majburiyatlarini pretorlarning kelishuvlari yoki paktlari deb tushunilmasligi va
pretorlar majburiyatlarining keng ma'noga ega ekanligini tasdiqlab berganlar.
Majburiyat huquqiy munosabatlari bo'linadigan va bo'linmaydigan
majburiyat turlaridan va alternativ majburiyatlardan ham iborat bo'lgan.
Bo'linishi mumkin bo'lgan majburiyatlarga ashyoning mohiyati, mazmuni,
qiymati buzilmasdan, zarar yetkazilmasdan bo'linadigan tovarlar, ashyolar,
ekvivalentliklar, valyutalar va qimmatbaho qog'ozlar va shunga o'xshash moddiy
qiymatlarni o'zida saqlab qoluvchi narsalardir, deb hisoblaganlar. Masalan, 5 ming
so'm pulni to'lash, bu majburiyatni bo'lib-bo'lib to'lash mumkin va bu majburiyat
bo'linadigan majburiyatlarga kiritilgan, servitut huquqi bilan bog'liq bo'lgan qat'iy
belgilangan joydan hayvonlarni haydab o'tish bo'linmaydigan majburiyatlar bo'lib
hisoblangan. Alternativ va fakultativ majburiyatlar bir biriga o'xshasa ham, lekin
Rim fuqarolik huquqida tuzilgan shartnomaning bajarilishini shartnomada
ko'rsatilgan asosda, ya'ni qat'iy belgilangan tovarni, ashyoni yetkazib berishning
o'rniga boshqa ekvivalentni yetkazib berishga ham yo'l qo'yilgan. Bu yerda
majburiyat predmeti bitta, ammo qarzdorga imtiyozlar berilib, asosiy yetkazib
beriladigan ashyo o'rniga boshqa ashyoni berishning o'zi o'sha shartnomani
bajarganlik deb hisoblanishiga olib kelgan hamda bu majburiyat fakultativ
majburiyat deb atalgan.
Alternativ majburiyatlar fakultativ majburiyatdan biroz bo'lsa ham farq
qilgan. Bu majburiyat shartnomada ko'rsatilgan bir necha harakatning birortasini
bajarishga tushunilgan. Masalan, ukalarim Olim va Haydar shu xizmatni qilib
beradi, qaysi biri tomonidan bu majburiyat bajarilsa, majburiyat lozim darajada
bajarilgan deb hisoblangan hamda kim tomonidan bajarilgan bo'lsa
ham majburiyat
bajarildi, deb topilgan.
Dostları ilə paylaş: