Sotsiologiyasi


III. 4. A fson aviy tim sollar



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/44
tarix14.12.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#177710
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Madaniyat sotsiologiyasi (M.Bekmurodov, N.Yusupova)

III. 4. A fson aviy tim sollar
yo k i tim soU ashtirish nim a?
A fsonaviy tim sollar, y u q o rid a ay tilg an i kabi, kishi e ’tiborini 
b iro n n arsaga q aratish uchun yoki biron narsani aks ettirish
uchun ishlatilmaydi. Ular um um an boshqa m a ’no va m azm unga 
ega b o iib , c h in m a’nodagi tim sollardan ko‘ra boshqacha shaklda 
nam oyon b o ‘ladi. A garda tim sollarga e ’tibor bersak, unda “siy- 
m o” (tashqi olam, jism ) bilan “g ‘oya” (ichki olam )ning o ‘zaro 
aloqasidan noaniq narsa paydo b o ‘lganini k o ‘rishim iz mumkin. 
Aynan shu noaniq narsa ikkinchi bobda aytib o ‘tilgan “oldinga 
yetaklovchi (reprezentiativ) m adaniyat”ning bir ko‘rinishidir. 
Biz “oldinga yetaklovchi m ad an iy af’ni o ‘ziga xos b o ‘lgan 
g ‘oyalar, dunyoqarashlar, turli fikrlar yig ‘indisi, ular natijasida 
kishilarning fikrlash tarzi o ‘zgaradi va ular om m a tom onidan, 
jam iy at tom onidan ayrim vaziyatlarda faol, ayrim vaziyatlarda 
esa nofaol tarzda qabul qilib olinadigan hodisa, deb baholagan 
edik.
Yangilik yaratuvchi, jarayon sari yetaklovchi bunday m adani- 
yat shakJi jam iyatni yaratm asa-da, hech b o ‘lm aganda, jam iyat 
bilan birikib, yagonalikni tashkil qiladi. Ya’ni jam iyat bilan 
m adaniyatning o ‘zaro b og‘liqligi, yagonaligi, ikki yarim ning bir 
butun holatga kelishini bildiradi.
Zam onaviy jam iyatlarda tim sollar hech qachon o ‘zi tasvir- 
layotgan buyum lam i yoki sohalarni (masalan, siyosiy soha, 
sog‘liqni saqlash sohasi va hokazo) aynan tasvirlam aydi, balki 
ulam ing mazmunini bildirishga harakat qiladi.
A fsonaviy timsollar bilan “oldinga yetaklovchi (reprezentativ) 
m adaniyat” elementlarining o ‘zaro aloqasi natijasida “egizak- 
lik” holati vujudga keladi. Ya’ni biologiya sohasidan misol 
keltirsak, har qanday tirik m avjudotning biron-bir organi boshqa 
tirik m avjudotning biron-bir organi bilan bir xil vazifani baja-
www.ziyouz.com kutubxonasi


rishini aytishim iz mumkin. M asalan, inson q o ‘li bilan may- 
m unning panjasi, itning oldingi oyog‘i yoki qushning qanoti 

egizaklik”
holatini keltirib chiqaradi. Sotsiom adaniy hayotda 
egizak “organ”lar sifatida afsonaviy tim sollar bilan “oldinga 
yetaklovchi m adaniyat”ning elementlari kelishi mumkin.
A fso n av iy tim so lla sh tirish - bu b o tin iy olam b ilan z o ­
hiriy olam ning qo‘shilishi va ikki olam ning m azm unini bir tarz- 
da ifodalashdir. A fsonaga asoslangan tim sollar m arosim lam ing 
o ‘zagini tashkil qiladi. Shu tariqa m arosim lar m antiqsiz jara- 
yonlar emas, balki biron-bir afsonaga asoslangan jarayonlarga 
aylanadi. Ayrim vaziyatlarda m arosim lar diniy kultlarning1 bir 
elem enti sifatida ham tushuniladi. M arosim lam i tadqiq qiluv- 
chi etn o g raf va antropolog olim lar esa, o ‘z navbatida, istash- 
sa-istashm asa, a n ’anaviy jam iyatlarning asosi b o ‘lm ish diniy 
kultlarga duch kelishadi. N atijada m arosim lar o ‘rganilishi ja- 
rayonida diniy kultlar ham o ‘rganiladi va m arosim lar diniy kult- 
lam ing bir qismi, elementi sifatida qabul qilinadi. M arosimlar- 
ni chuqur tahlil qilib o ‘rgangan antropolog va etnograf singari 
sotsiolog olim lar nisbatan kam uchraydi. M arosim lar haqidagi 
m a’lum otlar sotsiolog olimlar: G. Zimmel va I. Gofman asarlari- 
da k o ‘proq uchraydi. Lekin bu m a’lum ot kitobxonda kultlar, m a­
rosim lar va rasm -rusm lar zam onaviy jam iyatlarda uchram aydi, 
degan fikrni uyg‘otm asligi lozim. M arosim lam i am alga oshirish 
uchun yoki marosim rasm -rusm lariga rioya qilish uchun “narigi 
dunyoga” ishonish shart emas. M arosim lar tim sollar va tim sollar 
tizim i m avjud bo‘lgan ham da shu tim sollar tizim i bilan hisob- 
lashiladigan barcha jam iyatlarda mavjud.
A fsonalar fantastik tasavvurlar y ig ‘indisi emas. U lar real, 
haqi-qiydir. Chunki ular haqiqiy, real voqelikka ta’sir k o ‘rsata 
oladi va uni ijobiy yoki salbiy tom onga o ‘zgartira oladi. Albatta,
' Q arang: G iddens E ntoni. Sotsiologiya: O liy o ‘q uv y u rtlari uchun o ‘quv 
q o ‘llan m a /T a rj. N . M am ato v v a J. B egm atov. - Т.: Sharq, 2002. 5 1 1-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


biz har qanday jam iyatni yoki tarixiy davrni shu davr ruhiyati 
bilan sug‘orilgan afsonaga asoslanm agan, faqatgina ilmiy yon- 
dashgan holatda baholashim iz mumkin. Lekin u holda biz shu 
davr haqida haqiqiy, chin m a’lum otlarga ega b o ‘la olmaymiz. 
M asalan, Qadimgi G retsiyaning ijtimoiy tuzumini faqatgina ilm ­
iy jihatdan yondashib o ‘rgansak, biz greklarning haqiqiy hayo- 
tini, dunyoqarashini va tarixini to ‘liq va to ;g ‘ri tushuna olmay 
qolishim iz mumkin b o ‘ladi.
A fsona m avhum lik emas, u faqatgina fikr m ahsuli ham emas. 
A fsona bu o ‘ylab topilgan narsa ham emas, balki u eng yorqin va 
chin haqiqatning o ‘zginasidir. M asalan, bizning taom ga b o ‘lgan 
m unosabatim iz mavhum, bizning taom ga nisbatan b o ‘lgan istak 
va xohishim iz ham mavhum. Bizning ovqatlanish va qorinimizni 
to‘ydirish ehtiyojim iz esa m avhum emas, albatta. Demak, taom ­
ga b o ‘lgan m unosabat mavhum, lekin unga nisbatan b o ‘lgan 
ehtiyoj konkret va realdir.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan xulosa qilib aytish mum kinki, 
afsona bu aniq va ravshan b o ‘lgan haqiqiy voqelikdir. U his qili- 
nadigan, ashyoviy, jism oniy real bo‘lgan, aniq va konkret fikrlar 
y ig ‘indisidir. Bu fikrlar y ig ‘indisi aslo m avhum emas. Ular, ak- 
sincha, o ‘z haqiqatiga, qonun-qoidasiga va tizim iga egadir.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin