Reaktivlar: bor, marmar yoki ohaktosh bo‘laklari (CaC03), suyultirilgan xlorid kislota (HC1), ohakli suv (Ca(OH)2), distillangan suv, ko‘k lakmus eritmasi, suyultirilgan o‘yuvchi natriy (NaOH), fenolftalein eritimasi, tuproq namunasi, kumush nitrat eritmasi (AgN03).
Ishni bajrish tartibi: usul. 1. Probirkaga bo‘r yoki marmardan bir necha bo‘lak solinadi va suyultirilgan xlorid kislotadan ozgina quyiladi.
Probirka og‘zi gaz o‘tkazuvchi nayli tiqin bilan berkitiladi hamda nayning uchi 2-3 ml ohakli suv quyilgan probirkaga tushuriladi va sodir bo`layotgan hodisa kuzatiladi.
Gaz o`tkazuvchi nayni distillangan suv quyilgan eritmaga tushuring. Gazning distillangan suvdan o'tishi 1-2 daqiqa davom etsin. Nayni chiqarib olib, olingan eritmaga bir necha tomchi ko‘k lakmus eritmasidan tomiziladi.
Probirkaga suyultirilgan o‘yuvchi natriy eritmasidan 2-3 ml quyib unga bir necha tomchi fenolftalein qo‘shing. So‘ngra eritma orqali gaz o‘tkaziladi.
10 g tuproq namunasidan olib, suv bilan aralashtiriladi. Aralashma filtrlanib, probirkaga quyiladi.
Tuproqdan 2-3 g probirkaga solib, uning ustiga suyultirilgan xlorid kislota quyiladi. Nima kuzatiladi?
Yuqorida olingan filtratga kumush nitratdan ozgina quying. Hosil bo`lgan oq rangli cho`kmani filtrlab oling.
Cho`kmani ikkiga bo`lib, 1-qismiga ammiak yoki suyultirilgan xlorid kislota quyiladi, 2- qismi qizdiriladi. Nima kuzatiladi?