m ualliflardari)
v azifasin i bajaradi. D em ak,
sivilizatsiya madaniyatning konkret namoyon bo‘lishini, uning
real mavjud hayotini aks ettiradi. Sivilizatsiya falsafiy qarashla-
rida asosiy urg‘u axloq-odob va siyosiy nazariya muammolariga
www.ziyouz.com kutubxonasi
berilgan bo Tib, insonning axloqiy va fuqarolik burch-vazifalari
mutanosibligi ta’limotiga asos soldi”1.
Madaniyat
tushunchasi bilan
sivilizatsiya
tushunchasi ko‘p
hollarda sinonim sifatida yonma-yon ishlatiladi. Bunda sivili
zatsiya tushunchasi ostida yaratilgan moddiy va m a’naviy yu-
tuqlar nazarda tutiladi. Lekin sivilizatsiya haqida yuqoridagi
fikrga qarama-qarshi bo‘lgan qarashlar ham mavjud. Sivilizatsi
ya va madaniyat tushunchalarini bir-biriga ilk bor qarama-qarshi
qo‘ygan olimlar XVIII - XIX asrlarda Germaniyada yashab ijod
qilishgan.
Nemis sotsiologi Ferdinand Tyonis “Umumiylik va jam iyat”
(1887) asarida
ijtimoiy birlik (jamoaviylik)
va
jam iyat (ijtimoiy)
tushunchalariga asoslangan konseptual tizimni yaratishga ha-
rakat qildi. Ya’ni Tyonis ijtimoiy munosabatlarning ikki turini
ajratib ko‘rsatdi (ijtimoiy birlik va jamiyat turlari).
Birinchi turdagi ijtimoiy birlik munosabatlarga insonni
ichidan yo‘naltiruvchi tabiiy instinktiv birliklar kiradi. Ularga
axloqiy mas’uliyat, emotsional teranlik misol bo‘la oladi. Bu mu
nosabatlar oila, urug‘, qon-qardoshlik, qo‘shnichilik, etnos, xalq
kabi ijtimoiy birliklarga (jamoaviylikka) xosdir. Bu munosabat
lar esa aynan
madaniyat
negizida vujudga keladigan munosabat-
lardir.
Ikkinchi turdagi munosabatalarga yoki, boshqacha aytganda,
ijtimoiy munosabatalarga ongli ravishda qo‘yilgan maqsadga qa-
rab harakat qilish va o‘z xohishi bilan istaganini tanlash erkinligi
kiradi. Birinchi turdagi munosabatlarga (ijtimoiy birliklarga) ona
muhabbati misol bo‘la olishi mumkin, ikkinchi turdagi munosa
batalarga (ijtimoiylikka) esa savdogarlik faoliyati misol bo‘ladi.
Birinchi turdagi munosabatlar jamoani tashkil qiladi, ikkinchi
turdagi munosabatlar jamiyatni hosil qiladi. Jamoada instinkt-
lar, hissiyotlar hukmronlik qiladi. Jamiyatda esa hisob-kitobli
www.ziyouz.com kutubxonasi
tafakkur, mexanizmga monand munosabatlar qonunlariga rioya
qilinadi. Demak, birinchi turdagi munosabatlarga psixologik va
shaxsiy munosabatlar (oila, qo‘shnilar jamoasi, o ‘smirlar guruhi
va hokazo) kirsa, ikkinchi turdagi munosabatlarga tashkilotlar
va siyosiy partiyalar kirishi mumkin. Birinchi turdagi munosa
batlar o‘zining davomiyligi va emotsionalligi bilan ajraladi. Ik
kinchi turdagi munosabatlar o‘zining tasodifiy rasmiyatchilikka
xosligi yuzasidan va shaxssizligi bilan ajraladi1. Albatta, ikkinchi
turdagi munosabatlar qisman birinchi turdagi munosabatlarga
asoslanishi mumkin, lekin ular umuman begona, bir-biriga yot
bo ig an , hattoki o‘zaro dushman boMgan kishilar orasida ham
quriladi. Ikkinchi turdagi munosabatlarning barchasi ratsional
tizimga asoslanadi.Ularning a’zolari va subyektlari nafaqat yakka
shaxslar, balki turli guruhlar, jam oalar, hattoki davlatlar va bir-
lashgan tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Bu darajadagi munosabat
larning barchasi
sivilizatsiya
ichida (negizida) vujudga kelgan
munosabatlardir. Jamoaviylikdan sekin-asta ijtimoiylashuvga
o‘tish orqali sotsial tashkillashganlik jarayoninining rivojlanishi
mumkinligini ko‘rsatib bergan Tyonis bu jarayonda, shuningdek,
boshqa holat ham yuz berishini ko‘rsatib o‘tadi. Olim, ijtimoiy
jarayon madaniy aloqalaming kamayib borishi, an’anaviy aloqa-
larning uzilishi, mehr-muhabbatning so‘nishi, insonlar o ‘rtasida
yaqinlik munosabatlarining yo‘qolib borishi bilan bog‘liq hol-
da yuz beradi”, - deb ta’kidlaydi2. Bu m a’naviy qadriyatlarn-
ing o ‘rnini sovuqqonlik va faqat aqliy salohiyatga suyanib ish
ko‘rish jarayoni egallaydi.
1919-yilda “Yevropaning so‘nishi” asarini chop etgan nemis
faylasufi Osvald Shpengler sivilizatsiya jarayonida G‘arbni
qat’iy halokat kutayotganligini bayon etadi. Shpengler nuqtayi
1 Q arang: Skirbekk, G ., G ile N . F alsafa tarixi: oliy o ‘quv yurtlari uchun o ‘quv
q o ‘l l . - Т . : Sharq. 2002.
2 Q arang: JI. Г. Ионин. С оциология культуры: У чебное пособие 2-е издание. —
М .: Л огос, 1998.
www.ziyouz.com kutubxonasi
nazari bo‘yicha, sivilizatsiya — bu rivojlanishning eng oxirgi
pog‘onasigacha ko‘tarila olgan, insonlar tomonidan yaratilgan
“sun’iy olam” yig‘indisidir. Sivilizatsiya - bu halokatning boshi
va madaniyatning yakunidir. Sivilizatsiya - hayotning izidan
o‘lim kelganidek, yoshlik ketidan qarilik quvganidek, gullab-
yashnash o‘z nihoyasi yetganidek, madaniyatning ketidan quvib
yuradigan hodisa va uni bartaraf etib bo‘lmaydi.
Madaniyat - bu insonning m a’naviyati, ichki olami, ijodiy
qobiliyati, ilhomi va mehr-muhabbatidir. Sivilizatsiya esa
noijodiyot, tabiiy bo‘lmagan quruqlik va sun’iylikdir. Demak,
Shpengler uchun sivilizatsiya - bu ijodiyot, ilhomlanish, rivoj
va ravnaq belgisi bo‘lmish m a’naviy boyish davri o‘miga, jam i
yatning m a’naviy toshqotishi, ijodining tang holatga kelishi,
m a’naviy bo‘shliq davri bilan almashuvidir.
Sivilizatsiya - jamiyatning texnik rivojlanishini, progressini
bildirsa-da, lekin bu jarayon quruq, sun’iy, barcha narsani hisob-
kitob bilan o ‘lchaydigan jarayondir. Shuning uchun Shpengler
sivilizatsiyani har qanday madaniyat yakuni, xulosasi deb bil-
gan. “Shpengler Osvald - nemis idealist-faylasufi, hayot falsafa-
si vakillaridan biri. U konservativ-millatchilik yo‘nalishida pub-
litsistik chiqishlar qilgan, ammo nemis natsistlarining hamkorlik
qilish to ‘g ‘risidagi takliflarini rad etgan. Shpengler o‘z qarash-
larida cheksiz kengayishga qaratilgan organik hayot tushuncha-
sidan kelib chiqadi. Madaniyatni u “organizm” sifatida talqin
qiladi. Uningcha, bu yagona umuminsoniy madaniyat yo‘qligini
va bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. Shpenglerning ta’kidlashicha,
har bir madaniy “organizm” tarixi uning ichki hayotiy siklidan
kelib chiqqan holda ming yilcha oldin belgilanadi. Madaniyat
halokatga uchrashi jarayonida sivilizatsiyaga aylanadi. Madani-
yatdan sivilizatsiyaga o‘tish esa ijodkorlikdan mahsulsizlikka,
shakllanishdan qotib qolishga, qahramonona tashabbuslardan
www.ziyouz.com kutubxonasi
mexanik “ishga” o ‘tish bo‘ladi. Olim fikricha, sivilizatsiya oqi-
batida badiiy va adabiy ijodga ehtiyoj qolmaydi” 1.
Shpengler konsepsiyasiga qo‘shiluvchilarga nisbatan uni
muhokama qiluvchilar soni ko‘proq bo‘lishiga qaramay, bu
konsepsiya olimlar orasida tez tanildi. Masalan, insonparvar-
gumnist A. Shveytser jam iyat qalbsiz bo‘lgan texnik-mexanik
sivilizatsiyadan qochib qutula olmasligini, oxir-oqibat bu sivi-
lizatsiy an in g barib ir ushbu ja m iy a tg a kirib kelishi xavfi
mavjudligi - jam iyat a ’zolarining tushkunlik holatiga tushishiga
olib kelishini aytadi. N. Berdyayev: “Sivilizatsiya va madaniyat
hodisasiga xronologik yondashib, ular davrlar almashinuvi nati-
jasida yuzaga keladi”, - deb Shpengler nazariyasini xato sifatida
ko‘rsatadi. Berdyayevning ta’kidlashicha, sivilizatsiya davrida
madaniyat mavjud bo‘ladi va, aksincha, madaniyat davrida sivi
lizatsiya mavjud bo‘ladi,
Shuni aytish lozimki, Shveytser madaniyat va sivilizatsiya
o ‘rtasidagi farqni shartli, deb ko‘rsatib o ‘tadi. Shveytser fik
richa ham, Shpengler fikricha ham, bitta jarayonni ifodalash
uchun fransuz tadqiqotchilari “sivilizatsiya”, nemis tadqiqotchi-
lari “madaniyat” atamasini ishlatishadi. Masalan, fransuz tarix
maktabi namoyandalari “sivilizatsiya” atamasini ishlatishsa-da,
aslida, madaniyat tushunchasi va jarayonlarini nazarda tutishadi.
Taylor esa o‘z asarlarida madaniyatni sivilizatsiyaga tenglashtirib
qo‘ygan.
E. Ahmedova o‘zining “Культуралогия” asarida ko‘rsatishicha
Dostları ilə paylaş: |