Sotsiologiyasi


IV B O ‘LTM. M A D A N IY A T - JA M IY A T -



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/44
tarix14.12.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#177710
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
Madaniyat sotsiologiyasi (M.Bekmurodov, N.Yusupova)

IV B O ‘LTM. M A D A N IY A T - JA M IY A T -
IJT IM O IY F IK R
IV. 
1. Jam iyatd a ijtim oiy fikr yoxud
jam oatch ilik fikri tu sh u n ch asin in g o ‘rni
Ijtim oiy fikr - om m aviy ongning ijtim oiy aham iyatli 
m uam m olari bo‘yicha fikrning shakllanishi va uning ijtimoiy 
m uhitga ta’siri bilan bog‘liq holatdir.
Ijtim oiy fikrning bunday talqini hozirgi paytda m am lakat 
sotsio log ik adabiyo tlarida u m u m e’tiro f etilgan. U ijtim oiy 
fikrning sobiq sovet sotsiologiyasida qabul qilingan, shakllan- 
ishida jam oatchilik fikri egalarining sinfiy pozitsiyasi yetakchi rol 
o‘ynaydigan tushunchasidan jiddiy farq qiladi. Bunda gap ushbu 
hodisaning odatiy tarixiy-m aterialistik doktrinaga xos sinfiy ta- 
biati k o ‘rsatilishida ham emas. A sosiy farq shundaki, hozirgi 
yondashuvlar doirasida ijtim oiy fikr, birinchidan, fikr aytish 
(bu omm aviy fikr bildirish erkinligini anglatadi) bilan bog‘liq 
b o ‘ladi va, ikkinchidan, bunda gap ijtimoiy hayotning dolzarb 
m uam m olari to ‘g ‘risidagi fikr haqida boradi.
Avvalgi - sobiq sovet variantida esa ijtimoiy fikr (jam oatchilik 
fikri) aholining u yoki boshqa m uam m oga munosabati sifatida qa- 
ralgan. B u m unosabat om m aviy ravishda bayon qilinadimi yoki 
sotsiologlar tom onidan anonim so‘rov jarayonida qayd etiladi- 
gan sukut bilan m unosabat bildirishm i, degan m asala k o ‘pincha 
noaniq qolib kelgan edi. Ayrim asarlarda esa kishilam ing ijti­
m oiy voqelikdagi voqea-hodisalarga ham da faktlarga ochiq 
emas, balki yashirin m unosabati ijtim oiy fikr deb hisoblanishi
www.ziyouz.com kutubxonasi


ta ’kidlangan. Bunda u haqidagi m ulohazalar jam oatchilik fikriga 
y o ‘yilgan m uhokam a predmeti arzimas b o ‘lib qoladi.
Ijtimoiy fikrni bunday tushunish jam iyatda kishilam ing ij­
tim oiy hayot voqea va hodisalariga nisbatan yuzaga kelgan 
munosabatini aks ettiruvchi qandaydir xalq fikri m avjudligi 
to ‘g ‘risidagi odatiy tasaw u rla rg a yaqin. Bunday xalq fikri har 
qanday jam iyatda mavjud.
Gap shundaki, ijtim oiy fikr alohida ijtimoiy hodisa va ijtim oiy 
institut sifatida har qanday jam iyatda ham mavjud b o ‘lavermaydi, 
chunki u kishilar oila yoki d o ‘stlam ing tor, xususiy doirasida al- 
m ashadigan, shunchaki, shaxsiy fikrlar y ig ‘indisi emas. Ijtim oiy 
fikr ijtim oiy ongning om m aviy ifodalanadigan va jam iyatga 
ham da uning siyosiy tizim i amal qilinishiga ta ’sir k o ‘rsatadigan 
holatidir. A holining aynan ijtimoiy hayotning o ‘tkir, dolzarb 
m uam m olari b o ‘yicha oshkora, omm aviy fikr bildirish imkoni- 
yati va aholining eshittirib aytilgan shu pozitsiyasining ijtimoiy- 
siyosiy m unosabatlar rivojlanishiga ta ’siri ijtim oiy fikrning alo­
hida hodisa va ijtimoiy institut sifatidagi m ohiyatini aks ettiradi.
Sotsiologiyada ijtimoiy institut deganda barqaror, y a ’ni ta- 
sodifiardan kafolatlangan, o ‘zini o ‘zi yangilaydigan xususiyatga 
ega bo‘lgan m unosabatlar tizim i tushuniladi. Ijtim oiy fikrga 
tatbiqan, gap jam iyatda ijtimoiy aham iyatli m uam m olarga 
ular b o ‘yicha jam iyatning m anfaatdor a ’zolari tom onidan fikr 
bildirish y o ‘li bilan m unosabat bildirishning alohida mexanizm i 
vujudga kelgani haqida boradi. Aholining bunday munosabati 
tasodifiy, sporadik xususiyatga ega bo‘lmay, balki ijtimoiy hayot­
ning doimiy amal qiluvchi omilidir. Bu yerda so ‘nggi m asala 
izohtalabdir. Ijtim oiy fikr haqida ijtimoiy hayot omili sifatida 
gapirganim izda, ijtimoiy fikr ijtimoiy hayotning rivojlanishiga 
ta ’sir ko ‘rsatishi to ‘g ‘risida gap boradi. Ijtimoiy fikrning ijtimoiy 
institut sifatida amal qilishi u o ‘ziga xos “ ijtim oiy hokim iyat”, 
y a ’ni “iroda ato etilgan va ijtim oiy o ‘zaro ta ’sir subyektlarining 
xulq-atvorini o ‘ziga bo'ysundirishga qodir b o ‘lgan hokim iyat”
www.ziyouz.com kutubxonasi


sifatida am al qilishini bildiradi. B u jarayon, birinchidan, siyo­
siy hokim iyat zo‘ravonligidan xoli b o ‘lgan fuqarolik jam iyati 
mavjud b o ‘lgan jo yd a va, ikkinchidan, hokim iyat jam iyatning 
pozitsiyasi bilan hisoblashadigan joydagina bo‘lishi mumkin. 
Shu m a’noda, biz ijtim oiy fikr haqida gapirganimizda, fuqarolik 
jam iyati instituti to ‘g ‘risida gapirgan b o ‘lamiz.
Ijtim oiy fikr institutining m avjudligini fuqarolik jam iyati 
(y a’ni tarixan burjua jam iyati) va shunday jam iyat uchun xos 
b o ‘lgan individlar (fuqarolik jam iyati a’zolari) erkinligi mav- 
judligi bilan b og‘lovchi ilmiy an ’ana Gegeldan boshlangan 
bo‘lib, u “Huquq falsafasi”da, jum ladan, bunday deb yozgan: 
“Zotan, alohida shaxslar um um iy ishlar to ‘g ‘risida o ‘z fikrlariga, 
m ulohazalariga egaligi va ularni ifodalashdan ham da ular bora- 
sida m aslahat bera olishidan iborat bo‘lgan rasm an subyektiv 
erkinlik ijtim oiy fikr, deb ataladigan birlikda nam oyon b o ‘ladi” . 
Bunday erkinlik xususiy (individual va guruhiy) m anfaatlarining 
davlatdan farqli, mustaqil, nosiyosiy sohasi b o ‘lgan fuqarolik 
jam iyati qaror topganicha yuzaga keladi.
XIX 
asr fransuz jam iyatshunos olimi A. Sovinning fikricha, 
jam oatchilik fikri o ‘z ijtim oiy-siyosiy g ‘oyalari va nuqtayi na- 
zarlarini targ‘ib etish iinkoniga ega boMgan har qanday guruh to- 
m onidan ham shakllantirilishi m um kindir1. A ngliyalik faylasuf 
D. Lokk jam oatchilik fikri ta ’sir doirasini toraytirib tushuntirish- 
ga urinadi. Uning fikriga k o ‘ra, jam oatchilik fikri jam o a axloqiy 
qarashlarining ifodasidan boshqa narsa em as2.
Jam oatchilik fikriga adabiyot va san’at, siyosat va diniy 
m uassasalar arboblari ham turlicha izoh va ta ’rif berishga hara- 
kat qilgan, zero, aksariyat hollarda adabiyot, san’at borasidagi
1 K ultlar o ‘zig a xos m uhim x u su siy atlarg a ega em as. U lar diniy uyush m alarn in g
b arch a tiplari orasid a eng erkin v a o ‘zgaruvchani h isoblanadi. U larga o ‘z 
atrofidagi d u nyoning qadriyatlarini inkor qiladigan od am lar m an su b b o ‘ladi. 
U larda asosiy e ’tibor individual tajrib ag a qaratiladi, bu e sa fikrlash tarzi bir- 
biriga y aq in o d am larning b irlash ish ig a olib keladi.
2 Sapvy A. L’opinion public. - P aris, 1956. P. 5 - 9.
97
www.ziyouz.com kutubxonasi


iste ’dodli asarlar, m uhim ijtim oiy-siyosiy voqealar, diniy qoida 
va qarashlar tevarigida ham kuchli jam oatchilik fikri shakllani­
shi, jam iyatda m uayyan ijtimoiy rezonans tu g‘dirishi tabiiydir.
N em is olimi Gegel ijtimoiy hayot sohalarining b a’zilarida, 
xususan, ilm-fan m uam m olariga yondashishda jam oatchilik 
fikridan foydalanm aslik nuqtayi nazarini ilgari suradi. U ilm- 
fan chuqur tekshirilgan, atroflicha tadqiq etilgan m a’lum otlar 
negizidagina takom il topishini ta ’kidlaydi. A ksariyat hollarda 
ja m o atch ilik fikri “maxsus tayyorgarlikdan o ‘tm agan kishilar 
fikr-m ulohazalarining jam uljam i sifatida ko^pincha tasodifiy 
faktlar, tasdiqlanm agan xabarlar, fisq-fasod va g ‘iybatlar asosida 
ham shakllanishi m um kin” 1, deb uqtiradi.
H ar qanday fikr o ‘z k o ‘lami va sifatiga k o ‘ra xususiy, gu- 
ruhiy, mahalliy, milliy, tabaqaviy b o ‘lishi m um kin. Ularning 
har biri jam oatchilik fikriga aylanishi yoki jam oatchilik fikri 
yuzaga kelishi uchun asos b o ‘lib xizm at qilishi m um kinligini 
nazardan qochirm aslik m aqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga, 
har qanday xususiy fikr jam oaviy m ohiyat kasb etaverm asligi, 
har qanday mahalliy, guruhiy fikrlar esa jam oatchilik fikriga 
aylanaverm asligini ham e ’tibordan soqit qilm aslik kerak.
Ingliz olimi G. Tard jam oatchilik fikri tarkibiy tuzilishi jiha- 
tidan jam oaviy m ohiyatga ega ekanligi sababli to ‘da - olom on 
fikriga yaqin turadi2, deb hisoblaydi.
Jam oatchilik fikriga berilgan baho haqida birinchi b o ‘limda 
ham to ‘xtalib o ‘tgan edik. Kitobxon agar yodga olsa, birinchi 
b o ‘lim da om m a va jam oatchilik haqida fransuz psixologi Le 
Bonning ham fikrlariga to'xtalib o ‘tganmiz. Le Bon kishilam ing 
har qanday uyushuvini to ‘da, olom on deb baholaydiki, bunday 
nuqtayi nazar XIX asr so‘ngidagi aristokratik intelligensiya zi- 
yoli kiborlar ijtim oiy qarashlarining tabiy ifodasidir.
' Д ж . Л окк. И зб р ан н ы е ф и л о со ф ск и е произведен и я в д в ух том ах: Т. 1. — 
М .: С оц. К . Г из., I9 6 0 . С. 356.
2Гегел. С очи нен и я, том V II. M .-L.: С о тсекги з, 1934. стр. 336.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Taniqli olim A. K. U ledov to ‘da - olom on jam oatchilik fikri- 
ning tom m a’nodagi subyekti b o ‘la olm aydi, deya haqli e ’tiroz 
bildirib, olom on a ’zolari o ‘rtasida um um iy m anfaat va maqsad- 
lam ing y o 'q lig i m azkur olom on nuqtayi nazarining jam oatchilik 
fikri darajasiga o ‘sib o ‘ta olm asligini ta ’kidlaydi. B iz bunday 
fikrga to ‘la q o ‘shila olm aym iz, negaki ak sariy at h ollarda 
kishilam ning tasodifiy guruh va uyushm alari ham jam oatchilik 
fikrini izhor etishi mumkin. Ayni chog‘da, A. U ledovning to ‘da 
va olom onning ijtimoiy xavfli chiqishlarini ularning dabdurust- 
ligi va kutilm aganligi sababli jilovlash, talab va fikrlarni to ‘g ‘ri 
y o ig a boshlash va boshqarish amrimaholdir, degan nuqtayi na- 
zarini e ’tibor uchun qabul qilish lozimdir.
Dem ak, jam oatchilik hodisasining m uhim tarkibiy va jara- 
yoniy belgilaridan biri kishilam ing ijtim oiy voqelik xususidagi 
tasavvurlarining nechog‘li haqqoniyligi, ularning m a fk u rav iy
t a ’sir tazyiqlaridan holiligi ham da jam oaviy qarashlarning maz- 
m unan yakdilligidan iboratdir. Alohida shaxs fikrining jam oa fikri- 
ga monand va aynanligi shu jam oaga uyushgan kishilar birligini 
m ustahkam lashga xizm at qiladi. Shu boisdan ham jam oatchilik 
fikri negizlaridan biri uning jam oaviy xususiyatga egaligi, unga 
har jihatdan m ustahkam tayanishdir. Jam oa a ’zolarinng o ‘zaro 
munosabatlari nechog‘li m ustahkam , b eg ‘araz va tabiiy b o ‘lsa, 
jam oaviy fikr ham shunchalik q at’iy, kuchli va yaxlit mazmun 
kasb etadi.
Hozirgi vaqtda tashkil topgan jam oaviy fikr o ‘z m a’no va 
m azm uniga ko‘ra, burjua tuzum i rivojlangach, ijtimoiy fikr sifa­
tida fuqarolik jam iyatida yuzaga keldi. 0 ‘rta asrlarda kishining 
biron-bir tabaqaga m ansubligi bevosita siyosiy aham iyatga ega 
edi ham da uning ijtimoiy pozitsiyasini q at’iy belgilab berar edi. 
Burjua jam iyati paydo bo‘lgach, tabaqalar o ‘rniga rasm an erkin 
va mustaqil individlardan tarkib topgan ochiq sinflar vujudga 
keldi. Bunday erkin, m ustaqil, xususiy shaxslam ing, m ulkdor
www.ziyouz.com kutubxonasi


individlarning m avjudligi - fuqarolik jam iyatining alohida insti­
tute b o ‘lgan ijtim oiy fikr shakllanishining zaruriy nisbatidir.
Jam oatchilik fikrining shakllanish jarayonlari murakkab va 
k o ‘p qirrali. A gar ijtim oiy hodisa turli guruh, jam oalar taqdiri 
va m anfaatlariga ta’sir etuvchi m azm unga ega b o ‘lsa, bunday ja ­
m oatchilik fikri xilma-xil nuqtayi nazar va m ulohazalarning mu- 
rosasiz bahslari jarayonida bam aylixotir shakllana boradi. B un­
day b o ‘lishiga sabab, a w a lo , jam oalarning hayot o ‘zgarishlariga 
iqtisodiy, ijtimoiy va m adaniy tayyorgarlik darajalarining nomu- 
tanosibligi ham da aholi qatlam larida ijtimoiy voqelik hususidagi 
inform atsiya — m a’lum otlarning yetarli yoki yetarli em asligiga 
k o ‘p jihatdan b og‘liqligi bilan izohlanadi. Ijtim oiy-siyosiy voqea 
va ho d isalar xususida m a ’lu m o tlar n e ch o g ‘li kam chil b o 'ls a , 
fikrlar nomuvofiqligi va bahsi shu qadar keskinlasha boradi.
Shu boisdan ham m uayyan ijtim oiy voqea xususida 
m a ’lum otlar miqdor va sifat jihatidan qanchalik to ‘laqonli ham ­
da ishonchli b o ‘lsa, jam oatch ilik fikri m an tig ‘i ham hayotiy ha- 
qiqatiga shunchalik muvofiq b o ‘ladi ham da ijtim oiy o ‘zgarishlar 
y o ‘nalishiga k o ‘proq va sam araliroq ta ’sir k o ‘rsata oladi. Abu 
R ayhon Beruniy hazratlari ta ’kidlaganlaridek: “X abar xabar- 
chilar sababli rost va yolg‘on tusini oladi” . Bu odat insonga 
xos, chunonchi, “birov o ‘zi sevadigan bir tabaqaga minnatdor- 
lik bildirm oqchi bo‘lib yoki yom on ko‘radigan bir sinfni xafa 
qilm oqchi bo‘lib ular to ‘g ‘risida y o lg‘on xabar tarqatadi. U bu 
xabam i d o ‘stlik yoki dushm anlik natijasida tarqatgan boMadi” 1.
To‘g ‘ri, yolg‘on m a’lum ot m uayyan ta ’sir kuchiga ega b o ‘lib, 
jam oatchilik rezonansini nam oyon etsa-da, bu hoi o ‘zining 
o ‘tkinchi tabiatiga k o ‘ra ham isha ham pirovard natijaga olib 
kelmaydi. Odatda, y o lg ‘on m a ’lum otlar shaxslar tomoni- 
dan xalqlarga m a’lum statik ta s a w u r va tushunchalar turg‘un 
saqlanib turilishi uchun ular shuuriga atayin m aqsadli singdirilib 
boriladi.
'A b u R ayhon B eruniy. 100 hikm at. - Т . : Fan, 1993. 15-bet.
100
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ayrim tadqiqotchilar shaxs xatti-harakatlarining, odatda, ikki 
yoqlam a, y a’ni, bir tom ondan, jam oatchilik fikri orqali, ikkinchi 
tom ondan esa, shaxsning o ‘z-o‘zini baholash xususiyati orqali 
doi-m iy e ’tibor doirasida tutib turilishini unutm aslik lozim ligini 
uqtiradilar. U lar fikricha, agar bu ikki baholash shakli o ‘zaro 
muvofiq tushsa, shaxsniing ijtimoiy xatti-harakatlari umum in- 
soniy talablar doirasida, deb hisoblanishi, m abodo, baholash 
o‘lcham lari o ‘zaro nomuvofiq kelib qolsa, shaxs sa’y-harakatlari 
ijtim oiy jihatdan zararli ekanligi qayd etiladi.
Jam oatchilik fikrining shaxsga ishonch va um idiy m unosabati 
uning kishilar tashvishigajonkuyar, beva-bechora, yetim -yesirga 
m ehribon, xalq taqdiriga ham dard ijtimoiy kuch sifatida shakl- 
lanishiga im kon tug‘diradi. Bu jihatdan jam oatchilik fikri jam iyat 
m a’naviyati va muayyari tuzum m afkurasining real, ta ’sirchan 
omili sifatida kishilar ongida um um insoniy axloq normalarini 
qaror toptirishda qudratli kuchdir. Jam oatchilik fikri vositasida 
umuminsoniy tamoyillar negizidagi axloqiy qarashlaming shakl- 
lantirilishi shaxsning jam iyat olididagi vazifalarini chuqur- 
roq anglab olishiga, shaxsiy va ijtimoiy m anfaatlar o ‘rtasidagi 
m uqobil nisbat m avqeyini saqlay bili shiga qulay shart-sharoitlar 
yaratib beradi.
Jam oatchilik fikri vositasida har bir shaxs jam iyat va o ‘z ja- 
m oasi oldida, har bir jam o a esa o ‘z tarkibidagi a ’zolar oldida 
bevosita ham da bilvosita om illar orqali bog‘liq. M a’lumki, ja ­
m oa fikri ham isha ham um um jam iyat m iqyosidagi jam oatchilik 
fikriga (makrodunyo fikriga) o ‘sib o ‘tavermaydi. M akrodunyo 
jam oatchilik fikri esa jam oalardagi guruhiy fikr m azmunini 
o ‘zgartirishning, bu jarayonlam i zaruriy ijtim oiy y o ‘nalishlarda 
rivojlantirislm ing katta im koniyatlariga ega.
Jam oatchilik fikrining tadrijiy shakllanish jarayonlari, odatda, 
quyidagi tartiblarda am alga oshadi: birinchi bosqichda ijtimoiy 
holat faqat hodisa ta ’sirida alohida shaxslar ongida individual 
fikr taassurotlarining yuzaga kelishi; ikkinchi bosqichda alohida
www.ziyouz.com kutubxonasi


shaxslar fikrlarining suhbat, bahs, m uhokam a, y ig ‘in v a m i-tin- 
glar vositasida jam o a fikriga aylanishi; uchinchi bosqichda esa 
ja m o a la r fikrining sifat o ‘zg arish ig a y u z tu tib, ja m o atc h ilik
fikriga aylanishini ifodalovchi nuqtayi nazarlar uyg‘unlashuvi 
va birlashuvi jarayonlaridir.
IV. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin