I. 9. San’at va din uyg‘unligi
San’at ham madaniyat singari madaniy universal xususiyatga
egami? Barcha madaniyatlarda xalq o‘z estetik tajribalari
bo‘lmish go‘zallik tuyg‘ularini ma’lum bir buyum yoki hodisa-
lar bilan bog‘laydi. San’at o ‘z ichiga vizual, y a’ni ko‘z bilan
ko‘rib anglanadigan san’atni, adabiyot, musiqa va teatr san’atini
qamrab olgani sababli, uni ba’zi vaqtlarda “ekspressiv madani
yat” deb ham atashgan. San’at inson tuyg‘ulariga nechog‘li
kuchli ta’sir qilsa, u shunchalik qadr-qimmatli boMadi. Qa-
bilalarda o ‘tkazilgan tomosha-bayramlarda ko‘pincha san’at
va din uyg‘unlashib ketganligi kuzatiladi. Qanday jamiyatda
bo‘lmasin, san’atning yuksak estetik qadr-qimmatga ega ekan-
ligi unga din bilan tenglashish imkonini beradi.
G ‘arbga xos bo‘lmagan san’atni o‘rganuvchilar mahalliy
xalqlarga xos bo‘lgan individual ijrochilik, hayotni aynan ifo-
dalash uslublarini tanqid qiladilar. Ammo ba’zi tadqiqotchilar
mazkur san’at ijrochilari mahoratidagi o‘ziga xos nafosatga tan
berishadi.
Ko‘pgina nog‘arbiy jamiyatlar individual artistlarning yu-
tuqlari va muvaffaqiyatlarini tan olishadi. San’at - bu faoliyat-
dir. To‘g ‘rirog‘i, ijodiy faoliyatdir. San’atga qo‘yiluvchi umumiy
talablar san’atga xos faoliyatning nechog‘li qadr-qimmatliligini,
mukammaligini baholaydi. Standartlar norasmiy ravishda jam i
yat va san’at tanqidchilari, mutaxassislar tomonidan nazorat
qilinishi mumkin. Oddiy xalq san’ati va ijodkorligi professional
ijodkorlikdan tabiiyroqdir.
San’at jamiyatdagi mavjud madaniyatning bir qismidir.
Estetik xulosalar madaniy makonga bog‘liq holda vujudga
keladi. Madaniyatning sotsiologik nuqtayi nazardan o'rganilishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
natijasida elitar, ommabop xalq san’ati va madaniyatining
mavqeyi kuchayishiga olib keldi. Mif, afsona, rivoyat va hikoya-
lar bo‘lmish madaniy merosning saqlanishida muhim ahamiyat
kasb etdi.
Ba’zi manbalarda din ham san’at bilan uyg‘unlashgan, degan
fikrlar mavjud. Diniy ulamolar diniy va dunyoviy tushunchalarni
farqlashsa, san’atda artistik va oddiy ijro tushunchalari farqla-
nadi.
Agar biz dinga taalluqli bo‘lgan biron voqelikka qarasak,
uning san’atga daxldlor jihatlarini ko‘ra olamizmi? Ko‘pgina
san’at namunalari din bilan qo‘shma ravishda yaratilgan. G‘arb
san’ati erishgan yutuqlarning eng kattasi ham diniy ilhom bi
lan yoki din yo‘lida yaratilgandir. Fikrimizga dalil sifatida
xristianlik cherkovlarida yaratilagn yuksak badiiylik namunala-
rini keltirishimiz mumkin.
Islom dinida ham san’atga bo‘ lgan va uning natijasida madani-
yatga nisbatan bo‘lgan munosabatning ijobiyligini ko‘rishimiz
mumkin. Masalan, Sharq Uyg‘onish davri m a’naviy madani-
yatida musiqa san’ati o ‘z o ‘rniga ega. Garchi islom dini bu
san’at turini rag‘batlantirmagan bo‘lsa-da, ammo uni umuman
taqiqlagan ham emas. Imom Buxoriyning “Al-jome as-sahih”
(ishonarli to‘plam) kitobining 3-jildida bu borada ikkita hadis
keltirilib, ularda musiqa tinglash man qilinadi emas, balki uni
yengil o ‘yin-kulgi tarzida targ‘ib etmaslik zaruratini anglatish
m a’nosi bordir’.
Ba’zi holatlarda diniy tadbirlar va san’at faoliyati parallel ra
vishda o ‘tadi.Demakki, san’at va din ko‘phollardauyg‘unlashadi.
Mislol uchun, sahnada niqob (maska) va har xil liboslar kiygan
ijrochi ruhlarni ifoda etishi mumkin. Ijrochilar maxsus musiqaga
1 E. G u lm eto v va bosh. M adaniyatshnoslik: M a ’ruzalar m atni. - Т., 2000. 86-
bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
o ‘ynashlari, kuylashlari, badanlarini bo‘yashlari va ekspressiv
madaniyatning boshqa turlarini ijro etishlari mumkin.
Estetik qadr-qimmat san’atning xususiyatlaridan biridir. Ik
kinchi sifat esa joyning to‘g ‘ri tanlanishidir. Biz san’atni his qi-
ladigan ba’zi maxsus muassasalar borki, ular jum lasiga muzey,
konsert zali, opera uylari va teatrlar kiradi. Agar biror-bir narsa,
buyumni muzeyda yoki m a’lum bir badiiy muassasada ko‘rsak,
uni, shubhasiz, san’at namunasi deb o ‘ylaymiz. Lekin shu bilan
birgalikda, biror-bir ijod mahsulining san’at namunasi sifatida
qabul qilinishi ham anchayin munozarali bo‘ladi. Bizning jam i-
yatda muzeylar odamlarni ijodkorlikka va yangilkka intiluvchan-
likka undashda, ijtimoiy m e’yorlarni tartibga solishda bevosita
ishtirok etadi. Qabila va urug‘larda muzeylar bo‘lmagan, ammo
ularda badiiy namoyishlar o ‘tkaziladigan joylar bo‘lgan.
Xullas, din hayotni muqaddas shaklda tasvirlovchi g‘oyalarni
yaratdi: falsafa-teologiya, adabiyotda ilohiy, didaktik janrlar;
Yevropa musiqasida cherkov gimnlari - liturgiya va messa; tas-
viriy san’atda xristianlik sujetlari asosiy o‘rinni tutdi.
Ilohiyot olam va inson haqidagi o ‘z “ilmiy” manzarasini yarat
di. Masalan, o ‘rta asrlarda asosiy mavzu Xudoni kuylash, Injil
asotirlari, avliyolar hayoti, ruhiy-axloqiy poklanish, gunohdan
m ag‘firat bo‘lish aqidalaridan iborat edi. Musiqaviy madani
yat negizini cherkov qo‘shig‘i (liturgiya), musiqa, she’riyat va
drammaturgiyani o‘zida uyg‘unlashtirgan cherkov tantanalari
tashkil etdi.
Islomda olamning mohiyati, asl hayot haqiqatini naqshlarda
muhrlangan belgilarida ifodalashga e’tibor qaratilgan. Mahobat-
li m e’morchilik yodgorliklarini betakror go‘zallik timsollariga
aylantirgan, ixlosmandlarning nafaqat ko‘zini, balki qalbini ham
quvontiradigan murakkab geometrik shakllar, o‘simliklar shakli
ifodasi, qo‘lyozma, amaliy bezak, naqshlar san’ati asosida islo-
miy ramz tasvirlari yotadi. Jumladan, uchburchak - Ollohning
www.ziyouz.com kutubxonasi
nazari; to ‘rtburchak - m usulm onlam ing m uqaddas manzilgo-
hi - Ka’ba; beshbiirchak - dinning 5 asosiy arkoni; jimjimador
o ‘sim liksim on shakl va gullar - jan n at b o g ‘i; havorang - pok-
lik, tozalik, osmon; to ‘lqinli chiziq - suvni, sariq rang quyosh
ram zini bildiradi»1.
Dostları ilə paylaş: |