Sotsiologiyasi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/44
tarix14.12.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#177710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Madaniyat sotsiologiyasi (M.Bekmurodov, N.Yusupova)

madaniy universaliyalar 
deb yuritiladi. Madaniy 
uneversaliyalarga til, etiket qoidalari, tug‘ilish va o ‘lim bilan 
bog‘liq bo‘lgan marosimlar, sovg‘a berish va olish qoidalari, ki­
shi yoshi o ‘rtasidagi tafovutlar va undan kelib chiqadigan muno­
sabatlar, mehmonga borish qoidasi, qarindosh-urug‘chilik mu- 
nosabatlari, qarindosh-urug‘ o ‘rtasidagi insest holatini taqiqlash, 
xonani jihozlash, gigiyena qoidalariga amal qilish, ob-havoni 
kuzatish va shu kabi barcha madaniyatlarda uchraydigan va, aso- 
san, bir xil ko‘rinishda ifodalanadigan hodisalar kiradi.
Lekin insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, jahon xalqlari 
madaniyati negizida madaniy uneverasaliyalaradan ko‘ra, 
madaniy tafovutlar va madaniy rang-barangliklar ko‘proq uch- 
ramoqda. Insoniyat madaniyatlarining turli-tumanligi qadri­
yatlar, xulq m e’yorlari orqali ko‘rinadi. Masalan, ayrim xalq 
vakillari ustritsalarni tansiq taom sifatida iste’mol qiladi, lekin 
mushuk va kuchuklarni yemaydi. Musulmonlar cho‘chqa 
go‘shti yemaydilar, hindlar esa yeydilar, ammo ular mol go‘shti 
yemaydilar. G ‘arb erkaklari bir-birlari bilan o ‘pishib so‘rashsa, 
bu tabiiy holat sifatida qabul qilinadi, Sharq erkaklari uchun 
bu jarayon or-nomusning buzilishi belgisi sifatida qayd etiladi. 
Bu xususiyatlaming barchasi bir jamiyatni ikkinchi jamiyatdan 
ajratib turadigan keng madaniy tafovutlarning bir jihati, xolos.
1 Q arang: Р о ж д ествен ск и й Ю . В. В вед ени е в культуроведение. М ., 1996.
20
www.ziyouz.com kutubxonasi


Insoniyat madaniyatlari bir-biridan jiddiy farq qilganligi uchun, 
bir madaniyat vakillariga boshqa madaniyatda qabul qilingan 
xulq-atvor va tasaw urlar juda yoqimsiz ta’sir qiladi. Demak, har 
bir madaniyatda o‘ziga xos, betakror xulq shakllari qabul qilin­
gan bo‘lib, boshqa madaniyat vakillariga ular g ‘alatiroq tuyili- 
shi mumkin. Har qanday madaniyatni uning o ‘z m a’no belgilari 
va qadriyatlaridan kelib chiqib o ‘rganmoq kerak. Aks holda, 
begona madaniyat to‘g‘ri tushunilmay qolish xavfi tug‘iladi va 
bu madaniyatga obyektiv yondashishning ilojini qoldirmaydi. 
Shuning uchun sotsiologiya bir madaniyatni o ‘zga madaniyat 
nuqtayi nazari bo‘yicha baholashdan uzoqlashishga intilinadi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin