Ssenariynavislik va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish fanining


Ommani badiiy havaskorlik ijodiyotiga jalb qilish funktsiyasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə13/29
tarix06.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#141723
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
сенрий 3 курс (2)

Ommani badiiy havaskorlik ijodiyotiga jalb qilish funktsiyasi. Albatta, badiiy-ommaviy tadbirlar havaskorlik ijodisiz vujudga kelmaydi. Tadbir tayyorlashda qatnashadigan barcha kishilarning faoliyati – bu, so`zsiz, badiiy ijodning bir ko`rinishidir. Lekin «Ommani havaskorlik ijodiga jalb qilish» deganda, biz tadbir tayyorlovchilarning faoliyatini nazarda tutib qolmasdan, balki tomoshabin sifatida kelgan ommani aktivlashtirishni, ularni umumiy harakat qatnashchisiga aylantirishni ham tushunmog`imiz lozim.
Ko`pgina badiiy-ommaviy ish shakllarida, ayniqsa, bayramlar va xalq an`analarida, bu jarayon uchun keng qulayliklar mavjud. Madaniy-ommaviy tadbirlarni tayyorlash jarayonida yuqorida qayd etilgan funktsiyani bajarishda ma`lum ish shaklining o`ziga xos tashkiliy xususiyatlariga murojaat etish muhim o`rin tutadi. CHunki har xil ish shaklini tashkil etishda bu funktsiyalardan birdek foydalanilavermaydi. Ba`zi shakllarda ko`proq axborot beriladi, ba`zilari asosan dam olish uchun xizmat qiladi va boshqalari ko`proq madaniy-ijodiy jarayonga qatnashtirishga yordam beradi.
NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Funktsiya deganda nimani tushunasiz?

  2. Ilmiylik printsipi nima?

  3. Ommani havaskorlik ijodiga jalb qilish nima?

  4. Ommaga axborot va bilim berish funktsiyalari.



8-mavzu: Bayramlar – madaniy-ommaviy tadbirlarning oliy shakli sifatida
Режа:
1.Bayramlar tarixiga bir nazar.
2.Bayram tushunchasi. Bayramlar turlari.
3. Eortologiya. Bayramlar haqida buyuk alloma va mutafakkirlar qarashlari. 4.O‘zbekiston bayramlari.
O‘rta Osiyoning boshqa xalqlari qatori vodiy o‘zbeklari an'anaviy dehqonchiligi ham sharq xalqlari taqvimi asosida olib borilgan. Bahorgi dala ishlari, mahalliy taqvimga ko‘ra, yangi yil - quyoshning baliq (xut) burjidan qo‘y (xamal) yulduzlar turkumiga o‘tgan vaqtdan boshlangan. Hozirgi amaldagi oy kalendari bo‘yicha bu 21 martdan boshlanib 21 aprelgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Boshqachasiga, dastlabki dehqonchilik yumushlari Navro‘z tantanalari bilan bir paytda boshlangan.
Navro‘z bayrami, uning vujudga kelishi va tarixi haqida ko‘plab qadimiy sarchashmalarda, jumladan, Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Umar Xayyomning «Navro‘znoma», Firdavsiyning «Shoxnoma», Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» va boshqa olimlarning qator asarlarida, zardushtiylik (mazdaparastlik) diniga oid manbalarda qimmatli ma'lumotlar berilgan. Ularning ko‘pchiligi mifologik, afsonaviy mohiyatda bo‘lsa-da, ma'lum darajada haqiqatni aks ettiruvchi, ma'naviy merosimiz xazinasiga mansub durdonalardir.
Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga ko’ra, Navro‘zning shakllanish davri -eng qadimgi zamonlardan „zardushtiylik“ning paydo bo‘lishigacha davom etgan asrlarni o‘z ichiga oladi.
Bu bayramda "xo‘roz urishtirish", "qo‘chqor urishtirish", "arqon tortish" va "chavgon" singari xalq o’yinlari tashkil etilgan, alp yigitlar kurashda kuch sinashib, ko‘pkarida ot surganlar.
XVII-XVIII asrlar tarixiy va adabiy manbalarida Navro‘z to‘g‘risidagi ma'lumotlar kam uchrasa-da, XIX asrga kelib xalq orasida bayramlar, tomosha-yu sayillar o‘tkazish ko‘proq ko‘zga tashlana boshladi. Abdulaxadxon, Said Olimxon xukmronligi yillarida Buxoroda Navro‘z bayramida san'atkorlar, xonanda, raqqos va masxarabozlar xalq sayillariga fayz bag‘ishlaganlar. Turli bayram taomlari pishirilgan, sumalak, xalim, ko‘k somsa, yalpiz chuchvara kabilar dasturxonlarni bezagan. Yurtimizning turli hududlarida "lola sayli", "sumbula sayli" va "qizil gul" sayli kabi marosimlar utkazilgan.
Qadimgi Messopatamiyada xar yili 21 mart kuni Dajla daryosi suvi ko’tarila boshlaydi. Bu esa daryo atrofida yashovchilar uchun dehqonchilik ishlari boshlanishidan dalolat bo’lgan. Ikki xaftadan sung, Furod daryosi atrofidagi axoli uchun ham dehqonchilik ishlari boshlangan. Messopatamiyaliklar bu kunda katta bazm uyushtirishgan, niqoblar taqib raqs tushganlar, ashulalar aytishgan. Keyinchalik Navro‘zni yaxudiylar, yunonlar, bolqonliklar va Bobildagi qabilalar nishonlay boshlaganlar. Bobilliklar bu bayramni Niyson oyida (mart-aprel) o‘n ikki kun davomida nishonlaganlar. Bu kunda ular yorug‘lik ma'budi Mardukning o‘lim va yovuzlik ma'budlari ustidan kozongan g‘alabasi sharafiga nishonlashar edi. Shuning uchun ham bu o‘n ikki kun muqaddas xisoblanib, ularda urush ochish, sud qilish, xatto bolalar va qullarga yomon suz aytish taqiqlangan.
Mashxur mutafakkir olim Abu Rayxon Beruniy Navro‘z tarixi haqida shunday yozadi: "Eron olimlarining ba'zisi shu kunni "Navro‘z " deb atashining boisi shundaki, Jamshid (qadimgi Eron shoxlaridan biri) podshox bo‘lgach, majusiylar dinini yangiladi. Ushandan buyon shu yangilanish e'lon kilingan kun "Navro‘z - Yangi kun" deb ataladi.
Biroq, bahor bayrami Jamshidshoxdan ham oldin nishonlanganligi haqida Umar Xayyomning "Navro‘znoma" asarida qayd etilgan.
Navro‘z she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy nazmidan ham urin olgan. Uning "Saddi Iskandariy" dostonida Navro‘zning bayram qilinishi aytib utilgan:
Ki bu sur erur olam afruz ham,
Xususan erur fasli Navro‘z ham.
Darhaqiqat, Navro‘z - juda ko’xna zamonlardan buyon yashab kelayotgan an'anadir. U 2500 yillik tarixga ega. Hozirga kelib Navro‘zni - bahor, dehqonchilik bayrami sifatida keng nishonlaymiz.
Navro‘z sobiq sovetlar davrida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa qismlarida ochiq nishonlanmagan. Bir necha ming yillik tarixga ega bu bayram O‘zbekistonda ayniqsa 1980-yillarga kelib rasman taqiqlangani haqida ma'lumotlar bor. Bu davrga kelib, deydi yakin tarixni sharxlayotgan ayrim mutaxassislar, O‘zbekistonda milliylik tuyg‘usi kuchaya boshlagan. Mustaqillikdan keyin esa Navro‘z davlat miqyosida keng nishonlanadigan bayramga aylandi. Dastlab madaniy ayyom sifatida qurilib, xalq sayli sifatida tantana kilingan Navro‘z bugunga kelib ancha siyosiy-rasmiy tus olgan. Sobiq sovetlar davrida Navro‘zning taqiqlanishi ikki bosqichda kuzatilgan. "Avval 1920-yillarda „xudosizlar jamiyati“ni tuzish davrida, odamlarni dindan voz kechasan, deb majburlash paytida, Navro‘z ham taqiqlangan bayramlar qatoriga kirgan", — deydi tarixchi olim Fayzulla Isxoqov
«Ikkinchi jaxon urushi»dan keyingi yillarda Navro‘zni «qozon to‘ldi» deb ham atashgan. O‘troq turkiylar bu bayramda yetti xil ovqat qilishgan. Uni yangi yil sifatida kutishgan. Keyingi yilgacha qozonimiz to‘lib tursin degan ma'noda. Ayrim joylarda lola bayrami sifatida nishonlangan", — deydi Xayitboy Abdullaev.
Xullas, xalqimiz bu bayramda bayramona yasanib, saylga chiqishlari, xilma-xil taomlar tayyorlashi, qushiqlar aytishi, turli xil o‘yin-kulgilar va bellashuvlar, musobaqalar o‘tkazishi Navro‘z bayramining udumlaridan xisoblanadi.
Xo’sh, dunyoning boshqa mamlakatlarida bu ayyom qanday nishonlanadi? Turkiyada. 21 mart Yangi yil bayrami sifatida keng nishonlanadi. Turkiyada, umuman, Navro‘z bayrami nishonlanadigan xalqlarda bomdod namozidan so‘ng odamlar qabristonlarni ziyorat qilishadi, qabrlarning atrofini tozalaydilar, o‘tganlarning ruhiga duo o‘qiladi.
Boshqirdistonda. Mahalla oqsoqollari tomonidan saylab qo‘yilgan bayram tashkilotchisi bir guruh yosh yigitlar bilan qishloqdagi barcha xovlilarni aylanib chiqadi. Ular xar bir xonadon sohiblarini tadbirkorligi va sahiyligi uchun maktab, ezgu-tilaklar bildirishadi. Uy egalari esa yigitlarga turli noz-ne'mat va kiyim-kechaklar sovg‘a qiladilar. Yangi yil bayrami kuni bu yurtda yugurish, raqs va qo‘shiq aytish bo‘yicha bir - biridan qiziq musobaqalar o‘tkaziladi.
Afg’onistonda. Navro‘z qadimdan bayram sifatida nishonlanadi. Afg’onistonda xukumat almashganidan keyin nishonlanayotgan birinchi rasmiy bayram ham Navro‘zdir. Mamlakatda Navro‘z bayrami mahalliy xalq orasida "Dehqon kuni" deb ham ataladi.
