yatni qopol ravishda, injiqlik bilan rad etsa-da, u bu davrda
meshchanlik, xudbinliklarning stixiyali isyoni, “ommaviy
jam iyat”, “ommaviy madaniyat” qadriyat va yo‘nalishlarining
texnokratik varianti sifatida aks ettiradi”1 (kontrmadaniyat
madaniyat niqobi ostida jamiyatdagi mavjud siyosatga qarshi
yoki undan qoniqmaslik natijasida manfaatdor bo‘lgan shaxslar,
“qora kuchlar” tomonidan sun’iy ravishda vujudga keltirilishi
ham mumkin).
Submadaniyat - bu turli ijtimoiy guruhlar madaniyati, deb qa-
raladi. Submadaniyatga ijtimoiy qatlamlar: shaharliklar, qishloq
aholisi, yoshlar, ishchilar, dehqonlar, o ‘rta qatlam, quyi qatlam
va hatto yuqori qatlam kiradi. Gap shundaki, shu qatlamga kir-
uvchi kishilar faqatgina
0
‘zlarining qatlamiga tegishli madani
yatni yoqtiradilar, qolgan qatlamlardagi madaniyat turi ularga
begonadek, tushunarsiz ko‘rinadi. Sababi esa submadaniyat
har bir o‘ziga tegishli guruhni boshqa guruh madaniyatlaridan
“izolatsiya”da saqlaydi. Masalan, eng rivojlangan va faol bo‘lgan
yoshlar submadaniyati. Yoshlar submadaniyatining markazini
musiqa tashkil qiladi (asosan, pop va rok musiqalari).
Dostları ilə paylaş: