umumiy mulkka qo'shgan hissalari har xil bo'lgan. Qo'shgan hissalariga qarab
olinadigan foydalarni taqsimlaganlar
va zararlar kelib chiqsa, har bir shaxsning
qo'shgan hissasiga qarab, mutanosib asosda zararni qoplaganlar.
Umumiy mulk ikki qismga, ya'ni ulushga bo'linmaydigan birgalikdagi
hamda ulushlarga bo'linadigan mulklardan iborat bo'lgan.
Umumiy mulk huquqi muayyan mol-mulkka
nisbatan bir nechta
sub'yektlarning mavjudligi hamda tegishliligi bilan ifodalangan.
Bu mulkning sub'yektlari bir necha shaxslardan iborat bo'lar ekan, ular
boshqa sheriklari, ya'ni sub'yektlarining roziligini olmasdan biron-bir harakatni
amalga oshira olmas edi. Lekin har bir sub'yekt, umumiy mulkdagi bo'lgan
ulushidan kelib chiqib, o'z ulushini qaytarib olishi yoki boshqa
shaxslarga
o'tkazishi, mulkni bo'lish kabi munosabatlarni amalga oshirishni talab qilish
huquqiga egadirlar. Umumiy mulk huquqining qatnashchilari umumiy mulkdan
har biri o'zining qo'shgan ulushiga qarab unga egalik qiladi hamda foydalanish
huquqiga egadirlar.
Rim quldorchilik davlatining sinfiy davriga kelib, umumiy mulk huquqi
sub'yektlari umumiy mulk asosidagi mavjud bo'lgan munosabatlarini o'zlari
qo'shgan hissalari asosida yoki miqyosida boshqaruvni amalga oshirganlar
hamda unga o'zgartirishlar kiritilishi lozim bo'lsa, boshqa
sheriklarning ruxsatini
olingan holda tartibga solinardi. Bu holda ozchilik ko'pchilikka bo'ysunardi. Shu
davrning mashhur yuristi Sabin shunday degan edi: «Umumiy mulk huquqiga
oid bo'lgan mulk yuzasidan, ashyo bo'yicha taraflarning roziligisiz hech qanday
munosabatlarni amalga oshirish mumkin emas, chunki bu mulkiy huquqning
boshqa sub'yektlari o'z
roziligini bermasalar, ular ta'qiqlash prinsipini amalga
oshirish huquqiga egadirlar».
Dostları ilə paylaş: