I. 7. O m m aviy m adaniyat turi
Ommaviy madaniyat - madaniyat mavjudligining murakkab,
hamma vaqt bir xilda talqin qilinmaydigan o ‘ziga xos shakli.
“Ommaviy madaniyat G ‘arb madaniyati bilan bog‘liq hodisa
deb tushuniladi, shuningdek, u g‘oyasizlik, sifatsizlik va did-
sizlik namunasi sifatida talqin qilinadi. Ommaviy madaniyat
chuqur ijtimoiy va madaniy ildizlarga ega. Ommaviy madaniyat
paydo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy ildizlari yirik sanoat ishlab
chiqarishning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. XX asrda radio, kino,
televideniye, video, komputerlar tizimining paydo bo‘lishi nati-
1 F alsafa qom usiy lug‘at. (T uzuvchi va m a s’ul m u h arrir Q. N azaro v ). — Т.:
Sharq, 2004. 199-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
jasida ommaviy madaniyat o ‘z rivojlanishining yangi bosqichiga
qadam qo‘ydi. Bu bosqichda ko‘pchilik uchun maqbul bo‘lgan
qarashlar va qadriyatlarni shakllantirish imkoniyatlari keskin da-
rajada o‘sgani bilan xarakterlanadi. Ommaviy madaniyat xalq
madaniyatidan farqli o‘laroq nafaqat kosmopolitik va, ayni payt-
da, umuman milliylikdan uzoq boMishi ham mumkin. Ko‘pgina
hollarda ommaviy madaniyatning u yoki bu namunasining mil
liy mansubligini faqat uning tili yoki ijrochisiga qarab ajratish
mumkin. Elitar madaniyat ko‘pchilikka mo‘ljallanmagani, tush-
unish qiyin bo‘lgani bilan ajralib turadi. Ommaviy madaniyat
insonga xos bo‘lgan hissiyotlar: muhabbat, qo‘rquv, muvaffaqi-
yatga erishishga bo‘lgan intilish, g‘aroyibotga ishonch va shu
kabilarga asoslanishi bilan ustuvorlik qiladi. Shu yo‘l bilan om
maviy madaniyat real hayotga qaysidir jihatlari bilan o‘xshash
bo‘lgan, ammo undan, ayni paytda, birmuncha uzoq bo‘lgan
hayot manzarasini yaratadi” 1.
Barcha san’atkorlar, madaniyat namoyandalari aynan shunday
«ommaviy» darajadaxalqqa tushunarli bo'lishga intilishsalar-da,
lekin ommaviy madaniyatga salbiy munosabatda bo‘luvchilar
bu madaniyat turini rivojlanmagan badiiy didga, sodda, diniy
va axloqiy qadriyatlarni yuzaki tushunishga asoslangan, haqiqiy
m a’naviy madaniyatni buzib talqin qiladigan hamda yuksak klas-
sik madaniyatni ommaga yaqinlashtirmaydigan, saviyasi past,
“egoist” madaniyat, deb izohlaydilar. Odatda, ommaviy axborot
vositalari orqali ma’naviy saviyasi past boMgan, arzon, qiymati
kam madaniyat ko‘rinishini omma ongiga singdirib, so‘ngra uni
sotish yo‘li bilan daromad topish maqsadida ommaviy madani-
yatdan foydalaniladi.
Ommaviy madaniyatni mahsulot yoki iqtisodiy madaniyat
turi deb ham yuritishadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Amerikalik sotsiolog D. Bell o‘zining “Массовая культура
и современное общество’' nomli asarida bayon qilishicha, om
maviy madaniyatning qanday bo‘lishi kerakligi omma soni yoki
xarakteri bilan belgilanmay, balki shu omma a ’zolarining aqliy
qobiliyatiga, dunyoqarashiga, uning ongi nimani «hazm» (qa
bul) qila olishiga bog‘liq.
Ommaviy madaniyatning asosiy usuli bu tomoshabinlarning
sodda ravishda beriluvchanlik his-tuyg‘ularidan foydalanish-
dan iborat, y a’ni chuqur mulohazalantirmaydigan asarlar orqali
ularning his-tuyg‘ularini “qarmoqqa ilintirish”.
Ommaviy madaniyat turi ilk bor XX asrda AQSH industrial
va postindustrial sivilizatsiyasining mahsuloti sifatida vujudga
keldi.
Ommaviy madaniyatning asosiy shakllariga: vestern, fantasti-
ka, erotika, pomografiya, ujas, mistika, melodrama va detektivni
kiritish mumkin.
Yuqorida biz XX asr o ‘rtalarida ommaviy m adaniyat kuch-
li tanqidga uchraganini, uni salbiy m adaniyat turi deb baho-
lashganini bayon qilgan edik. Tanqidchilardan, asosan, ingliz
yozuvchisi O. Xaksli, nemis faylasufi T. Adorno, ispan madani-
yatshunos olimi Xose Ortega-i-Gasset, nemis sotsiologi G.
Markuze qarashlari diqqatga sazovordir.
Ommaviy madaniyatni o ‘rganishdan aw al, shu madaniyat
iste’molchilari bo‘lmish “omma”ning o‘zini o‘rganib chiqmoq
lozim.
XIX
asr fransuz psixologi Gustav Le Bon omma haqida keng
m a’ lumot berib o ‘ tadi. “Le Bon (1841 -1 9 3 1 ) - fransuz psixologi,
antropologi, arxeologi. Sotsiologiyada psixologik yo‘nalish asos-
chilaridan biri. Asosiy asarlari: “Materiya evolutsiyasi”, “Omma
psixologiyasi”, “Kuch evolutsiyasi” va boshqalar. Ijtimoiy
tarixiy jarayonga qonuniyatli aniq bir maqsadga qaratilgan ja-
rayon va hodisalar sifatida qaradi. Bu qonuniyatli jarayon u yoki
bu xalq vakillarida umumiy, o ‘xshash belgilami shakllantiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ana shunday belgilardan biri “xalq ruhi”, uning his-tuyg‘usi,
e’tiqodi, tafakkuri, muassasalari, san’ati vujudga keladi. Le Bon
sivilizatsiya tarixini elitarizm pozitsiyasidan baholadi va uning
istiqbollarini oldindan aytishga harakat qildi. Uning fikricha,
madaniyat yutuqlari kiborlarning faoliyatiga bog‘liq. Kiborlar
ommaga g‘oyalarni singdirish, ta ’kidlash, takrorlash va yuqti-
rish orqali madaniyat yaratadilar. Le Bon demokratiya va tenglik
g ‘oyalariga qarshi chiqdi. Le Bonning fikricha, sanoat, ommaviy
axborot vositalarining rivojlanishi va shaharlaming o ‘sishi ijti
moiy hayotning tobora ko‘proq ommaga bog‘liq bo‘lishiga olib
keldi. Jamiyat omma asriga qadam qo‘yadi, unda “ommaning
ongsiz faoliyati” yetakchilik qiladi” 1.
U o‘zining “Психология толпы” nomli asarida bayon qilishi-
cha, yirik ommalar jamiyat rivojini, ertangi kunini belgilaydi.
Sababi bugungi kunga kelib madaniyat, siyosat yirik ommalar
didiga, talabiga moslashib bormoqda, bu esa jamiyatning maj-
ruhlanishiga olib keladi.
Parlament tizimi, saylovlar, referendumlar ommani siyosiy
kuchga aylantirib qo‘ydi. Bir tomondan, bu demokratiyaga eri-
shish yo‘li bo‘lsa, ikkinchi tomondan, yirik to‘dalar ulkan xavf
ham tug‘diradi. Omma esa beriluvchanlikka moyil. Kishi om
maga kirganda o‘z aslini yo‘qotib, shu ommaga moslashadi.
Uning ongli ravishdagi MENligi - SHAXSligi yo‘qolib, ong
siz ravishdagi to‘daning bir bo‘lagiga aylanib qoladi. U maxsus
yo‘naltirilgan g‘oya va his-tuyg‘ularga, targ‘ibot va tashviqotga
tez beriluvchan bo‘lib qoladi. Individ yakka o‘zi bo‘lganda ba-
jarmaydigan noto‘g ‘ri xatti-harakatlarni to‘da ichida amalga os-
hiradi. U o ‘zi qilayotgan xatti-harakatiga hamisha ham to‘g ‘ri
baho bera olmay qoladi. Le Bon so‘zi bilan aytganda, “inson
lar to‘da ichida o‘zlarini yakka holatlaridagiga nisbatan yomon
www.ziyouz.com kutubxonasi
tutish xususiyatiga egalar”. “Психология толпы” asarida Le
Bon insoniyatning agressiv holatlari bo‘lmish urushlar, inqilob-
lar, terrorchilik harakatlari haqida fikr yuritib: “Kishi qaysidir
muddatga madaniyat ta’siridan chetga chiqar ekan, u bemalol
agressiv harakatlami amalga oshira oladi”, - deb ta’kidlaydi'.
Diniy nizolar va urushlar motivi haqida so‘z ketganda, Le
Bon: “Qirollar Varfolomey kechasini yaratishmagan, diniy
urushlarni ham ular keltirishmagan, Fransiyadagi terrorizmni
ham Robesper, Danton yoki Sen-Just keltirib chiqarmagan, yuz
bergan mudhishliklarning barchasida “to‘da yuragi, to‘da istagi”
bor bo‘lgan”, - deb hisoblaydi2.
Haqiqatanham, qirollar, liderlar, yetakchilar yuz berishi kerak
bo‘lgan jarayonni faqatgina tezlatishlari yoki sekinlatishlari
mumkin, xolos. Individ to ‘da ichida o ‘zligini y o ‘qotib, iro-
dasiz, tafakkursiz bo ‘lgan avtomatga aylanadi. Shu yo ‘l bilan
u o ‘zi bilmagan ravishda sivilizatsiyadan bir necha pog‘ona
pastga tushgan to ‘daning bir qismi bo‘lib qoladi. Oddiy, yak-
ka o ‘zi bo‘Igan holatda bu individ madaniyatli inson bo ‘lgan
bo‘lishi mumkin. Lekin to‘da - bu varvar. Unda bosh ko‘tarish,
agressivlik, shuningdek, g ‘ayrat, kuch-qudrat, qahramonlikka
moyillik tuyg‘ulari uyg‘onadi.
Ommaviy madaniyatga tanqidiy munosabatda bo‘lgan yana
bir madaniyatshunos - bu X. Ortega-i-Gasset. Olim fikricha,
XX asr jahonga umuman yangicha sharoitni olib keldi: endilik-
da kishilar ommasi qat’iyatlilik bilan siyosatga aralashadigan,
tarixning yo‘nalishini, madaniyatning taraqqiyot yo‘lini boshqa-
radigan bo‘lishdi. Omma nafaqat kishilar soni bilan, balki sifat
darajasi bilan ham belgilana boshlandi. Lekin shuni unutmaslik
kerakki, omma sifati qay darajada ekanligini aniqlab bo‘lmaydi.
U tushunarsiz, noaniq bo‘lib, ko‘p holatda sifat darajasi past,
1 Q arang: E. А хм едова, P. Г абидулин. К ультуралогия. М и ровая культура. -
Т.: А кад. Худ. Узб., 2001.
2 Q arang: Е. А хм едова, Р. Г абидулин. Культуралогия. М ировая культура. -
Т.: А кад. Худ. Узб., 2001.
www.ziyouz.com kutubxonasi
quyi pog‘onaga yaqin bo‘ladi. Omma o‘zlari uchun tushunarsiz
bo‘lgan, o‘zlarining ongi qabul qilmaydigan chuqur mazmunda-
gi madaniyat turlariga yoqtirmay qaraydi. Shuning uchun hami-
sha, elitar madaniyat bilan ommaviy madaniyat o ‘rtasida nizo
kelib chiqish xavfi mavjud.
G. Markuze ham ommaviy madaniyatni tanqid qilar ekan,
jam iyat ommaviy axborot vositalari orqali individga bitta shaklli
mahsulotni ustalik bilan zo‘rlab «tiqishtiradi», deb hisoblaydi.
Biroq XX asrning oxiriga kelib ommaviy madaniyatga
bo‘lgan munosabat o‘zgardi, unga ijobiy yondashadiganlar soni
ko‘paydi. Bu jarayon, avvalo, AQSH va G ‘arbiy Yevropada
sezildi. Endlikda ommaviy madaniyatga ko‘p sonli kishilaming
didi va talabini qoniqtiradigan, ularning madaniyati darajasiga
mos tushadigan, ularni qoniqtirib, rohat baxsh etadigan madani
yat vositasi sifatida qaraydigan bo‘lishdi. Amerikalik sotsio
log D. Bell so‘zi bilan aytadigan bo‘lsak, ommaviy madaniyat
Amerika jamiyati a’zolarini birlashtirib, mamlakatda ijtimoiy
garmoniyani (xotirjamlikni) o ‘rnatdi.
Amerikalik sotsiolog E. Shillz ham ommaviy madaniyatni
himoya qiladi. Bugungi kunda G ‘arb madaniyatshunosligi va
sotsiologiya fanlarida ommaviy madaniyat - bu oddiy ommaviy
kishining talablarini qoniqtiruvchi normal holat, degan tushun-
cha paydo bo‘ldi. Aksincha, yuqori madaniyat namoyandalari
o‘z aralashuvlari orqali ommaviy madaniyatning sifat darajasini
ko‘tarishga, yaxshilashga urinmoqdalar. Ular, oliy madaniyat
ommaviy madaniyatga singish jarayonida uni yuqori darajaga
olib chiqadi, deb hisoblashadi.1
Prezidentimiz I. A. Karimovning “Yuksak m a’naviyat -
yengilmas kuch” asarida 0 ‘zbekistonda ommaviy madaniyat
ning xalqimiz m a’naviyatiga zarari xususida batafsil bayon etil-
gan.
1 Q arang: E. А хм едова, P. Г аби дулин. К ультуралогия. М ировая культура. -
Т.: А кад. Худ. Узб., 2001.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|