Navro‘z bayrami bilan bog‘liq eng qiziq udum va irimlar Qurdiston, Eron va Shimoliy Hindistonda istiqomat qiluvchi ayrim qavmlarda saqlanib qolgan. Bu o‘lkalarda bayram dasturxoniga albatta ko‘zgu qo‘yiladi (Kuzgu o‘tmishni aks ettirib, kelajakni ko‘rsatadi, degan ma'noda). Dasturxonga sham (yorug‘lik ramzi) va baliq solingan idish (baxtli hayot timsoli) qo‘yiladi.
Xitoyda. Xitoy Xalq Respublikasining G’arbiy hududlarida Navro‘z nafaqat turkiyzabon qavmlar, balki xitoyliklar tomonidan ham keng nishonlanadi. 21 mart kuni odamlar yorqin liboslarga burkanishib, qo’llarida guldasta va loydan yasalgan ho’kizlarning haykalchalari bilan ibodatxonaga yo’l olishadi. Bayramning eng ulkan - bosh ho’kizi esa bambuk va qog’ozlardan yasaladi. Jonivor olov, suv, temir, daraxt va yer ramzlarini anglatuvchi – qora, oq, qizil, yashil va sariq ranglarga bo’yaladi. Bayram qizigan bir pallada barcha haykalchalar mayda-mayda qilib sindirilib, bambukdan yasalgan ulkan ho’kiz olovda yondiriladi.
Navro‘z ayyomi dehqonlar faoliyatida muhim ahamiyat kasb etgan. Chunki yuqorida ta'kidlanganidek, aynan shu kunlarda ekin ekish, dala, bog‘ yumushlariga kirishilgan. Dehqonlar, bog‘bonlar va chorvadorlar ayozli kunlardan eson-omon chiqib, bahorning iliq kunlarini intiqlik bilan kutib, katta dehqonchilik ishlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganlar. Omoch bo‘yinturuqlar, molalarni sozlab, taxt qilganlar, otlar sovutilgan, aravalar tuzatilib ishga yaroqli holga keltirib qo‘yilgan. Asosiy ish kuchi hisoblangan ho‘kizlar yaxshi parvarishlanib, ular yer haydashga olib chiqilgan. Shu boisdan ham o‘rta asrlarda Buxoroda bu dehqonchilik bayrami «Navro‘z i kishavarzon» — «dehqonlar bayrami» deb nomlangan. Zardushtiylarda yil fasllari bilan bog‘liq bayramlar, Navro‘z, oylar bayrami, ajdodlar e'tikodi, turli duolar aytish, poklanish marosimlari, o’smirlarni zardushtiylikka qabul qilish (sidrapushlik oq libos kiyib, belbog’ bog‘lash) va boshqa tantanalar muhim ro’l o’ynagan.
Zardushtiylik an'analarining izchil rivoji davomida yetti “barhayot azizlar” va ularning mifologik tabiatini o’zida timsollashtirilgan yetti narsa - havo, tuproq, suv, o’simlik, sigir, odam va olov sharafiga yettita marosim hamda bayramlarni o’tkazish udumi ham kelib chiqqan. Ana shunday bayramlardan ikkitasi baxt-saodat, ezgulik, samoviy tartibot va xaqiqat ramzi sifatida ulug’langan iloxa Asha nomi bilan bog‘liq holda kelib chiqqan bo’lib, bu qadimiy udumlarning asrlar davomida muayyan o’zgarishlarga uchragan ko’rinishlari xalqimizning yilboshi-Navro‘z bilan aloqador an'anaviy marosimlari tizimida saqlanib qolgan.
Markaziy Osiyo xalqlarining asosiy odat, marosim va bayramlari koinot, tabiat, fasllar va mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo’lgan. Borliqdagi muhim to’rt narsa (quyosh, xavo, yer, suv)ni aniqlash bilan bir qatorda, ular bilan bog‘liq to’rt ulug’ kunni ham belgilab, nishonlashga odatlanishgan. Masalan, tabiat uyg’onishi, kun-tun tengligi, dala ishlarining boshlanishi pallasida Navro‘z; yozda-quyosh tik bo’lib, tun qisqa, kun uzun davom etganida, xavo xarorati yuqori darajaga ko’tarilib, suvga extiyoj kuchayganida suvga bag’ishlangan tadbir-Anjom (Vaxshangom), kuzda kun-tun tenglashib, yilning ikkinchi yarmi boshlanganida, dehqonlar daladagi hosilni yig’ib olgan vaqtda Mexrjon (Chiri -ruj, Nimsarda); qishda-eng uzoq tun va qisqa kun sodir bo’lib, sovuq avjiga chiqqanida (“qishki chilla”), isinishga extiyoj kuchaygan paytda Sada-Olov bayrami (gulxanlarda isinish) kabilarni uyushtirishgan. Miloddan oldin paydo bo’lgan bu bayramlarning barchasi kishilarning tabiiy extiyojlari asosida qaror topgan.
Yilda ikki marotaba bahorgi Navro‘z va kuzgi Mexrjon bayramlarida ota-bobolari arvoxlariga atab is chiqarib, sadaqa va qurbonliklar qilishgan.
Shimoliy Farg’ona cho’ponlari erta bahorda “Navro‘z chumchuq” deb ataluvchi qushning uchib kelishi vaqtiga va uning rangiga e'tibor berganlar: agar u oq rangli bo’lsa, yog’ingarchilik kam bo’ladi, sariq tusli bo’lsa, yomg’ir ko’p yog’adi, deb ta'bir qilganlar.«Navro‘z chumchuk» cho’ponlarning yoz davomida doimiy hamroxlari hisoblanadi. Kuzda o’sha qush xadeb o’zini suruv ichiga uraversa, demak yaqin orada bo’ron turishi ko’zatilgan. Buni yaxshi bilgan cho’pon chorvani tezroq pastga olib tushishga harakat qilgan.
Shuningdek, Ramazon va qurbon xayitlarida, Navro‘z va sumalak sayli, guli armug’on va lola sayli kabi ommaviy xalq sayillarida— palov, sho’rva, chuchvara, shavla, xolvaytar, xalim, sumalak, o’yma, atala kabi o’nlab maxsus marosimiy taomlar tayyorlash an'anasi davom etgan. E'tiborli tomoni shundaki, aynan mazkur marosimlarda tayyorlangan taomlar qatnashchilarning ovqatlanishga bo’lgan biologik extiyojini qondirish vazifasini bajaribgina qolmay, ular tayyorlanishi va iste'mol qilinishi jarayonida ma'lum bir jamoa, urug’, etnos, jinsiy, ijtimoiy va diniy jamoaga vakillarining o’zaro ijtimoiy munosabatlari namoyon bo’lgan. Qolaversa, marosimiy ravishda tayyorlangan taomlarni birgalikda iste'mol qilish odamlar orasida do’stlik, ijtimoiy hamkorlik va qarindoshlik aloqalari jadallashuviga, ayrim hollarda taomning o’zi do’stlik yoki qarindoshlik rishtalari shakllanishiga sabab bo’lgan.
Bahor faslidagi Navro‘z tantanalari arafasida maxsus marosim taomi sifatida sumalak tayyorlash, chalpak yopish kabi udumlar keng tarqalgan.
Sumalak tayyorlash marosimi ayollar, ayniqsa, uy bekalarining ruxiy - ma'naviy ehtiyoji manbai bo’lgan. Ular bu yerda o’z muammolariga yechim topadilar, axborot almashadilar, orzu-umidlari niyatlarining bajo bo’lishini tilaydilar.
Xulosa qilib aytganda, xalqimizning bahor, tabiat bilan bog‘liq marosim va bayramlari boshqa bayramlar orasida o’ziga xos xususiyatlari bilan aloxida ajralib turadi.
Ma'lumki, bahor uyg‘onish fasli, tabiatning yangilanishi, gul - chechaklarning ochilish davridir. Qadimda bolalar avvalo boychechak, so’ng binafsha, qoqigul, tolbargak ochilib, yaproq yozishini nishonlashgan. Bu mavsumiy bayramlarda qizaloqlar tolbarglar, qoqigullardan chambaraklar yasashib, bir-birlarining boshlariga kiydirishgan. Qo’llariga, yenglariga taqishgan. Ular bu bilan tabiat uyg’onishini olqishlagan holda, ayni paytda, gilam, savat to’qish malakasini ham egallab borishgan. Qizchalar turli-tuman lapar, tosh, ip, xalinchak o’yinlari bilan bayram kayfiyatini yanada xush qilishgan. Shaqildoqlarni shaqillatib, gul saylini nishonlashda davom etganlar. Bahor tugab, yoz boshlanishi bilan turfa gullar butun borlikka xushbuy xidlarini tarata boshlagan. Xozirda ham ko’pgina viloyatlarimizda, ayniqsa, Namanganda gul bayramlari o’tkazish yaxshi an'ana tusini olgan.
O‘zbekistonda bahor faslida gulga bag’ishlangan sayillar. Bunday bayramlar tog’ bag’rida, qir-adirlarda, bog’larda o’tkazilgan. Gul bayrami dunyoda keng tarqalgan an'analardan biridir. Ko’pgina mamlakatlarda gullarga bag’ishlangan, jumladan Gretsiyada sunbul, Yaponiyada xrizantema, Fransiyada marvaridgul, Xindistonda atirgullarga bag’ishlangan mahsus bayramlar mavjud.
Har yili ko‘klamda oila a'zolari va yor-birodarlarning lolazorlarga sayil qilishi, lola terib, xursandchilik qilish maqsadida o’tkaziladigan dam olish odati hisoblanadi.
Bu sayillar «qizil gul sayli», «lola sayli», «sumbula sayli», «boychechak», Samarqandda mevali daraxtlar, jumladan bexi gullaganda — «bexi guli sayli» («sayl guli bexi»), Zarafshon vodiysida «boychechak gulgardoni», Buxoroda gullar ochilib, bulbullar sayragan vaqtda — «Gulgardoni bulbulxon» («Bulbul qo‘shig‘i») singari nomlar bilan mashxur bo’lgan;
Gul bayrami shuningdek, yana gul va chechaklar avji ochilgan chog’da istiroxat bog’larida tashkil etiladigan eng yaxshi gul namunalari ko’rigi sifatida ham o’tkazib kelinadi. Bunday ko’riklarni respublikamizning Toshkent, Namangan va boshqa shaxarlarida xar yil o’tkazish an'anaga aylangan. Bu gul bayramida davlat gulchilik xo’jaliklarida yetishtirilgan hamda xususiy gulchilar yetishtirgan gul navlari namunalari namoyish qilinadi. G’oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Biz o’zbek xalqi an'anaviy turmush tarzi bilan bog‘liq qarashlar va marosimlarni o’rganar ekanmiz, gulga bo’lgan o’ziga xos hurmat-ehtiromning turli-tuman udumlar va marosimlarda hozirgacha saqlanib kelayotganligini ko’rishimiz mumkin.
Shunday bayram va marosimlar jumlasiga “Navro‘z ”, “Mexrjon”, “Darveshona”, “Guli armug‘on”, “Lola sayli”, “Qizil gul sayli” kabilarni
kiritish mumkin.
Bahorgi marosimlar silsilasida gul sayllari aloxida muhim o’rin tutadi. Yurtimizning tog’ va tog’oldi xududlarida “boychechak xabari”, “Navro‘z gul sayli”, “lola sayli” marosimlari o’tkazilgan bo’lsa, boshqa joylarda “qizil gul”, “guli surx”, sayllari urf bo’lgan.
O’rta Osiyo xalqlarida an'anaviy tarzda o’tkazib kelingan Navro‘z oldi gul sayllarining eng qadimiysi va keng tarqalgani “boychechak sayli” yoki “boychechak xabari” marosimi hisoblanadi. XX asrning 20-yillarida Zarafshon voxasi bo’ylab o’tkazilgan etnografik ekspeditsiya ishtirokchisi
O.A.Suxareva Samarqand shaxri yaqinidagi tojik qishlog’ida boychechak bilan bog‘liq marosimni kuzatganligini qayd etadi. Uning yozishicha, “Boychechak sayli marosimi yarim o’yin shaklida bolalar ishtirokida o’tkazilgan. Odatda o’g’il bolalar to’p-to’p bo’lib dashtga bahor darakchisi boychechakni tergani borishgan. Boychechakdan kichik-kichik guldastalar yasashib, boychechak qo’shigini kuylaganicha uyma-uy kirib qishloq axlini bahor ayyomi bilan tabriklashgan. Bolalarga peshvoz chiqqan xonadon egalari boychechakni o’pib ko’zlariga surtishib, undan “o’zlaridagi og’irlikdan xalos etishini va o’zining yengilligini berishini” so’rab niyat qilganlar va ularga non yoki quruq mevalar xadya qilganlar”.
O’rta Osiyo xalqlarining boychechak chiqqanda o’tkazadigan marosimlarini tadqiq etgan olimlarning ko’pchiligi boychechak chiqqanligining ilk darakchilari bolalar ekanligini, ular tomonidan o’ziga xos boychechak qo’shig’i kuylanib, odamlarga bahoriy xursandchilik, kayfiyat ulashilganligini qayd etadilar. Etnograf olima O.A.Suxareva Tojikistonning tog’li hududlarida boychechak xabarini faqatgina yosh bolalar emas, balki madrasa talabalari ham qishloq axliga yetkazganligini ta'kidlaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, bahor darakchisi boychechak haqida dastlabki xabarchilar yoshlar bo’lib, ular tabiatdagi ilk uyg’onish davrini, shodiyonalikni o’ziga xos intiqlik bilan kutganligidan dalolatdir.
Yana shunday gul sayli bilan bog‘liq marosimlardan biri “Navro‘z gul sayli” bo’lib, ushbu sayl haqida filolog olim M.Jo’rayev shunday ma'lumot beradi: “XX asrning boshlarida xar yili erta bahorda Toshkent viloyatining Sijjak qishlog’ida o’tkazilgan. Navro‘z guli chiqqanda sijjakliklar tog’larga, bog’-rog’larga Navro‘z qilib chiqishgan. Bu saylda o’yin kulgi qilib, qo’shiq aytishib, yigit va qizlar lapar, o’lan aytishganlar. Qiz-juvonlar, yosh kelinchaklar daladan qizil, sariq, targ’il lolalarni, Navro‘z gullardan terib sochlariga, quloqlariga taqib olishgan. Ajdodlarimiz soch, chakkaga taqilgan gullar kishining serfarzand bo’lishiga magik ta'sir qilishiga ishonganlar”.
Namangan viloyatida ko‘klamdagi birinchi chechak - “gulbarra” ochilganda o’tkazilgan “buk-bukavoy” marosimi haqidagi Ye.M.Pisherovaning ma'lumoti aloxida qimmatga ega. Sariq rangli lolaga o’xshash “gulbarra” ochilganini ko’rgan bolalar dala-qirlarga oshiqishadi. Ular gulbarradan bir dasta terib olib, kichkina tayoqchaning uchiga bog’laydilar va uni ko’tarib uyma-uy yuradilar. Xar bir xonadon eshigini taqillatayotgan paytda “Buk-bukavoy” qo’shig’ini aytib xonadon soxiblariga boylik, davlat va farzand berishi kabi ezgu tilaklarni bildirishgan. Binobarin, xalqimiz turmush tarzida mavjud gul sayllarining aksariyat barcha marosim qo’shiqlarida ijro usuli va matndagi ayrim o’xshashliklar, xonadon soxiblariga ezgu istaklarni bayon qilish, ayniqsa, uy egalariga o’g’il tilashning yetakchilik qilishi, ro’za kunlari bolalar tomonidan aytiladigan “yo ramazon” qo’shiqlariga o’xshab ketishini folklorshunos olim M.Jo’rayev - “yo ramazon” qo’shiqlarining ijro shakli aslida O’rta Osiyo xalqlarining agrar kultlar va o’lib - tiriluvchi tabiatni o’zida mujassamlashtirgan mifologik personajlar bilan aloqador ekanligini hamda islom dini ta'sirida qayta poetik mushoxada etilishi natijasi ekanligi qayd etadi.
Gul bilan aloqador yana bir an'anaviy xalq saylining qadimiy namunalaridan biri “lola sayli” asosan, Farg’ona vodiysida, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarining lola va qizg’aldoqlar ochiladigan tog’li xududlarda o’tkazilgan. An'anaviy lola sayliga chiqish xalqimiz orasida kishilarda tabiatga muxabbat tuyg’usini tarbiyalashda muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lganligi sababli o’zgacha tantana bilan nishonlangan. Binobarin, lola ochilgan paytni tantana qilish udumi jahonning turli mintaqalarida ham mavjud bo’lgan. Masalan, Garbiy yevropada lola ochilgan paytda “may” bayrami o’tkaziladi.
Lola bayramlari va boychechak sayli ayniqsa Farg’ona vodiysida keng nishonlangan. Bolalar «Boychechak» qo’shig’ini aytib, uyma-uy kirib, bahor darakchisining paydo bo’lganligi haqida suyunchi olishgan. Ular boychechakni avvaliga keksalarga berishga intilishgan. Chunki, bu gul ular uchun qadrli bo’lib, qishdan omon-eson chiqilganligidan, yana bahor kelganidan, yangi xayot boshlanganidan darak bergan. Shuning uchun ham keksalar boychechakni ko’zga surtib, «Omonlik-omonlik, xech ko’rmaylik yomonlik, yanagi yil shu kunlarga eson-omon yetaylik», deb yaxshi niyatlar qilishgan. Bayramni xalq tomonidan saylangan «Lolachilar» boshqarganlar. «Lolachilar»o’z do’stlari bilan lola saylining qachon va qayerda o’tkazilishini aniqlab, xalqqa xabar bergan. Bayram maxsus joylarda (sayilgoxlarda) tashkil etilgan. Sayil o’tkazilishidan oldin «lolachi» maxsus daraxt yoki daraxtning chiroyli shoxidan kesib olib, lolalar bilan bezagan. Keyin uni qishloq ko’chalaridan olib o’tgan. Buni ko’rgan odamlar ko’chaga chiqib, ko’ngliga tugib qo’ygan niyatlarini aytib, daraxtlar shoxiga turli mato parchalari, ro’molchalar bog’lashgan. So’ng «lolachilar»ga ergashib, o’yin-kulgi qilib, lolazor tomon yo’l olishgan. Belgilangan joyga kelishganidan so’ng «Gul daraxti» markazga o’rnatilgan va oqsoqollar duosi bilan bayram boshlangan. Bayramning ikkinchi kuni muqaddas mozor va qabristonlar ziyorat qilingan. Bunda erkaklar va ayollar aloxida-aloxida ziyoratgoxlarga borganlar.
Xorazmdagi qizil gul saylida yoshlar o’zlari yasagan guldastalarini qarindosh-urug’lariga, yor-birodarlariga sovg’a qilganlar. Yigit-qizlar bayram boshidan oxirigacha o’z do’ppilariga qizil gul qadab qo’ygan. Bayramning birinchi kuni yigitlar aloxida, qizlar aloxida saf-saf bo’lib tengqurlari bilan bir-birining uylariga borib, ota-onalarini, yoshu qariyalarni bayram bilan muborakbod qilganlar, qo’shiq aytib, raqsga tushganlar. Bayramning ikkinchi kunida xushmanzara joylarda xalq sayillari tashkil etilgan. Sayil davomida «Yor tanlash» marosimi ham o’tkazilgan. Gul sayillarining asosida, asosan, bahor odatiy dehqonchilik yumushlarini boshlanishi yotgan bo’lib, gullarning ochilishi dehqonlarga navbatdagi ziroatchilik mavsumi boshlanganligini anglatuvchi o’ziga xos fenologik taqvim ham hisoblangan. Shu bois Xorazmda «Qizil gul» bayrami boshlangan kuni jo’xori, sholi va boshqa ekinlar urug’i ekilgan. Shuning uchun ham bayram tantanalari qancha yaxshi o’tkazilsa, bahorda dehqonchilik ishlari ham muvaffaqiyatli boshlanib xosil mo’l-ko’l bo’lishiga ishonch biddirilgan.
Etnograf olima Ye.M.Pisherova ma'lumotlariga qaraganda, XX asrning 20-yillarida Qo’qon uezdining Isfara qishlog’ida “lola sayli” o’ziga xos tarzda odatda aprel oyining 10-20 kunlari orasida o’tkazilgan. An'anaga ko’ra “lola sayli”ni o’tkazish kunini dastavval qishloqning obro’li kishilari maslaxatga yig’ilib belgilagan va sayl o’tkazish uchun qulay lolazor joy tanlangan. Shundan sung sershox tol kesib olinib, barglari tozalangandan so’ng, uni daladan terib kelingan lolalar bezatishgan. Ular gullar bilan burkangan daraxt shoxini sayl o’tkaziladigan lolazorning o’rtasiga o’rnatib qo’yishgan. Shundan so’ng “lola sayli” boshlangan va sayl davomida qo’shiqlar kuylanib, lolachi yosh -yalanglar raqsga tushib bayram qilishgan. E'tiborli tomoni shundaki, mazkur saylga qishloqning barcha axli qatnashgan. Saylning birinchi kuni kechgacha davom etib, yakunida lolalar bezatilgan daraxt qishloqqa olib kirilgan va bozor burchagiga o’rnatib qo’yilgan. Saylning ertasi kuni isfaralik ayol va erkaklar gurux-gurux bo’lishib, ayollar Xo’ja Abdulloyi surxi, ya'ni “Qizil Abdulla” avliyo mozoriga, erkaklar esa, Xo’ja Abduloi Kabut-Push mozoriga ziyoratga borishgan. Etnograf olima O.A.Suxaryevaning qayd etishicha, ayollar boradigan “Xuja Abduloi surxi” mozori nomidagi surxi ya'ni, “Qizil” epiteti mozorning Qizil gul bayrami bilan bog‘liq va ayollarning ziyorat vaqtida daryoda cho’milishi odati o’zida diniy marosim xarakterini mujassam etganligini ko’rsatadi.
Etnograf olim Hayot Ismoilov tomonidan yozib olingan dala etnografik materiallarning guvoxlik berishicha, Toshkent viloyatining tog’ oldi xududi Parkentda qizlar ishtirokidagi lola qizg’aldoq sayli, ya'ni “lola sayli” o’tkazib kelingan. Gullar bark o’rib ochilgan paytda qishloq qizlari Parkent kanali bo’yidagi baland tepalikka chiqishib, “lola sayli”ni o’tkazishgan. Saylga qo’shni qishloqlardan ham qatnashchilar kelib qo’shilgan va ular childirma chalib, ashula aytishgan, raqsga tushishgan, lapar, ulanlar ijro etishgan. Ishtirokchi qiz-juvonlarning ko’pchiligi saylga chiroyli va asosan qizil rangli ko’ylak kiyib chiqishgan.
Bahoriy bayramlar tizimiga kiruvchi Respublikaning boshqa yerlarida uchramaydigan gul bayramlaridan yana biri “Guli Armug‘on ” deb ataluvchi sayli Farg’ona viloyati, Oltiariq tumani, Burbalik qishlog’idagi Do’sti xudo pirim ziyoratgoxida ayollar ishtirokida o’tkaziladi. Mazkur sayl bahorning erta yoki kech kelishiga qarab marosimiy tarzda, xar yili mart oyining oxiri aprel oyining boshlarida nishonlangan.
Armug‘on guli marosimi qadimgi “sayli guli surx”, “lola sayli” singari ommaviy bayramlarga o’zining mazmun va mohiyati bilan yaqin turadi. “Armug‘on guli” marosimi saylining o’tkazilishining asosiy mohiyati, kirib kelgan ko‘klam elu-yurtga tinchlik-xotirjamlik hamda qishloq axlining xo’jaligi va dasturxoniga baraka, mo’l-ko’lchilik, risq olib kelishini tilashdir. Bu esa, xalqimizning Navro‘z bayrami bilan aloqador marosimlari sirasiga kiradigan an'anaviy gul sayllari singari, “guli armug‘on” sayli ham agrar kultlar va xosildorlik g’oyasini o’zida mujassamlashtirgan qadimiy bayramlaridan biri ekanligini ko’rsatadi.
Folkorshunos olim M. Jo’rayev Namangan viloyatining Chust tumaniga qarashli Toshqo’rg’on, Mashxad qishloqlarida xar yili may oyida o’tkaziluvchi “sumbula sayli” O’rta Osiyo xalqlari mifologiyasida o’lib tiriluvchi tabiat timsoli sifatida tasavvur qilingan Siyovush bilan bog‘liq xolda kelib chiqqanligini ta'kidlaydi.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, an'anaivy gul bayramlari va marosimi qishloq axlining tabiat bilan ham fikr bo’lishga intilishi, mashaqqatli mexnat evaziga yetishtirilgan xosilning tabiiy ofatlar tufayli nobud bo‘lishi va tabiatning noma'lum kuchlari ta'siridan qo‘rquv, ulardan qutilish choralarini izlash shuningdek, oddiy xalq xayotidagi maishiy va shaxsiy muammolar, ya'ni iqtisodiy axvolni yaxshilash, farzand ko’rish, biror bir kasallikdan xalos bo’lish kabi individual muammolar qator magik marosimlarning bajarilishiga asos bo’lgan.
Boychechak sayli bu erta ko‘klamda adirlarda, tog’ va dalalarda qor erishi bilan boychechak unib chiqqanda bolalar ana shu gullarni terib olib uyma-uy olib yurishlari udumidir. Mamlakatimiz xududida an'anaviy tarzda o’tkazilib kelingan gul sayillarining eng qadimiysi va keng tarqalgani “Boychechak sayli” yoki “Boychechak xabari” marosimi hisoblanadi. Zarafshon daryosi sohilida istiqomat qiluvchi aholi xar yili erta ko‘klamda ilk boychechaklar ochilishi bilanoq “Boychechak gulgardoni” nomli an'anaviy sayilni o’tkazish uchun dala-qirlarga oshiqishgan.
XX asrning 20-yillarida Zarafshon voxasi bo’ylab o’tkazilgan etnografik ekspeditsiya qatnashchisi O.A.Suxareva Samarqand shahri yaqinidagi qishloqlardan birida boychechak bilan bog‘liq marosimni ko’zatishga muvaffaq bo’lgan. Uning yozishicha, “boychechak chiqqanligining ilk darakchilari bolalar xisoblangan. Odatda, o‘g‘il bolalar to’p-to’p bo‘lishib dalaga chiqishadi va qor ketgan ungirlarda ochilib yotgan boychechaklarni terishadi. Ular bahor nafasi ufurib turgan boychechaklardan jajjigina guldasta yasashib, qishloqka qaytib kelishadi va boychechak qo’shig’ini kuylagancha uyma-uy kirib chiqishadi. Keksalar, kasalmand kishilar boychechakni ko’zlariga surtishib, bolalarga non, qand, shirinlik xadya etadilar”.
“Boychechak sayli” yoki “Boychechak xabari” marosimi qadimdan Navro‘z oldi shodiyonalaridan biri sifatida utkazib kelingan. Ba'zi joylarda bolalar bir dasta boychechakni uzun xodaning uchiga bog’lab olganlar va uni ko’tarib qishloq aylanganlar. Boychechak chiqqanligi qish-qirovli kunlar ortda qolib, ko‘klam yaqinlashganligini anglatgan. Shuning uchun keksa va kasal odamlar bolalar olib kelgan boychechakni yuz -ko’zlariga surtib, undan yaqinlashayotgan bahor xidini tuyganlar. Sog‘-omon Navro‘zga yetib kelganliklariga shukrona aytib, “Omonlik, omonlik, xech ko’rmaylik yomonlik, yanagi yil shu kunlarga eson-omon yetaylik og’irlik yerga, yengilligim o’zimga”, deganlar.
XX asrning boshida Toshkent shaxrining Beshyog’och daxasida boychechak ochilishi bamisoli bayramga aylanib ketgan. Bolalar 8 - 10 nafar bo’lib, boychechak terishgan va ko’chama-ko’cha yurib, yoshi ulug’ kishilar va ko’pdan buyon betob bo’lib yotgan maxalladoshlariga boychechak olib borishgan. Boychechak ko’targan bolalar xar bir uy oldiga kelganda:
Boychechagim boylandi,
Qozon to’la ayrondi,
Ayroningdan bermasang,
Qozon-tovoging vayrondir.
Qattiq yerdan qazilib chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Boychechakni tutdilar,
Tut yog’ochga osdilar,
Qilich bilan chopdilar,
Baxmal bilan yopdilar.
Qattiq yerdan qazilib chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak, - deb qo’shiq aytganlar. Mabodo uy egasi biror yumush bilan band bo’lib, xadeganda “boychechakchi”lar huzuriga chiqavermasa, bolalar:
Ovratmang, ovratmang,
Bolalarni jovratmang! -deyishgan.
Toshkent viloyatining tog’ oldi qishloqlarida esa “Boychechak sayli” o’ziga xos tarzda o’tkazilgan. Folklorshunos Sh.G alievning ma'lumotlariga ko’ra, dasta-dasta boychechak terib olgan bolalar to’p-to’p bo’lishib qishloq aylanishgan va xar bir xonadon eshigi oldiga brogan.

Har bir mamlakatning bayram va shodiyonalari o‘zida mana shu xalqning tarix mobaynida erishgan yutuqlari va bosib o‘tgan yo‘lini mujassam ettiradi. Bugungi kunda O‘zbekistondagi bayramlar xilma-xil bo‘lib, ular davlat, diniy, kasbiy va xalqaro kabi turlarga bo‘linadi. Mazkur bayramlar hukumat tomonidan dam olish kuni sifatida e'lon qilingan.


1 Yanvar – Yangi yil. Yangi yil bayrami Yuliy kalendariga asosan
1-yanvar kuni nishonlanadi.
14 Yanvar – Vatan himoyachilari kuni. O‘zbekiston qurolli kuchlar bayrami g‘urur va iftixor bilan o‘tadigan va keng nishonlanadigan bayram.
8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni. Nazokat, nafosat, go‘zallik, sevgi bayrami hisoblangan Xalqaro xotin-qizlar kuni ham O‘zbekistonda ommaviy tarzda nishonlanadigan bayram hisoblanadi.
21 Mart – Navro‘z bayrami. Mazkur bayram mintaqada uch ming yildan buyon sharq yilnomasiga muvofiq yangi yilning kirib kelishi sifatida nishonlanib kelinmoqda.
9 may – Xotira va qadrlash kuni. Shu kuni qariyalar holidan xabar olinadi, qabristonga borilib, u yerlar obod qilinadi, o‘tganlarning yorqin xotirasi esga olinadi.
1 sentabr – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni. O‘zbekistonning rasmiy milliy bayrami. O‘zbekiston Respublikasining Mutaqillik kuni 1991 yilning 31 avgustida e'lon qilingan va har yili
1 sentabr kuni nishonlanadi.
1 oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni. O‘quvchilar o‘zlarining ustoz va murabbiylarini bayram bilan tabriklaydilar va bu bayram ta'lim muassasalarida mamlakat miqyosida nishonlanadi.
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Shak-shubhasizki, mazkur kun O‘zbekistonni suveren va demokratik davlat bo‘lib shakllanishi, rivojlanishida muhim o‘rin tutgan kun hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekbarda qabul qilingan. Shuning uchun ham har yili ushbu kun alohida bayram sifatida nishonlanadi.
Shuningdek, “Iyd al- Fitr” va “Qurbon Hayit” kabi diniy bayramlar ham bo‘lib, ularning sanalari har yili har xil vaqtga to‘g‘ri keladi. Mazkur bayramlar butun islom olamida ommaviy tarzda nishonlanadi. Bu bayramlar Islom olamida keng nishonlanadi.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin