119
IX-MAVZU. FUTBOL O`YININING KELIB CHIQISHI,
QOIDALARI VA RIVOJLANISH TARIXI
9.1 FUTBOL O`YININING KELIB ChIQIShI VA RIVOJLANISh
TARIXI
Qadimgi yunonlar to‘p o`yinini shunchalik qadrlaganlarki, uni
hatto gimnastlar maxsus maktablarning jismoniy mashqlar dasturiga
kiritganlar. Ozgina bo`lsa ham futbolga o‘xshash to‘p o`yini 180 yilda
tilga olinadi.
Polluksning yunoncha lug’atida o‘ynovchilar ikki komandaga
bo`linganligi yozilgan. Har qaysi komanda to‘pni raqib komanda o`yin
maydoni orqasiga o`tkazishga harakat qilardi. Xarakter jihatidan bu
o`yin ko‘proq hozirgi regbi o`yiniga o‘xshab ketadi. Lekin u o`yinda
qo`l bilan o`ynash ta'qiqlangan edi. Qadimgi to‘p o`yinlarining qaysi
biridan hozirgi futbol o`yini kelib chiqqanini aniqlashning iloji yo`q.
Biroq, jismoniy tarbiya va sportning tarixi mo`taxassislarining
aksariyati, ko‘proq futbol, «garpastum» degan qadimgi Rim o`yinidan
kelib chiqqan bo`lib, Britaniya, Galliya va G’arbiy Yevropaning boshqa
mamlakatlariga bu o`yinni Rim legionlari olib kelganlar, deb taxmin
qiladilar. Inglizlar oyoq to‘pini Britaniya orollarida IX asrdayoq ma'lum
bo`lgan deb da'vo qiladilar. Garbiy Yevropa davlatlarida bu singari
o`yinlar shu asr o`rtalarida mustaqil tarzda ham, ayrim elementlarni bir-
biridan o`rganish yo`li bilan ham rivojlana borgan deb taxmin qilsa
bo‘ladi.
1313 yili ingliz podshosi Eduard II shahar ichkarisida futbol o`yini
o`ynashni taqiqlaydi. Podshoning ana shu farmoyishi ingliz futbol
ittifoqining arxivida saqlanib qolgan.
«Katta to‘p quvgandagi ur-yiqit shaharlarda katta to‘polon
chiqarayotgani va yomon ta'sir ko`rsatayotgani uchun,-deyiladi
farmoyishda,-itoat etmaganlar qamoqqa tashlanishini ta'kidlab, bu o`yin
endilikda shaharlarda o`ynalishini podsholik nomidan taqiq etaman».
Bunday taqiqlashlarning sababi o`yin paytidagi
tartibsizliklardagina emas, balki shaharliklarning kamon otishdan va
hatto hunarmandchilikdan, ishdan chalg'itishida ham edi. Shu boisdan
1349 yilda ingliz podshosi Eduard III ham Londonda futbol o`yini
o`ynashni man qiluvchi farmoyish chiqardi. Frantsuz podshosi Karl V
esa undan ham o‘tib tushdi-1369 yili xalq o`yinlarining hammasini man
etdi. Italiyada futbol birinchi bor 1400 yilda tilga olinadi. Angliya bilan
Frantsiyada oyoq to‘pi o`yini halqning ko‘ngilochar mashg`uloti bo`lsa,
120
Italiyada ko‘proq kibor doiralarning o`yini bo`lib qoladi. XIX asrga,
xususan shu asr o`rtalariga kelib, sport metodi jismoniy tarbiyaning eng
maqbul metodi deb topilib, sport hamda sport o`yinlari jismoniy
rivojlanishining samarali vositasi bo`lib qolgandan keyin futbol tarixida
yangi bosqich boshlandi.
Oyoqda to‘p o`ynash birinchi galda ingliz kollejlari hamda
universitetlarida yoyildi. XIX asrning ikkinchi yarmidan futbol o`yinida
ochiq-oydin ikki yo`nalish tarkib topadi. Ulardan birini London hamda
Kembrij kollejlari qo`llab-quvvatlar edi. Bular 1863 yilda futbol
assotsiatsiyasi tuzadilar va yumalok to‘pni faqat oyoqda o`ynashni rasm
qiladilar. Regbi shahridagi universitet ikkinchi yo`nalish tarafdori bo`lib,
u yerda tuxumsimon, cho`zinchoq gardish shaklidagi to‘pni ham qo`lda,
ham oyoqda o`ynashga qaror beriladi. Birinchi bor yagona o`yin
qoidalari joriy qilishga ourinib ko‘rish Kembrij futbol klubiga
tegishlidir. 1848 yili bu qoidalarni nashr qilishga karor qilinadi. Afsuski,
ular nashrdan chiqmay yo`qolib ketadi. Shunga qaramay, bu qoidalar
ko‘p ingliz kollejlarida «Kembrij qoidalari» tarzida ma'lum.
Bizgacha yetib kelgan dastlabki qoidalar esa 1863 yil 8 dekabrda
e'lon qilingan. qo`yida usha qoidalar teksti: «Futbol; tarixi uyushtirish,
texnika, trenirovka va taktikasi» (Moskva1927 y) kitobida e'lon qanday
berilgan bo`lsa, xuddi o`shanday keltiriladi:
1.Maydonning bo‘yi 200 yard (183 m) dan, eni 100 yard (91,5 m)
dan oshmaydi. Maydonning burchaklarida bayroqchalar o`rnatiladi.
Ustiga to‘sin yotqizilmagan darvoza 8 yard (7,32 m) oralikda urnatiladi
va ikkita ustundan iborat.
2.Kim qay tomonda o`ynash qur'a tashlash yo`li bilan hal qilinadi.
Qur'ada yutqazgan komanda maydon markaziga qo`yilgan to‘pni tepib,
o`yinni boshlab beradi. Ikkinchi komanda o`yinchilari to‘p tepilgunga
qadar unga 10 yard (9,1 m) dan yaqin kela olmaydilar.
3.Darvozaga to‘p urilgandan keyin, komandalar tomonlarni
almashadilar.
4.To‘p qo`lda uloqtirilmay, qo`lda zarba berilmay yoki qo`lda
ko`tarib kirilmayikki ustun oraligidan o‘tsa, darvoza zabt etilgan
hisoblanadi.
5.Agar to‘p yon chiziqqan tashqariga chiqib ketsa, unga hammadan
oldin tega olgan o`yinchi to‘p chiziqqani kesib o`tgan joydan, chiziqqa
nisbatan to`g`ri burchak hosil qiladigan yo`nalishda to‘pni qo`lda
maydonga tashlab beradi. To‘p yerga tekkan zahoti o`yinga kirgan
hisoblanadi.
121
6.O`yinchi zarb berayotgan paytda uning komandasining zarb
beruvchidan ko‘ra raqib darvozasiga yaqinroq turgan hamma
o`yinchilari o`yindan tashqari holatda hisoblanadi va ular to‘pga tega
olmaydilar yoki raqiblarga halaqit bera olmaydilar...
7.To‘p darvoza chizigidan tashqariga chiqib ketib, chiziqning narigi
yog’ida
himoyalanayotgan komanda o`yinchisi birinchi bo`lib unga tegsa, shu
komanda
darvoza chizig`ining o`yinchi to‘pga tekkan joy ro`parasidagi
no`qtasidan to‘p tepish huquqini oladi: bordi-yu, hujum qilayotgan
komanda o`yinchisi to‘pga birinchi bo`lib tegsa, unda shu komanda
darvoza chizig`ining o`yinchi to‘pga tekkan joy ro`parasidagi
no`qtasidan 15 yard (13,6 m) maydon ichkarisidagi no`qtadan erkin to‘p
tepish paytida himoyadagi jamoa to to‘p tepilgunga qadar darvoza
chizig`idan tashqarida turadi.
8.Agar o`yinchi boshqa o`yinchi zarbasidan uchib kelayotgan to‘pni
bevosita qo`li bilan ilib olsa, shu holat ro`y bergan joy belgilab olib,
o‘sha joydan erkin tepishi mumkin.
9.O`yinchilar to‘pni qo`llariga olib yugura olmaydilar.
10.O`yinchilarni chalish va urish man etiladi, shuningdek o`yinchini
qo`l bilan ushlab to`xtatib qolish yoki to‘rtish man etiladi.
11.To‘pni qo`l bilan o`zatish man etiladi.
12.Maydon ichida to‘pga qo`l tekkizish man etiladi.
13.Temir yoki guttaperchatkadan qilingan joylari to‘rtib chiqkan
poyabzalda
o`ynash man etiladi. Ko‘rinib turibdiki, 1863 yilgi qoidalar hozirgi
qoidalardan anchagina farq qilgan. 1866 yilda «o‘yindan chiqqanlik»
qoidasi yengillashtirildi. Endi raqiblar sirt chizig'i bilan o`zi o`rtasida
qarshi tomon o`yinchilaridan uch kishi bor bo`lsa, bu o`yinchi «o‘yindan
chiqqan» bo‘lmaydi. Yana shu yili darvoza ustunlarini gorizontal arqon
tortib birlashtirishga qaror qilinib, arqonning yerdan balandligi 5,5 m
qilib belgilandi. 1871 yildagina golper (darvozabon) ga qo`lda o`ynash
ruxsat etildi. To‘p himoyadagi o`yinchiga tegib, sirt chiziqdan maydon
tashqarisiga chiqib ketganda burchakdan to‘p tepish qoidasi 1873 yilda
kiritildi.
1875 yili ustunlarni birlashtirib turgan arqon yerdan 2,44 m
balandlikda yotqizilgan to`singa almashtirildi. O‘sha yili darvozaga to‘p
«kiritilgan» dan keyin tomonlar almashinish qoidasi o`rniga, o`yinchilar
tanaffusdan qaytgandan keyin almashish qoidasi joriy qilindi.
122
1882 yili to‘rtta mustaqil futbol ittifoqi-Angliya, Shotlandiya, Uels
va Irlandiya futbol ittifoqlari birlashdilar. Yagona qoidalar qabul qilinadi
va futbol qoidalariga biron-bir o`zgartirish kiritish huquqiga ega bo`lgan
xalqaro kengash tasdiqlanadi. Futbol maydonida sudya birinchi marta
1880-1881 yillarda ishtiro ketadigan bo‘ldi. O`yinni belgilangan
qoidalarga15-18 yoshdagi o`smir yigit va qizlar. Bu bosqichda o`quv-
mashg`uloti jismoniy tayyorgarlikning 40% ini tashkil etadi.
Mashg`ulotlarda to‘psiz, to‘p bilan turli texnik usullar keng qo`llaniladi.
Alohida priyomlar ustida quyidagi ketma-ketlikda ishlanadi; to‘psiz
harakat-to‘p bilan harakat; joyda turgan holda mashq bajarish-
yugurayotganda mashq bajarish; yakka harakat-o`yinning boshqa
priyomlarini birgalikda qo‘shib olib borish (to‘pni ilib olish-ilib olish va
tashlash yoki to‘p olib yurish fintlar bajarish); asta-sekin ritmik harakat-
tezlikda harakat qilish.
O`yin texnika va taktikasini takomillashtirish o`yinga yaqin
mashqlar bilan amalga oshirilishi mumkin. Dars mashg`ulotlarida katta
o‘rinni aslida o`yin tutadi. Texnikani mukammal egallash o`yinning
taktik to`g`ri borishining yuqori talablari hisoblanadi. Ijodiy
rivojlanishni, egiluvchanlikning taktik fikrlanishi, bir taktik sistemadan
boshqa (o`yin) sistemasiga bemalol o`tish qobiliyatini kuchaytirmoq
muhimdir. qo`l to‘pini o`rgatishda barcha bosqichda shaxsiyatni
tarbiyalash o`qituvchi oldidagi muhim vazifalardandir.
11-12 yoshdagi bolalar. Bu yoshda bolalar yetarlicha aniq mo`ljal
olish, harakatchanlik, chaqqonlik kabi harakatlarni aniq bajara olishadi.
11-12 yoshdagi bolalar o`zlarining jismoniy tayyorgarligini nafakat
o`yinning texnika-taktikaviy o`quvlarida, balki o`yinning to‘liq
borishida ko`rsata oladilar. Yana shunita'kidlash kerakki, o`quv-
mashg`ulotlarida doimiy ravishda maydonda tez va oson harakatlanish,
barcha priyomlarni ikki tomonlama va ikki qo`llab bajarishni tarbiyalash
va rivojlantirish muhimdir. O`quvchilarni turli masofalarga to‘p uzatish,
darvozaga to‘p kiritish, maydondan to`g`ri joy tanlay ola bilish, raqib
tomonidan uyushtirilgan hujumda raqib «oldini yopish» va unga qarshi
hujumda «ochilish» kabilarni ham o`rgatish asosiy vazifadir.
12-15 yoshdagi bolalar. Bu yoshdagi bolalar bolalikdan o`smirlikka
o`tish yoshida bo`lganliklari uchun bu bosqich ular uchun qiyin
kechadi. Bu esa bevosita ichki to`zilishning fiziologik asoslariga
bog`liqdir. O`tgan davr (9-12 yoshgacha bo`lgan oralik) da o`quv
mashg`ulotlar o`yin uslubida o`tkazilgan bo`lsa, endilikda esa
mashg`ulotlar ko‘proq analitika-sintetik usulida: mashq-o`yin-mashq
123
qilib o`tkaziladi. Jamoa taktikasini oddiy kombinatsiyalardan boshlash
lozimdir. Mashg`ulot uch etapda o`tkazilishi shart.
1) o`yinchining yakka tartib harakat detallarini o`zlashtirish;
2) jamoadoshi bilan birga o`zaro munosabat;
3) kombinatsiyalar bajarishda – yakka tartib va jamoa harakatlarini
birlashtirish.
Mashg`ulotlarda
va
o`yinda
taktik
harakatlarni
mustahkamlash va o`zlashtirish. muvofiq o`tkazish, urilgan gollar nechta
bo`lganini aniqlash va boshqalar, hatto o`sha vaqtlardayoq sudyaning
vazifasi edi.
1891 yildan sudya maydonga ikkita yordamchisi bilan chiqadigan
bo‘ldi. 1871 yilda Angliyada mamlakat kubogi uchun o`yin ta'sis etildi.
Ingliz futbol klublari hozirgi vaqtda ham usha kubok uchun kurashib
kelmoqdalar. Xalqaro miqyosdagi dastlabki futbol o`yini 1973 yili
Angliya bilan Shotlandiya futbol komandalari o`rtasida bo`lgan edi.
Komandalardagi o`yinchilar soni 11 kishidan ko‘p bo‘lmasada, ularning
joy-joyiga qo`yilishi hozirgi vaqtdagidan boshqacharoq bo`lgan.
Angliya komandasida yetti o`yinchi hujumda, bittasi yarim himoyada
musobaqalashgan, ularda boshqa yana ikkita himoyachi va bitta
darvozabon bo`lgan. Shotlandiya komandasi olti hujumchi, ikkita yarim
himoyachi, ikkita himoyachi va darvozabondan iborat edi. Keyingi
ingliz
futbol
komandalari
ham
o`yinchilarni
shotlandchasiga
joylashtirishga o`tadi, chunki, ana shunday joylashtirish o`zini oqlagan
bo`lsa kerak. Qoidaga kirgan o`zgarish va takomillashuvlar so`zsiz,
o`yin texnikasi va taktikasiga ta'sir qilmay qolmas edi.
XIX asrning 80 yillarida futbol o`yini kontinental Yevropa qit'asi
mamlakatlariga ham tarqaldi. Futbol 1875 yilda Gollandiyada, sal
keyinroq Daniyada o`ynala boshladi. Daniya ko‘p o‘tmay qit'ada futbol
bo‘yicha yetakchi o‘ringa chiqib, birinchi jahon urushiga qadar shu
mavqeini saqlab keldi. Futbol 1882 yildan Shveytsariyada, 1890 yildan
Chexiyada, 1894 yildan Avstriyada o`ynala boshladi.
1904 yili Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tuziladi. Hozir uning
tarkibida 143 mamlakat bor. FIFA bilan bir qatorda 1954 yildan beri
Yevropa futbol ittifoqi- UEFA ham ishlab turibdi, unga 34 mamlakat
a'zo bo`lib kirgan. 1930 yildan beri futbol bo‘yicha har to‘rt yilda jahon
chempionati, 1958 yildan beri esa Yevropa chempionati o`tkazilib,
ularda milliy terma komandalar qatnashib kelmoqda.
1900 yildan boshlab futbol sportning olipiya turlari qatoriga kirdi,
biroq 1908 yildagina u rasman olimpiya o`yinlari dasturiga kiritildi.
UEFA rahbarligida qo`yidagi kubok o`yinlari o`tkazilib turadi. Yevropa
124
chempionlari (1965 yildan beri) va yarmarkalar kubogi (1958 yildan
beri). Bular endilikda UEFA kubogi deb
yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |