harakatlarni amalga oshirishdan o'zini saqlab turishlik va hokazolardan kelib
chiqqan.
Rim huquqshunoslari ko'pchilik holatlarda majburiyatning mazmunini va
predmetini bir ma'noda tushunganlar. Lekin majburiyat predmeti o'z mazmunidan
farq qiladi. Predmetni aniqlashda, ashyolarning ya'ni majburiyat ob'yektining jinsiy
alomatlarga ega bo'lganligiga va individual aniq bo'lgan xarakterli xususiyatga
bog'liqligiga e'tibor qaratilgan.
Jinsiy alomatlarga ega bo'lgan ashyolarga sariyog', vino, g'alla, qand va
boshqa ashyolar kiritilib, ularning yo'qolib ketishligi majburiyatni bajarishdan
ozod etmaydi, ya'ni ular o'z tabiatiga ko'ra shartnomalar asosida to'ldirilishi yoki
o'z
holatiga keltirilishi mumkin, deb hisoblaganlar.
Individual, aniq bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lgan ashyolar yuzasidan
majburiyatlarning bajarilishi aynan shartnomada ko'rsatilgan tarzda amalga
oshirishligi lozim bo'lgan munosabatlardan kelib chiqqan, uning yo'qolishi,
almashtirilishi mumkin bo'lmagan, sinishi yoki dastlabki holatini o'zida
saqlab qola
olmaganligi tuzilgan shartnomalarga ta'sir etgan.
Majburiyatlarning predmetini faqat majburiyatlarni bajarish vaqtidagina
aniqlaganlar. Individual xususiyatga ega bo'lgan majburiyatlarni taraflarning o'zaro
kelishmasligi asosida bajarish mumkin bo'lmagan. Majburiyat huquqiy munosa-
batlarining predmeti sifatida pullar ko'p qo'llanilib, qarzdordan kreditorning talab
qilib olish huquqi bilan bog'liq bo'lgan. Pul majburiyat predmeti sifatida
majburiyatni bajarish uchun almashtiriladigan ekvivalent va zararlarni qoplash
vositasi sifatida qo'llanilgan. Eng qadimgi pul sifatida Rimliklar hayvonlarni tan
olishgan. Keyinchalik og'irligi bilan o'lchanadigan mis ishlatilgan. Hatto bitimlar
tuzish albatta torozibon va mis simobchasi (tayoqchasini) ushlab turgan dallol
ishtirokida amalga oshirilgan.
Tovar, ashyolardan foydalanganlik hamda pul qarzini o'z vaqtida to'lay
olmaganligi, shartnomalarni o'z vaqtida bajara olmaganligi yoki bajarishni
kechiktirganligi uchun foizlar undirilgan. Foizlarni to'lash tabaqalar asosida ya'ni
yuqori mansabdor shaxs 4 foiz asosida, savdogar 8 foiz, dengiz bilan bog'liq
bo'lgan qarzlar bo'yicha 6 foiz miqdorida, umuman olinadigan foiz qo'yilgan
kapitaldan oshib ketmasligi lozimligi va yillik foiz 12 foizdan oshmasligi
ko'rsatilgan.
Majburiyatlarda «kauza» deganda, xilma xil tushunchalarning mavjudligini
e'tiborga olib, majburiyat huquqiy munosabatlariga kirishish uchun lozim bo'lgan
moddiy asosga hamda unga erishish uchun ya'ni majburiyatni bajarishdan kelib
chiqadigan maqsadga tushunilgan. «Kauza» so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, sabab
yoki shunga o'xshash munosabatning kelib chiqishini anglatadi.
Majburiyatlarda kauza sub'yektiv motiv bo'lib, majburiyatning mazmunini
aniqlaydigan hamda majburiyatga kirishishdan qanday moddiy manfaatdorlik kelib
chiqishi bilan bog'liq munosabatlarga tushuniladi. Kauza qonuniy bo'lishi lozim,
ya'ni unda boshqa shaxslarning erkini, iroda va manfaatini, huquqlarini
chegaralamaslik lozim bo'lgan. Majburiyatlarni tuzish uchun, eng avvalo,
taraflarning o'zaro roziligi talab qilingan. Taraflar roziligi slavyanlarda qo'lni
qo'lga berish, boshni qimirlatish, jimlik rizolik alomati sifatida hatto qadimdan
qolgan an'anaviy harakatlar orqali ham amalga oshirilgan. Lekin Rim fuqarolik
huquqiy munosabatlarining yanada rivojlanishi va takomillashivi natijasida biror
yuridik munosabat yoki yuridik hujjat orqali bu kelishuvni rasmiylashtirish zarurati
kelib chiqqan. Ana shu yuridik asos consensus (kelishuv) taraflarning huquqiy
asosda, o'z erklarini ifoda etgan holda rasmiylashtirish imkoniyatini vujudga
keltirgan va shunday qilib majburiyatlarning yangi turlari ya'ni konsensual
majburiyatlar vujudga keldi.
Dostları ilə paylaş: