So’zboshi


Maqsad: oqsillar tarkibida peptid gruhlari, aromatik aminokislotalar qoldiqlari, S-oltingugurt borligini aniqlash. Jihozlar



Yüklə 344 Kb.
səhifə22/25
tarix02.01.2022
ölçüsü344 Kb.
#45497
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Laboratoriya ishlari

Maqsad: oqsillar tarkibida peptid gruhlari, aromatik aminokislotalar qoldiqlari, S-oltingugurt borligini aniqlash.

Jihozlar: pipetka (1), shisha stakan (2), polipropilen stakan 50 ml (3), polipropilen stakan 150 ml (4), plastmassa shpatel (5), shisha tayoqcha (6), probirka P-16 (7), plastik taglik (8), tomchi analizi uchun to‘plam (9), probirka qizdirgich, avtomatik mikropipetka.

Reaktivlar: tuxum oqsili 1 % li eritmasi, natriy gidroksid 10 % li eritmasi, mis (II) sulfatning 10 % li eritmasi, konsentlangan nitrat kislota eritmasi, etil spirti, konsentrlangan xlorid kislota eritmasi, konsentlangan sulfat kislota eritmasi, jelatinning 1 % li eritmasi

Ishni bajarish tartibi:

  1. Biuret reaksiyasi.

  1. Ikkita probirka olib, ularning birinchisiga tuxum oqsilining 1% li eritmasidan avtomatik mikropipetka yordamida 2-tomchi, ikkinchisiga jelatinning 1% li eritmasidan ham shuncha miqdorda quyiladi. #

  2. Har ikkala probirkaga 10% li o‘yuvchi natriy eritmasidan pipetka yordamida 4 ml.dan va (CuS04) - mis (II) sulfatning 1% li eritmasidan 2 ml. dan quyiladi.

  3. Ikkala probirkada ham qizil-binafsha rang hosil bo‘lishi kuzatiladi.

  4. Bu reaksiya yordamida oqsillar tarkibida peptid guruhlari borligi aniqlanadi.

  1. Ksantoprotein reaksiyasi.

  1. Ikkita probirkaga yuqoridagi tajribadagidek tuxum oqsili va jelatin eritmalaridan 5 tomchi tomiziladi.

  2. Ikkala probirkaga ham konsentrlangan nitrat kislota (HN03) eritmasidan avtomatik mikropipetka yordamida 2-3 tomchi tomiziladi.

  3. Ikkala probirka ham ohistalik bilan qizdiriladi.

  4. Birinchi probirkada limon rangli sariq rang hosil bo‘lishi kuzatiladi.

  5. Ikkinchi probirkada hech qanday o‘zgarish kuzatilmaydi.

  6. Reaksiya yordamida oqsillar tarkibida aromatik aminokislotalar borligi aniqlanadi. Demak, ikkinchi probirkadagi jelatin tarkibida aromatik aminokislotalar bo‘lmaganligi uchun yorqin rang hosil bo‘lmaydi.

  1. Oqsillarni cho‘ktirish.

  1. To‘rtta probirka olib, ularning har biriga 1 tomchidan oqsilning 1% li eritmasidan quyiladi.

  2. Birinchi probirkaga menzurka yordamida 8-10 tomchi etil spirti yoki atseton, ikkinchisiga mis kuporosining 10% li eritmasidan 2 tomchi, uchinchisiga konsentrlangan xlorid kislota eritmasidan 1-

  1. tomchi, to‘rtinchisiga konsentrlangan sulfat kislota eritmasidan 1-2 ml tomchilatib quyiladi.

  1. Barcha probirkalarda oqsilning cho‘kishi (eritmalaming loyqalanishi) kuzatiladi.

  2. Birinchi probirka probirka qizdirgichda ohistalik bilan qizdiriladi.

  3. Bunda oqsilning termik denaturlanishi, ya’ni ivib qolishi kuzatiladi.

Xulosa

…………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………


Sana………………………imzo………………………


  1. LABORATORIYA ISHI. TABIIY VA SUN’IY TOLA NAMUNALARI BILAN TANISHISH.


Yüklə 344 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin