishida 
sababchi b o ‘lgan turli m aktab va y o ‘nalishlarga aso slan ­
gan holda ulami bir-biridan ajratib kelmoqdalar. Madaniyat 
hodisasini o ‘rganuvchi ijtimoiy fanlarning barchasi unga o‘z 
tadqiqot obyekti va perdmeti nuqtayi nazarlaridan kelib chiqib 
yondoshsalarda, lekin ular o‘rtasidagi farqlar bugungi kungacha 
ham nisbatan mavhumligicha qolmoqda.
Madaniyatshunoslik madaniyatning vujudga kelish sababi 
va shart-sharoitlarini, taraqqiyot qonuniyati va rivojlanish ten- 
densiyasini yagona bir sistema sifatida o ‘rganish, uning vazi- 
falari va tuzilishini aniqlash kabi mujassamlashgan ilmiy izlan- 
ishlar olib borish bilan shug‘ullanadi. Turli sohalarda (falsafa, 
ilohiyot, etika, estetika va hokazo) ilmiy asarlar yaratgan olim-
www.ziyouz.com kutubxonasi


laming madaniyatga nisbatan, uning qonuniyatlari va rivojlanish 
tendensiyasiga nisbatan bergan baholari majmuyini o‘rganish 
ham madaniyatshunoslik vazifalaridan biridir.
Kundalik hayotda “madaniyat” atamasini qo‘llar ekanmiz, 
ongning oliy mahsullari bo‘lgan san’at, adabiyot, musiqa, ras- 
somlik kabilami nazarda tutamiz. Sotsiologiyada madaniyat tushun­
chasi inson tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan barcha faoli- 
yatlar mahsuli tarzida tushuniladi.
Madaniyat sotsiologiyasi -
inson faoliyatining rang-barang
mahsullarini tarkibiy hamda mazmuniy jihatidan tadqiq etib,
uning taraqqiyot tendensiyalarini ijtimoiy tizim hamda ijtimoiy
institutlarga b o g jiq ravishda o'rganuvchi fandir.
Madaniyat 
sotsiologiyasining predmeti, maqsad va vazifalari, uslub va 
hajmiga beriladigan baho ham o ‘zgarib boryapti. Endilikda, 
madaniyat sotsiologiyasi jamiyatdagi madaniyat ko‘rinishlarini, 
uning jamiyatda qabul qilingan me’yorlarga mos ravishda rivojlan­
ish darajasini va jamiyat strukturasiga bog‘liq holda qanchalik 
o‘sayotganini o ‘rganishning. o‘zi yetarli bo‘hnay qoldi. Endi, 
madaniyat sotsiologiyasi yuqorida sanab o‘tilgan vazifalami ba- 
jarish bilan birgalikda, o‘z oldiga sotsiomadaniy o ‘zgarishlarning 
asl sabablarini va ularning amalga oshish yo‘llarini, qonun-qoi- 
dalarini topish hamda analiz qilishni maqsad qilib qo‘ym og‘i 
lozim.
Barcha ijtimoiy fanlar qatori madaniyat sotsiologiyasi fanining 
ham asosiy muammosi inson hisoblanadi. Zero, madaniyat - bu 
inson yaratgan narsalardir. Madaniyat sotsiologiyasi insonning 
olam bilan faol munosabatini va bu munosabatlar uning hayot 
tarzida namoyon bo‘lishini o ‘rganadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin