Maqsad: laboratoriya sharoitida karbonat . angidrid olish va u bilan tajribalar o`tkazish.
Jihozlar: indikator qog£ozi (1), shisha stakan (2), tomchi analizi uchun to‘plam (3), shpatel (4), shisha tayoqcha (5), probirkalar P-16 (6), polipropilen stakan (7), plastik taglik (8), gaz olish uchun asbob, probirka qizdirgich, laboratoriya shtativi.
Reaktivlar: natriy karbonat (Na2C03) quruq tuzi, xlorid kislotaning (1:1) suyultirilgan eritmasi, natriy gidro karbonat (NaHC03), suyultirilgan HC1 eritmasi, ohakli suv.
O‘quv-ko‘rgazmali qo`llanmalar: “Kimyo” fanidan proyeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar, 63, 64-betlar.
Ishni bajarish tartibi:
Gaz olish uchun asbobni shtativga о‘mating.
Gaz olish asbobning vtulkasi ustiga ohistalik bilan shpatel yordamida natriy karbonat tuzidan soling.
Asbobning voronkasini joyiga yaxshilab о‘mating.
P-16 probirkaga kalsiy gidroksid (Ca(OH)2) tiniq eritmasidan pipetka yordamida 5-6 ml solinadi va shtativga o‘matiladi.
Kalsiy gidroksid (Ca(OH)2) eritmasi solingan probirkaga asbobning gaz o'tkazuvchi nayining uchi tushiriladi.
Asbob voronkasiga xlorid kislota eritmasidan 50 ml li polipropilen stakan yordamida 10 ml solinadi.
Hodisa kuzatiladi.
Kalsiy gidroksid (Ca(OH)2) eritmasi awal loyqalanib, keyin tiniq holga kelishi kuzatiladi.
Hosil bo‘lgan tiniq eritma probirka qizdirgichda qaynatiladi
Hodisa kuzatiladi.
11. Natija quyidagi jadval asosida to‘ldiriladi:
Modda
|
HCl
|
CO2
|
t0
|
Na2C03
|
|
|
|
Ca(OH)2
|
|
|
|
Ca (HCО3)2
|
|
|
|
Karbonat ioniga xos sifat reaksiyasi. Karbonatlar va gidrokarbonatlar, ularning bir-biriga aylanishi.
1. Gaz o’tkazgich nayli probirka qiyalatib shtativga joylashtiriladi.
2. Probirkaga 10-15 gramm natriy gidrokarbonat solinadi.
3. U gaz o'tkazgich nayli tiqin bilan berkitiladi.
4. Gaz o'tkazuvchi nayning uchi ohakli suv solingan probirkaga tushiriladi. Ohakli suvga indikator qog'ozi tushirib ko‘riladi.
5. Natriy gidrokarbonat solingan probirka ohistalik bilan qizdirgich yordamida yuqori temperaturagacha qizdiriladi.
6. Gaz ajralib chiqishiga va ohakli suvning loyqalanishiga e’tibor qaratiladi. Olingan loyqa eritmaga indikator qog‘ozi tushiriladi va qog’oz rangi o`zgargani ko‘rsatiladi.
Natriy gidrokarbonatni qizdirish davom ettiriladi.
Ohakli suv solingan probirkadagi eritma у ana tiniqlashguncha kuzatiladi.
Bu eritma qizdirilganda nima uchun cho‘kma hosil bo‘ladi?
Xuddi shu reaksiyani natriy karbonat (Na2C03) bilan ham bajarib ko‘riladi.
Karbonatlar va gidrokarbonatlar, ularning bir-biriga aylanish reaksiyalari tenglamalari molekular, to‘liq va qisqacha ion-molekular shaklda yoziladi.
Xulosa
…………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………
Sana………………………imzo………………………
2-LABORATORIYA ISHI. TABIIY SILIKAT NAMUNALARI VA ULARNING TARKIBI BILAN TANISHISH.
Dostları ilə paylaş: |