1.
Da'vo qilishlik mulk huquqining sub'yektidan (egasidan) kim tomonidan
egallangan bo'lsa, ushlab turuvchi yoki egalik qiluvchi shaxslarga, hatto
ularning insofli yoki insofsiz egallovchilar bo'lishidan qat'iy nazar ashyoni,
mulkni egallagan shaxsga da'vo qaratilar edi;
2.
Da'vo ashyoviy xarakterga ega bo'lib, egallagan shaxsga
yoki egallab
olaman, degan maqsadni, erkni izhor etgan shaxsga qaratilgan;
3.
Da'vogar tomonidan da'vo predmeti, uning ob'yekti ko'chmas va ko'chirilishi
mumkin bo'lgan yoki mumkin bo'lmasligini aniq ifodalab, da'vo arizasida
ko'rsatilishi lozimligi talab etilgan;
4.
Rim davlati sinfiy davrining oxirlaridan boshlab, vindikasion da'vo asosida
mulkni «ushlab turuvchi»dan ham talab qilib olishlikning boshlanganligi;
5.
Javobgarning da'vo arizasini qanoatlantirishi hamda ko'chirish to'g'risida
interdiktning qo'llanilishi, agar da'vo ko'char va ko'chmas mulk bilan bog'liq
bo'lgan bo'lsa, pretor buyrug'i asosida ashyoni topshirish yoki ashyoni,
mulkni tortib olib qo'yishlik, hamda ob'yektni olib ketishlik munosabatlari;
6.
Da'vogarning prosessni yutib chiqqandan keyin, da'vo qilgan paytidan
boshlab, bo'lgan mulk yoki ashyolarni shu paytning o'zidayoq o'ziga o'tkazib
olishligi;
7.
Insofsiz egallovchidan mulkdan olingan hosil va daromadlarini ham qaytarib
olishlik to'g'risida talab qilinishligi;
8.
Javobgarning da'voni yutqazib qo'ygandan so'ng uning ijrosini
kechiktirayotganligi yoki sekinlashtirayot-ganligi uchun jarimalar qo'llash
huquqlarining mavjudligini;
9.
Mulk huquqi egasining mulkni egallash elementi yoki mulkning to'liq
qonunsiz egallovchiga o'tib ketganligi natijasida undan foydalana
olmaslik,
tasarruf eta olmaslik munosabatlarining chegaralanishi;
10.
Rim davlatining sud prosessida, ya'ni formulalarga asoslangan prosessda,
hamda petitor da'volariga asosan, javobgarni ashyoni qaytarib bermasdan,
uning o'rniga ma'lum bir ekvivalent yoki pul summasi bilan to'lashlikning
ham e'tiborga olinishi va bunda da'vogarning qasamyod qilishi natijasida
ashyoning qiymati baholanishligi.
Vindikasion da'voda mulkni, ashyoni noqonuniy egallab olgan shaxs,
insofli egallovchi bo'lsa, uning javobgarligi biroz yumshatilgan asosda amalga
oshirilgan. Undan faqat da'vo talablari joriy etilgan kundan boshlab, insofli
egallovchining o'z qo'lida bo'lgan mulki uchun u javobgar bo'lgan.
Insofli egallovchi o'zi tomonidan hazm qilingan mulklar, ashyolar
bo'yicha javob bermagan. Ammo hosil va daromadlari saqlanib qolgan bo'lsa,
(masalan, omborxonada ikki yashik olma saqlanib qolgan bo'lsa, uni insofli
egallovchi qaytarishi lozim bo'lgan) o'zini mulk huquqining egasi sifatida ko'rib,
keltirilgan zararni his etib, uning oqibatini o'ylab qaytarib berishi lozim bo'lgan.
Insofli egallovchi tomonidan egallagan mulkni yaxshilash uchun
harajatlar qilingan bo'lsa, bu harajatlarni mulk egasi qaytarib berishligi lozim edi
hamda mulkning holatini, mohiyatini buzmasdan biror ashyo qo'shilgan bo'lsa,
ushbu ashyoni alohida ajratib olib ketishlikka ruxsat berilgan.
Noqonuniy asosda egallangan mulkni noinsof (insofsiz)
shaxs bu
mulkning kimga taalluqligini bilib, o'zining manfaatini ko'zlab, balki arzon
narxda sotib olib, mulkdan, ashyodan foydalanadi. Unga da'vo qaratilgan
paytda, da'vo predmetining insofsiz egallovchi tomonidan mulk egallangan
kundan boshlab, da'vo talablari joriy etilgan kunga qadar, bo'lgan mulkning
o'zini, hosil, daromadlarini to'liq asosda to'lattirib olishlik huquqini amalga
oshirish, hamda javobgar tomonidan mulkni yaxshilash uchun qilingan sarf-
harajatlarni ham qaytarib bermaslik munosabatlari doirasida amalga oshiradi.
Ulardan tashqari, agar ashyoni saqlash natijasida
undan maqsadga
nomuvofiq asosda foydalangan bo'lsa, undan keladigan yoki olinishi mumkin
bo'lgan daromadlarni ham yoki mulkka yetkazilgan zararlarni ham to'liq
qoplashligi lozim bo'lgan. O'g'rilarga esa hech qanday sarf harajatlar berilmagan,
ulardan aksincha, barcha olingan hosil va daromadlar, hamda mulkdan
ehtiyotkorona, tejamlik asosida foydalanishi lozimligini e'tiborga olib, olinishi
lozim bo'lgan ashyolarni, mulkni ham qaytarishlik talab qilingan.
Rimdagi mulk huquqlarini himoya qilishlikda vindikasion da'vodan
tashqari negator, progibitor va publikanlar da'vo turlari ham mavjud bo'lgan.
Negator da'vo (actio negatoria aksiya negasoriya) mulk huquqining
sub'yekti o'z mulkidan foydalanishni o'z istagi, xohishi va hukmronligi bo'yicha
foydalana olish imkoniyatidan mahrum bo'lish yoki uning chegaralanishiga
aytiladi.
Mulkdor o'z huquqining elementlaridan biri foydalanish elementini to'liq
amalga oshira olmaydi.
Negator da'vo bu mulkdorning egalik qilishdan mahrum etish bilan bog'liq
bo'lmagan huquqbuzarliklardan himoya qilish munosabatlari bo'lib, bu da'vo
mulk huquqining egasidan, qonunsiz ravishda
boshqa shaxs tomonidan
mulkdorga tegishli bo'lgan mulkidan maqsadga muvofiq foydalanishlikni
chegaralab qo'yilishidan kelib chiqqan.
Bunday holatda, mulkdor bu chegaralishlikni bartaraf etish uchun
qonunsiz harakat qilib turgan shaxsga da'vo talablarini joriy etgan.
Bu yerda
mulkdor o'z mulkiga bo'lgan va mulk huquqining mazmunini tashkil etadigan
beshta elementni ham saqlab qoladi, ammo foydalanish elementini
chegaralaganligi uchun beshinchi elementdan to'liq foydalana olmaydi. Bundan
kelib chiqib, u mulk huquqini himoya qilish elementiga asosan, chegaralagan
harakatni yo'qotib, uni dastlabki buzilmagan holatiga keltiradi.
Mulk huquqining egasi foydalanish huquqining chegaralanganligi
natijasida keltirilgan zararlarni chegaralagan shaxsdan qaytarib, to'lattirib oladi
va kelajakda yanada foydalanish elementining chegaralanishiga yo'l
qo'ymasligini talab etadi.
Progibitor da'vo negator da'vo bilan birgalikda vujudga kelib, «ta'qiqlash»
degan ma'noni bildirib, o'z mulkining mustaqilligini ta'minlashda, o'zining
«ta'qiqlash», «ruxsat bermaslik», «man etishlik» huquqlarini, faqat o'zining yoki
o'zi tomonidan amalga oshirishligini talab etadigan, boshqa shaxslarning bunga
aralashishga yo'l qo'ymasligidan iborat bo'lgan huquqiy munosabatlardir.
Publikanlar da'vosi deganda, bu da'vo yangi eramizdan ilgarigi 1 asrda
vujudga kelgan bo'lib, mulkning, ashyoning egasi bo'lmagan shaxsdan insofli
asosda mulkning boshqa shaxs tomonidan egallanilishligiga tushunilgan. Bu
da'voni ba'zan petitor da'volari deb ham atalgan. Bu da'voning asl maqsadi
«huquq haqidagi da'vo»dan iboratdir.
Ular bonitorlar mulkini himoya qilishlikka qaratilgan da'volar bo'lib tanilgan
va bu da'vo nihoyatda kam qo'llanilib, o'z mohiyatini asta-sekinlik bilan yo'qotib
borgan.
1
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: Adolat, 1999. 36 va 53-moddasining 2-qismi
Dostları ilə paylaş: