Sotsiologiyasi


IV. 3. Axloq va ijtim oiy (jam oatchilik)



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/44
tarix14.12.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#177710
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Madaniyat sotsiologiyasi (M.Bekmurodov, N.Yusupova)

IV. 3. Axloq va ijtim oiy (jam oatchilik)
fikrining o ‘zaro aloqadorligi
A xloqning jam oatchilik fikriga k o ‘rsatadigan ta ’siri yoki 
teskari ta ’siri m asalasining batafsil tadqiqotiga kirishishdan av- 
val axloq tushunchasining o ‘zi xususida qisqacha to ‘xtalib o ‘tish 
m aqsadga muvofiqdir.
A xloq ijtimoiy ong shakli sifatida m uayyan xalq, elat yoki 
uyushm aning asrlar davom ida shakllangan xulq-atvor, xatti- 
harakatlar, his-tuyg‘u va kishilar o ‘ratasidagi o ‘zaro real mu- 
nosabatlar tizim ini ifoda etadi. A xloq m uayyan xalqning atrof- 
m uhitga, kishilarga va o ‘z-o ‘ziga b o ‘lgan m unosabatlari maj- 
muyi sifatida, bir jihatdan, m ahalliy-m illiy xususiyatga ega 
bo ‘lsa, ikkinchi jihatdan, m illatning um um jam iyat talablariga 
u y g ‘un m uvofiqligini ta’m inlovchi um um insoniy xususiyatga 
ham egadir.
A xloq va jam oatchilik fikri hodisalari uchun m ushtarak 
m anbalardan biri, tabiiyki, til hisoblanib, u ijtim oiy axborotni
www.ziyouz.com kutubxonasi


saqlovchi, ifodalovchi va yetkazuvchi m uhim vosita b o ‘lib, 
kishilar xatti-harakatlari, fe’l-atvorlarini (axloqiy ta’sir-tazyiq, 
ishontirish, tushuntirish, rag ‘batlantirish, jazolash va hokazo) 
boshqarish omilidir. Til m uloqot kaliti, ijtim oiy m unosabatlarga 
tarixiy-tabiiy ehtiyoj mahsulidir.
A xloq va jam oatchilik fikri hodisalarining b o g ‘liqligi insoni- 
yat taraqqiyotining ilk bosqichi - ibtidoiy jam o a tuzum i va un- 
dan keyingi davrlarda nam oyon bo‘la boshlagan bo‘lib, qabila 
ham da elatlar m aishiy turm ushi va ijtimoiy ongida o ‘z ta ’sirini 
o ‘tkaza boshlagan.
M aishiy hayot doirasida axloq, asosan, q uyidagiyo‘nalishlarda 
nam oyon b o ‘lgan: a) m unosabatlar; b) xatti-harakatlar; v) faoli- 
yat. A xloqiy sifatlar insoniy xatti-harakatlarda nam oyon b o ‘lib, 
uning gnoseologik, iqtisodiy va ijtimoiy kelib chiqishi, hozirgi 
mavqe va axloqiy qarashlariga ishora va guvohlik berib turgan. 
A xloqiy sifatlar yoki xatti-harakatlar ilk kishilar tarixi, y a ’ni in- 
soniyatning zam inga dastlabki qadam qo ‘yishidan shakllanish 
bosqichiga kirgan va shu boisdan har bir xalq, elatlarda u o ‘ziga 
xos va betakrordir. X uddi shuningdek, millat va elatlar ijtimoiy 
ongining m uayyan holati hisoblanm ish jam oatchilik fikri ham 
o ‘zining shakllanish m anbalarining salm og‘i, real kuchga ay- 
lanish s u r’ati, uyushqoqlik darajasi, hissiy em otsional potentsiali 
ham da m antiqiy-intellektual asoslariga ko‘ra milliy, iqlimiy, ma- 
halliy ham da hududiy o ‘ziga xosliklarga egadir.
Axloq jam oatchilik fikriga ta’sir-tazyiq o ‘tkazish darajasiga 
erishgunga qadar uzoq tarixiy-tadrijiy y o ‘lni bosib o ‘tgan. Ax­
loq m ehnatni tashkil etishning ham muhim m ezoni hisoblanib, 
muayyan ijtimoiy ham da texnologik tartib-qoidalarga rioya qi- 
lish, shaxsiy sifatlar, m as’uliyat va intizom fazilatlarini e ’tiborga 
olish, m o‘ljallangan rejalarni bajarish, yuqori faoliyat natijalari- 
ga erishish im konini bajaradi.
M illiyligim izga xos bo‘lgan axloq qoidalari nafaqat shaxsiy 
sifatidagi bir butunligi barqaror turm og‘i, jam oaviy integratsiya
www.ziyouz.com kutubxonasi


doirasida ham ruhiy-botiniy yaxlitlik saqlanm og‘i zarurligi, 
um um iy bir butunlik k o ‘plab serjilo va m ustaqil yaxlitliklar 
y ig ‘m asidan iboratligini yorqin ifodalaydi. Jam oada shaxs bir 
butunligi yem irilm aydi, um um intilishlar negiziga qurbon etil- 
m aydi, balki m antiqiy muvofiqlik mezoni doirasida u yg‘un bir- 
lashuv jarayoni tabiiy ravishda am alga oshiriladi.
Jam iyat jam oatchilik fikri orqali shaxs zim m asiga ijtimoiy 
tuzum , shakllangan axloqiy qarashlar, an ’ana va urf-odatlar 
m antig‘idan kelib chiquvchi talablar, sa’y-harakatlar, ish yuri- 
tish, turm ush tutishda qator m ajburiyatlarni hisobga olish 
m as’uliyatini ham yuklaydi. A xloqiy qarashlam ing jam oatchilik 
fikrini hosil etishdagi im koniyatlari qanchalik katta b o ‘lsa, uning 
om m aga ta ’sir doirasi shunchalik teran va ta ’sirchan b o ‘ladi. Shu 
boisdan ham har bir axloqiy talab va qoidalar jam iy at tom oni- 
dan toT a m a’qullangan va o ‘zlashtirilgan b o ‘lishi zarur. Axloqiy 
qoidalar kishilarning odatiy amali, urf-m arosim i, kundalik yu- 
rish-turishi tartibiga aylanib qolgan hollarda m azkur m asalalar 
yuzasidan shakllanuvchi jam oatchilik fikri to ‘laqonli va yaxlit 
ijtim oiy hodisa qiyofasini kasb etadi. Zero, har qanday axloq 
qoidasi, xulq-atvor belgisi ham jam iy at tom onidan m a’lum vaqt 
m obaynida sinovdan o ‘tib e ’tirof etiladi va shundan keyin ja ­
m oatchilik fikri hodisasining m ezoniga aylanadi. Bunday hollar­
da jam oatchilik fikri jam iyat tom onidan qabul qilingan axloqiy 
qoidalar, a n ’ana va urf-odatlarning nechog‘li bajarilishi ustidan 
nazorat o ‘m atadi.
A xloq va jam oatchilik fikrining o ‘zaro ta ’sir va aloqadorlik 
m e’yori jam iyatning ijtim oiy-iqtisodiy shakllanishiga, jam iy at­
ning ijtim oiy taraqqiyotiga, holatiga, shaxslararo uyushuv dara- 
jasig a va, eng muhimi, ongning voqelikka bo‘lgan m unosabatiga 
bevosita bog‘liq. Turli xalqlarda axloq qoidalari, talab va ehti- 
yojlar, hissiyot va fe’l-atvor turlicha bo‘lgani kabi, jam oatchilik 
fikrining paydo b o iis h i, shakllanishi va amal qilish kuchi, doira­
si, zam ondagi am al qilish davri turli millat, el-elatlar va hatto
www.ziyouz.com kutubxonasi


u ru g ‘larda turlichadir. Xuddi shuningdek, jam oatchilik fikri turli 
davr ham da tiizum larda boshqacha kuch va m azm unda nam oyon 
bo ‘ladi. Jam oatchilik fikrini hisobga olm asdan ish tutish aksari- 
yat hollarda misli k o ‘rilm agan falokatlarga olib kelishi mumkin.
Jam oatchilik fikri m uayyan xalqlarda loaqal bir marta 
ijtim oiy-tarixiy am aliyot sinovidan o ‘tgandan so‘ng, shu mil- 
latning axloqiy qoidalari tizim idagi m ustahkam unsurga, millat- 
ning xarakter belgisiga, hissiy mayli, ichki olami y o ‘nalishlari 
xususiyatini belgilovchi om ilga aylanadi.
X ulosa qilib quyidagilam i alohida qayd etib o ‘tish zarur:
- axloq jam oatchilik fikrining u yg‘onish, shakllanish va amal 
qilishining uzviy m anbalaridan sanalgani holda, xalq axloqi 
yaxlitligining yuzaga kelishida jam oatchilik fikri ham muhim 
o ‘rin tutadi, bu ikki ijtim oiy hodisa ham m a holatlarda o ‘zaro 
m ustahkam aloqada b o ‘lib turadi, bir-birini to ‘ldirib, boyitib 
boradi;
- jam oatchilik fikri o ‘zining shakllanish manbalarining 
salm og‘i, kishilarning uyushqoqligi darajasi, aholining hissiy- 
em otsional potensiali, m antiqiy-intellektual im koniyatlariga, 
shuningdek, milliy, iqlimiy, m ahalliy va regional shart-sharoit- 
larga b o g ‘liqdir;
- axloq va jam oatchilik fikrining o ‘zaro aloqadorlik m e’yori 
jam iyatning ijtim oiy-iqtisodiy shakllanishiga, taraqqiyoti uchun 
tanlangan rivojlanish dasturiga, m antiqiy y o ‘nalishlarning o ‘ziga 
xosligiga, xalq m a’naviyati va milliy o ‘ziga xosliklar omillariga 
b o g iiq ;
-ja m o a tc h ilik fikri xalq an ’ana va urf-odatlariga mustahkam
tayanadi va ulam ing jam iyat hayotida amal qilishiga im koniyat 
yaratadi. Zero, an ’analar-axloqiy qarashlarning progressiv ji- 
hatlarini avloddan-avlodga yetkazuvchi m uhim omili, xalqning 
o ‘ziga xos qiyofasini saqlab qolish va him oyalash mezonidir;
- axloq kategoriyasining m uayyan urug‘, qabila va xalq 
m iqyoslaridan xalqaro m iqyoslarga o ‘sib o ‘tishida, umum in-
www.ziyouz.com kutubxonasi


soniy tam oyillar negizidagi um um planetar axloqning tarkib 
topishida jam oatchilik fikri o ‘ziga xos k o ‘prik vazifaisni o ‘taydi. 
Ayni chog‘da, jam oatchilik fikri va axloq jam iyatda um um iy mu- 
rosa va m adoraning turg ‘un m arom ini ta ’m inlash y o ‘lida o ‘zaro 
m utanosiblikda, tadrijiy takom il jarayonidagi m uvofiqlikda rivoj 
topa boradi. Bir-birini to ‘ldiradi, bir-biriga u y g ‘un tarzda mu- 
kam m allashadi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin