Polietilenning xossalari. Polietilen parchasi suvga solinadi.
Uning suvdan yengil ekanligiga va suvda erimasligiga ishonch hosil qilinadi.
Polietilen naycha alangaga tutiladi.
Uning ko‘kimtir alanga hosil qilib yonishi va erib rangsiz tomchilarga aylanishi kuzatiladi.
Yonayotgan polietilen olovdan olinadi.
Yonishning davom etishi kuzatiladi.
Suyuqlanayotgan massaga shisha tayoqcha tekkiziladi va polietilenning ipchalar holida cho’zilishi kuzatiladi.
Konsentrlangan sulfat, xlorid, nitrat kislotalar, ishqor va kaliy permanganat eritmalari solingan alohida-alohida qo‘yilgan probirkalarga polietilen parchalaridan solinadi.
Probirkalar qizdirilganda ham o‘zgarish sodir bolmasligi kuzatiladi.
Poli-E-karbamidning xossalari. Poli-E-karbamid alangaga tutiladi.
Sintetik tolalami bilib olish. Nitron tolasi alohida chinni kosachalarga solib qizdiriladi.
Idishlar ustiga universal indikator qog‘ozi tutib ko‘riladi.
Nitronli idish ustiga tutilgan indikator qog’ozining rang o‘zgarishIariga c’tibor beriladi.
Nitron namunalari yoqib ko'riladi.
Nitron rangsiz yaltiroq sharchalar hosil qilishj, lavsan esa, qoramtir silliq siiarchalarga aylanishi kuzatiladi.