So'z boshi


-§. Mulk huquqi tushunchasi va turlarga bo'linishi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/61
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39366
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
rim huquqi (1)

5-§. Mulk huquqi tushunchasi va turlarga bo'linishi
 
Rim fuqarolik huquqining markaziy institutlaridan biri mulk huquqidir. 
 
Rim davlatining sinfiy yuristlari, «Rim huquqini xususiy mulk huquqiga 
asoslangan huquq tizimidir» deb atagan edilar.
 
Shuni e'tirof etish lozimki, Rimliklar birinchi bo'lib cheklanmagan 
xususiy mulkchilik huquqini, ya'ni xususiy mulk asosiga ega bo'lgan eng 
mukammal huquq shaklini ishlab chiqqanlar va rivojlantirganlar. 
 
Rim huquqida mulk huquqi instituti muhim institut hisoblanib, Rim 
fuqarolik xususiy huquqining rivojlanish bosqichlaridan  boshlab, ularga 
tayangan holda barcha shaxslar o'z munosabatlarini amalga oshirishgan. Hatto 
barcha mulkiy munosabatlarda, ayniqsa shartnomali munosabatlarda ya'ni olish-


sotish, qarz shartnomalarida, oila, merosxo'rlik va boshqa institutlar 
faoliyatining mulkiy asoslarini tashkil etadigan huquqiy institut bo'lib tanilgan. 
 
Rim davlatining sinfiy davridagi mulkchilik munosabatlari yerlarni va 
qullarni idora etishda oliy hukmronlikning ifoda etilishi bilan bog'liq bo'lgan. 
 
Rim huquqshunoslari quldorlik tuzumining sinfiy davriga qadar, 
mulkning umumiy tushunchasini aniqlay olmaganlar va egalik qilish 
elementidan ham ajratib ololmaganlar.
 
Rim davlatining vujudga kelishligi natijasida Rim davlatida istiqomat 
qilib turgan barcha fuqarolarga umrbod, meros qoldirish asosida foydalanishni 
ko'zda tutib yer (ikki yuggerdan - hozirgi 8 gektar) berilgan. Ayniqsa, ular Rim 
davlati harbiy qudratining yanada kuchayishi natijasida boshqa davlatlarning 
yerlarini ishg'ol (okkupasiya) qilib, qo'lga kiritib katta-katta hududlarga ega 
bo'lganlar. 
 
Rim davlatini boshqarib turgan quldorlar, magistrlar, jreslar, bonitor va 
pretorlar yoki iqtisodni o'z qo'liga olgan boylar, bu yerlarning ko'p qismlarini 
egallab olganlar va qabul qilingan agrar qonunlarga asosan, yerga bo'lgan 
xususiy mulkchilik huquqi vujudga kelib yanada mustahkamlangan. 
 
Qadimgi Rim davlatining huquqlarida mulkni ifodalaydigan maxsus 
tushuncha mavjud bo'lmagan. Mulk deganda, iqtisodiy munosabatlarni ko'proq 
iste'mol qilish qobiliyati bilan bog'liq bo'lgan ashyolarga, tabiat boyliklariga 
tushunilib, eng qadimgi dominium (dominium) «hukmronlik» degan ma'noni 
anglatib, umumiy asosda, barcha vujudga kelgan mulkiy munosabatlarga 
qo'llanilgan. Rimliklar bu tushunchaga kviritlar so'zini qo'shib «kviritlar mulki» 
degan ma'noni ifodalashga harakat qilganlar.
 
Rim huquqiy munosabatlarining yanada takomillashishi natijasida 
yuristlar eramizning II asrlariga kelib, ayniqsa mashhur yurist Yulian 
«dominium» tushunchasini «ashyolarga bo'lgan huquq» deb isbotlab bergan, 
lekin ashyolarga bo'lgan mulkiy huquqni propriyetas (proprietas) deb ham e'tirof 
etganlar.
 
Shu bilan birgalikda, Rim yuristlari mulk huquqining o'ziga xos 
xususiyatlarini, sifatlarini to'liq aniqlab berdilar. 
 
Ular mulk huquqining o'ziga xos xususiyati va sifati so'zsiz, ashyoga 
bo'lgan hukmronlikning mutloq amalga oshirilishligi va uni tasarruf etish 
huquqiga ega bo'lishlik, ya'ni sotishlik, almashtirish, ijaraga berish, garov 
sifatida mulkni yo'q qilish va boshqa munosabatlarni amalga oshirishlikni 
ta'minlash deb tushunganlar, hamda mulk huquqini asosini, tarkibini nimalar 
tashkil etishligini ham belgilab berganlar.
 
Rim yuristlari mulk huquqi va uning tarkibiy qismlari quyidagilarga ega 
bo'lishligini talqin qilganlar:
 
1. 
Mulk huquqi  bu ashyolar ustidan to'g'ridan-to'g'ri bevosita hukmronlik 
qilish va uni tasarruf etishlikdir;
  


2. 
Ashyolarning boshqa shaxslarga taalluqligini yo'qotadigan, ashyo haqida 
nizolar bo'lmasligini ta'minlaydigan, o'ziga xos bo'lgan hukmronlikni amalga 
oshirishdir;
  
3. 
Ashyolarga bo'lgan boshqa munosabatlardan farq qiladigan mutloq huquqiy 
hukmronlikni ta'minlaydigan munosabat;
  
4. 
Ashyolarga bo'lgan chegaralanishlarning, huquqbuzarlik-larning tugatilishi 
bilan tezda hukmronlikni o'rnata oladigan, hamda shu hukmronlikka 
moslasha oladigan harakatlarni amalga oshirishdir;
  
5. 
To'liq huquqiy ashyo sifatida, ya'ni hech qanday majburiyatlar bilan bog'liq 
bo'lmagan, faqat ashyoni mutloq asosda egallab olishlik istagini 
ifodalaydigan munosabatdir;
  
6. 
Ashyo ustidan to'liq va to'g'ridan-to'g'ri hukmronlikni amalga oshirish, uni 
tasarruf etish, foydalanish va foydali xususiyatlarini, hosil, daromadlarini 
olishlikka bo'lgan huquqlarni amalga oshirish.
  
Rim huquqining rivojlanishida yerga bo'lgan mulkchilik muhim 
ahamiyatga ega bo'ldi, chunki, Rim davlatida yer asosan patrisiylar qo'lida 
to'planib, plebeylar esa kam yerga ega bo'lganligi uchun patrisiy va 
plebeylarning butun kurashining asosiy maqsadi ham yerga bo'lgan mulkchilik 
bilan bog'liq bo'lgan.
 
Respublikanlar davrida yerga bo'lgan mulkchilik shakllari, jamoa, davlat 
mulki va xususiy mulk bo'lib hisoblangan.
 
Yerga bo'lgan jamoa mulki, xususiy shaxslarning xususiy mulkidan 
ajratilgan.
 
Quldorchilik munosabatlarining, ayniqsa savdo munosabat-larining 
yanada rivojlanishi natijasida Rim fuqarolik huquqining institutlaridan biri 
xususiy mulk huquqi yanada takomillashib bordi. Rim davlatida istiqomat 
qiluvchi qullar, davlat tomonidan yoki ota hukmronligi asosida ajratilgan 
yerlardan o'zlarining mulki, urug'liklari bo'lmagani sababli foydalana olmas edi. 
Hatto yerlarni yana boy quldorlarga sotishga majbur bo'lib, proletar huquqiy 
holatiga, ya'ni mulksiz, yersiz va faqatgina oilasidan farzandlar ko'rish bilan 
bog'liq boylikka ega bo'lish holatiga tushib qolardi. 
 
Rim shahri atrofidagi yerlar, davlatga qarashli bo'lgan yerlar, qullar va 
hayvonlar Rim davlatining ko'chmas mulklari bo'lib hisoblangan.
 
Qadimgi Rim quldorlik davlatida eng birinchi, mahalliy mulklardan biri 
kviritlar mulki bo'lib hisoblangan. U vaqtla quldorlar, zodagonlar, yuqori tabaqa 
vakillari mulki qo'shilib ketmagan edi. Bu mulkiy munosabatda qatnashish faqat 
Rim fuqarolariga taalluqli bo'lib, ular fuqarolik-huquqiy munosabatlarida 
qatnasha olish huquqiga ega bo'lgan hamda shu munosabatda qatnashuvchi 
ob'yektning o'zi, ya'ni ashyo ham fuqarolik oborotidan chiqarilmagan, yoki 
oborotda qatnashish imkoniga ega bo'lgan holatda bo'lishligi taqozo etilgan. 
 
Bunday mulklarga res mancipi (res mansipi) asosida qat'iy belgilangan 
ashyolar kiritilgan, ya'ni Italiya tuprog'i bilan bog'liq bo'lgan barcha yerlar, yer 


uchastkalari, qishloqdagi pomestyelar (qishloq yer uchastkalari, hovlilari), 
shahar yerlari, qullar, yo'llar, to'rt oyoqli hayvonlar va boshqa mulklar kiritilgan 
hamda bu ashyolar qadimdan eng yuqori baholangan.
 
Yuqorida qayd qilingandek, Rim qadimgi jamiyatida dastlabki mulklardan 
biri kviritlar, bonitorlar, pretorlar mulki bo'lib hisoblanib, muqaddas mulk 
sifatida ularga nisbatan yuqori xarakterga ega himoya usuli qo'llanilgan. III asr 
oxiriga kelib bu mulklar birlashib ketgan. 
 
Rim davlatida yashovchi peregrinlar mulki bo'lmagan, ularning o'zlari 
ob'yekt sifatida tan olingan. Ular qaysi davlatdan kelib qolgan bo'lsa, o'sha 
davlatning fuqarosi bo'lib o'z milliy rejimiga bo'ysungan. Ular Rim davlatida 
mulkka ega bo'lish uchun shartnomalarni tuzish orqali fuqarolik huquqiy 
munosabatlariga kirishib, huquq va burchlarga ega bo'lganlar.
 
Qadimgi Rim quldorlik davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy, 
ayniqsa huquqiy munosabatlarining yanada takomillashishi fuqarolik huquqiy 
munosabatlarning oldingi holatda turishligi, iqtisodda hukmron bo'lgan sinf 
uchun hech qanday samarani bermay qolgan. Ayniqsa, peregrinlarning savdo 
munosabatlarida, oborotda qatnashishi huquqlarini kengaytirish lozimligi 
natijasida ularning o'zlari peregrinlar bilan ayniqsa tirik insonlar bilan 
shartnomalarga kirishishlik uchun bir qancha vakolatlar, ya'ni olish-sotish 
shartnomasini tuzish, bitimlar tuzishlik va sivil huquqiy munosabatlariga 
kirishishlik uchun imkoniyatlar yaratib berishlikka majbur bo'lganlar. 
 
Rim quldorlik davlatidagi mulklarning eng yuqorisi, muqaddas mulk - bu 
Rim davlatining Yevropa va Osiyo davlatlaridan bosib olgan provinsiyalari, 
yerlari, qimmatbaho boyliklari va qullari hisoblangan. Bosib olgan 
provinsiyalardagi aholiga o'z mulklarining egalari sifatida o'zlarini qoldirib, 
yerni egallash, foydalanish va uning hosil, daromadlarini olishligiga ruxsat 
etilgan. 
 
Rim davlati o'zini barcha mulklarning birdan-bir egasi va vakolatli shaxs 
deb hisoblab, provinsial mulklar bo'yicha mutloq vakolatga ega edi. Ya'ni Rim 
shahridan chiqarilgan kolonistlarga, veteran, soldatlarga yer ajratib berish 
huquqiga ega edi. 
 
Provinsial mulkka ega bo'lgan shaxslar (Ispaniya, Osiyo davlatlarida) 
senatorlar, chavandozlar, ya'ni Rim xalqining yuqori tabaqalari bu yerlarni 
o'zlashtirib, possessor huquqiga ega bo'lib olardilar, ularni yerni egallovchilar 
deb atashgan, shundan kelib chiqib ularning vakolatlari mulkdor vakolatidan 
ya'ni mulk huquqining egaligidan hech farq qilmagan. 
 
Provinsial mulkining o'ziga xos xususiyatlari shular ediki, birinchidan, bu 
mulk uchun soliq to'laganlar. (Italiya yerlarini egallagan shaxslar esa soliqqa 
tortilmaganlar).
 
Ikkinchidan, provinsial mulkchilik munosabatlari sivil huquqlari bilan 
boshqarilmasdan peregrinlar huquqlari asosida boshqarilgan.
 
  



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin