Sotsiologiyasi


Ijtim oiy fikr - ijtim oiy nazorat usuli sifatida



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/44
tarix14.12.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#177710
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
Madaniyat sotsiologiyasi (M.Bekmurodov, N.Yusupova)

2. Ijtim oiy fikr - ijtim oiy nazorat usuli sifatida
Ijtim oiy nazorat - jam iyatning sog‘lom ijtim oiy tartibini 
ta ’m inlash m aqsadida individ xatti-harakati va xulq atvoriga 
m aqsadli ta ’siri, individ ijtim oiylashuvining omili.
Ijtim oiy nazorat - kutishlar va jam iyatning o ‘z a ’zolari xulq- 
atvoriga q o ‘yadigan talablari tizim i bilan ularning haqiqiy xulq- 
atvori o ‘rtasidagi nisbatlam i eng kam darajaga keltirish vositasi 
b o ‘lgan jarayon. Bunda ijtim oiy tartibga solish (norm alar va 
boshqa ijtim ioiy tartibga soluvchilam i yaratish va ulam i ha­
qiqiy ijtim ioy m unosabatlarga nisbatan q o ‘llash jarayoni sifa­
tida) va ijtim ioy nazorat (tartibga soluvchi tizim o ‘rtasidagi nis- 
batni ham da aniqlangan farqlam i eng kam darajaga keltirishni 
tekshirish sifatida) tushunchalarini farqlash zarur.
Jam iyat ijtim oiy nazorat tufayli tizim sifatida m uvozanatli 
holatda saqlanib turadi. Ijtim oiy m unosabatlam ing m uvozanati 
huquqiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, axloqiy xarakterdagi ij­
tim oiy tartib-ga soluvchilar m urakkab tizim i bilan tutib turiladi.
Biroq ijtim oiy nazorat shakllari faqat norm ativ tartibga soluv­
chilar emas. M asalan, T. Parsons ijtim oiy nazoratning qadriyat- 
lar, ijtim oiy institutlar (mulk, oila, ijtim oiy fikr va hokazo) usul- 
larini, qarindoshlik tizim lari, ijtim ioy ta ’sir shakllari, ijtim oiy 
stratfikatsiya standartlari kabilam i ajratadi. Shu tariqa ijtim oiy 
norm alar ham da qadriyatlar, shuningdek, o ‘zaro ijtim oiy muno- 
sabat shakllari va ulardan kelib chiqadigan ijtim oiy fikr talablari
www.ziyouz.com kutubxonasi


institutsional shakl oladigan ijtim oiy institutlar ijtim oiy nazorat 
vositalaridan biriga aylanadi.
Bunda ijtim oiy am aldagi xulq-atvom i qandaydir o ‘zgarm as 
standartlarga m uvofiqlashtirish bo‘yicha bir tom onlam a jarayon 
sifatida tushunish noto‘g ‘ri b o ‘ladi. Ayrim kishilam ing xulq- 
atvori jam iyat qadriyatlari va m e’yorlariga m oslashibgina qol- 
may, jam iyatning qadriyat-nonnativ tizim ining o ‘zi jam iyatning 
ayrim individlari, ijtimoiy guruhlari, sinflari va qatlam lari xulq- 
atvori ta ’siri ostida o ‘zgaradi. Shu m a’noda aytish mum kinki, 
ijtim oiy nazoratning m aqsadiga - haqiqiy ijtim oiy m unosabatlar 
va qadriyat-norm ativ kntishlar bilan jam iyat talablari o ‘rtasidagi 
m uvofiqlikka ikki usul bilan erishish mumkin: 1) ijtim oiy mu- 
nosabatlam i jam iyatda qabul qilingan norm alar v a qadriyatlarni 
m uayyan m aqsadni k o ‘zlab tashkil qilish y o ‘li bilan; 2) eskirib, 
o ‘zining ijtim oiylashuvchi aham iyatini y o ‘qotgan norm alar va 
qadriyatlarni o ‘zgartirish, qayta k o ‘rib chiqish ham da ularga 
asoslangan ijtim oiy institutlar va ijtimoiy o ‘zaro m unosabatlar 
shakllaridan voz kechish hisobiga.
0 ‘tish davridagi jam iyatlarda ijtimoiy nazorat bobida o ‘ziga 
xos vaziyat yuzaga kelmoqda. Bunday ijtimoiy nazorat maqsa- 
dini ro ‘yobga chiqarish - am aldagi ijtim oiy m unosabatlarni 
jam iyatning qadriyat-norm ativ kutishlari ham da talablariga 
m uvofiqlashtirish ushbu qadriyat-norm ativ kutishlar va talab- 
lar k o ‘pincha ziddiyatli xususiyatlarga ega b o ‘lishi bilan qiyin- 
lashadi. Chunki o ‘tish davri jam iyatlari - ijtim oiy munosabat- 
lam i integratsiyalashi m um kin b o ‘lgan qadriyatlar va norm alar 
shakllanm agani holda, bir qadriyat-norm ativ tizim idan boshqa- 
siga o ‘tayotgan jamiyatlardir. Biz buni o ‘zining avvalgi qadri- 
yat y o ‘l-yo ‘riqlaridan mahrum b o ‘lgan va yangi axloqiy ham ­
da m a ’naviy tortilishi markazini azob bilan izlayotgan hozirgi 
0 ‘zbekiston jam iyati m isolida k o ‘rishim iz mum kin. Qadriyat 
yo ‘nalishlari ziddiyatli, k o ‘pincha esa qutblarga ajralgan bizning 
jam iyatda sam arali ijtimoiy nazoratni am alga oshirish uchun
www.ziyouz.com kutubxonasi


muvofiq bo ‘lgan, k o ‘pchilikka m aqbul qoidalar va norm alar hali 
shakllanib ulgurgani y o ‘q.
B undan tashqari, ijtim oiy nazorat tizim ining o ‘zida m uvozanat 
buzilgan b o ‘lishi o ‘tish davridagi jam iyatlarga xosdir. Bunda 
ushbu tizim ning ayrim b o ‘g ‘inlari: biron-bir normalar, qadriyat- 
lar, b a ’zan esa butun-butun ijtimoiy institutlar ham o ‘z vazifasini 
lozim darajada bajarm ay q o ‘ydi. M asalan, jam oatchilikning o ‘z 
fikrini erkin nam oyon qila olm asligi yoki bildirilgan jam oatchilik 
fikri hech qanday aham iyatga ega em asligi, huquqning ijtim oiy 
o g ‘ishlam i b artaraf etish, jinoyatchilikni jilovlash, ijtim oiy ha- 
yotda huquqiy erkinlik va adolatni ta ’m inlash b o ‘yicha o ‘zining 
nazorat qilish vazifalarini bajarishga qodir bo ‘lm asligi jam iyat 
uchun alohida x a v f tu g ‘diradi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin