So'z boshi


-§. Majburiyatni bajarish muddati va uni kechiktirish holatlari



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/61
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39366
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
rim huquqi (1)

7-§. Majburiyatni bajarish muddati va uni kechiktirish holatlari
 
Majburiyatni  bajarish  muddati,  vaqti  doimo  taraflar  o'rtasida  tuzilgan 
shartnoma  asosida  belgilangan.  Majburiyatning  shartnomada  ko'rsatilgan 
muddatda yoki vaqtda lozim darajada bajarilishi qonuniy asosda talab etilgan. 
 
Agar  majburiyatni  bajarish  muddati  ko'rsatilmagan  bo'lsa  yoxud 
majburiyatning  mohiyatidan  anglashilsa,  qarzdor  esa  ijroni  to'xtatmasdan  har 
qachon bajarishi shart bo'lgan, kreditor esa har qachon ijroni bajarishni talab qilish 
huquqiga ega bo'lgan.
 
Shartnoma  asosida  aniq  tarzda  majburiyatning  bajarilish  muddati 
ko'rsatilmasligi  ham  uchrab  turgan,  bunda  bajarish   mumkin  bo'lgan  muddatlar 
amal qilgan va bu munosabatlarda oqilona tarzda, vijdonan harakat qilinishi lozim 
hisoblangan. 
 


Savdo  munosabatlarining  yuqori  darajada  taraqqiy  etishi,  shartnoma 
doirasining  kengayishi,  shartnomalar  to'g'risidagi  qat'iy  normalarni  biroz 
yumshatish  yoki qulaylik  tug'dirish  maqsadida ko'pchilik  hollarda  majburiyatlarni 
bajarish muddatini ko'rsatmasdan ham shartnomalarning tuzilishiga yo'l qo'yilgan. 
Yoki  Rim  yuristlarining  fikricha,  «bugun  tuzilgan  Rimdagi  shartnomani  ertaga 
Yegipetda bajarish mumkin emas». Bunday tuzilgan shartnomada jimlik  - rizolik 
asosida  shartnomani  bajarish  muddatining  aniqligini  o'rnatish  qiyinligini  e'tiborga 
olib,  muddat  o'rnatmaganlar.  Bunday  holatlarda  odilona  tarzda  ishni  hal  qilishga 
ko'proq  e'tiborni  qaratganlar.  Hatto,  shartnomani  bajarish  muddati  ko'rsatilmagan 
hollarda  sudga  murojaat  qilinganda  sudya  «odilona  er»  sifatida  (ya'ni  «sud 
prosessini odilona asosda olib boruvchi shaxs» degan ma'noni anglatgan) qanday 
muddat yoki qancha vaqt asosida bu shartnomani bajarishi mumkinligini aniqlash 
paytida  shartnomani  bajarish  uchun  o'zini  qiynamasdan  kechayu-  kunduz,  tabiat 
injiqligiga  qaramasdan,  sovuq  va  issiqlardan  o'zini  ayamasdan,  yilning  faslini, 
o'zining  yoshini,  sog'lig'ini,  jinsini  o'ylamasdan  tinmay  harakat  qilishga  yo'l 
qo'ymasdan,  oddiy  holatda  majburiyatni  bajarish  uchun  ketadigan  muddatni 
yuqoridagi  xususiyatlarni  e'tiborga  olib  belgilagan.  Ana  shu  muddatni  «oqilona 
asosda» belgilangan muddat deb tushunilgan. Qadimgi Rim quldorchilik davlatida 
majburiyatlarni muddatidan ilgari bajarishga dastlabki paytlarda yo'l qo'yilmagan. 
Lekin  savdo  munosabatlarining  taraqqiyoti,  bozor  iqtisodiy  munosabatlarining 
gurkirab  o'sishi,  Rim  davlati  hududining  kengayishi,  jahon  taraqqiyotidagi  tutgan 
o'rni, shartnomalarning ko'plab tuzilishlariga olib keldi va ularni muddatidan ilgari 
bajarish  ikkala  tarafning  ham  manfaatini  ko'zlab,  o'z  oborotining  tezroq  amalga 
oshishiga imkoniyat yaratib berganligi uchun yo'l qo'yildi. 
 
Rim  davlatida  majburiyatlarning  bajarilishini  kechiktirish,  o'z  vaqtida  va 
lozim  darajada  bajarmaslik  oqibatlari  shartnomada  qatnashuvchi  taraflarning 
intizomsizligini  bildirib,  ular  bilan  keyinchalik  shartnoma  tuzishda  chegaralanish 
vakolatlarini keltirib chiqargan. 
 
Majburiyatlarning  bajarilishini  kechiktirish  deganda,  da'vo  talabining  joriy 
etilishi  ya'ni  da'vo  arizasining  yozilishi  paytidan  boshlanadi.  Da'vo  arizasining 
yozilishidan  oldin  qarzdorga  majburiyatni  bajarish  yuzasidan  ogohlantirish 
yuborilishi  lozim  bo'lgan  va  undan  keyin  qarzdorning  ustidan  da'vo  arizasi 
yozilgan.  Qadimgi  Rim  huquqida  majburiyatlarning  bajarilish  muddati 
shartnomada  aniq  ko'rsatilmagan  bo'lsa,  qarzdorning  yashash  joyiga  ogohlantirish 
yuborilgan,  ammo  bajarilish  muddati  shartnomada  ko'rsatilgan  bo'lsa,  ushbuning 
o'zi  ogohlantirish  ham  bo'lib  hisoblangan.  Qarzdor  tomonidan  o'z  qarzini  to'lash 
yoki  majburiyatni  bajarish  uchun  qilingan  harakatlarini  ya'ni  ashyolar,  pullarni 
yoki  ekvivalentni  kreditor  qabul  qilmasa,  bunday  holda  qarzdor  o'z  mulkini 
omonat asosida saqlab turish uchun depozitga qo'yish yo'li bilan ham majburiyatni 
o'z vaqtida bajarishiga yo'l qo'yilgan. 
 
Rim  huquqining  o'ziga  xos  xususiyati  shundan  iborat  bo'lganki,  depozitga 
qo'yish  ham  kreditor  hisobidan  amalga  oshirilgan.  Bunday  holda  mulkning 


tasodifan  nobud  bo'lishi  ijroni  qabul  qilishni  kechiktirgan  kreditorga  qaratiladi 
hamda keltirilgan zararlar ham undan undiriladi.
 
 
 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin