Adabiyotlar ro’yhati
O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi (X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, K.Imomov). Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1980 yil.
H.Zaripov. Fozillar fazilati. 1969 yil.
M.Qodirov. O’zbek xalq og’zaki dramasi. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1963 yil.
M.Afzalov. O’zbek xalq ertaklari haqida. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1974 yil.
B.Sarimsoqov. O’zbek adabiyotida saj`. Toshkent, 1978 yil.
M.Qodirov. Masxaraboz va qiziqchilar san`ati. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1971 yil.
M.Qodirov. Xalq qo’g’irchoq teatri. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1972 yil.
G’.Jaxongirov. O’zbek bolalar fol’klori. Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti, 1975 yil.
7-mavzu: Tadbirlarni tashkil etishda ijodiy va tashkiliy jarayonlar uyg‘unligi
Режа:
1.Ijodiy ishlar (ssenariy yaratish, sahnani bezash, aktyorlar, boshlovchilar, ijodiy guruhlar bilan, matn ustida ishlash), ijodiy ishlarni amalga oshirish uchun qilinadigan tashkiliy ishlar (sahna bezagi, tomoshabinlar joylashuvi, taklifnoma, dastur tayyorlash va h.k.)
Badiiy-ommaviy tadbirlar nazariyasini o`zlashtirishda ularning mohiyati va ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o`rnini bilish muhim bo`lganidek, ularning o`ziga xos bo`lgan printsiplari va funktsiyalarini (vazifalarini) ilmiy asosda o`rganish ham katta ahamiyatga egadir.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning o`ziga xos printsiplari ularni tashkil qilishda yo`l-yo`riqlar ko`rsatadigan asosiy manbadir.
Printsip – bu «nazariya, ta`limot, fan va shu kabilarning asosiy qonun-qoidasi»; «faoliyat uchun asos qilib olinadigan qonun-qoidasi». Printsip – bu amal qilinishi lozim bo`lgan nizomdir.
Badiiy-ommaviy tadbirlar ideologiya ishining, madaniy-ma`rifiy faoliyatning bir qismi bo`lgani sababli ular, eng avvalo, umumiy ideologik printsiplarga bo`ysunadi. Bular quyidagilardan iborat:
G`oyaviylik va xalqchillik printsipi.
Ilmiylik printsipi.
Hayot, qurilish amaliyoti bilan bog`lanish printsipi.
Jangovarlik printsipi.
Aholining har xil gruppalariga, tabaqalariga
differentsial yondashish printsipi.
Bu umumideologik printsiplar barcha ideologiya ishini olib boradigan madaniyat va san`at muassasalari faoliyatida, jumladan, badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilishda ham bosh nizom rolini bajaradi.
SHu bilan birga, madaniy-ma`rifiy ishlarning jumladan, ommaviy tadbirlarning o`ziga xos printsiplari mavjud. Ular madaniy-ma`rifiy ishlarning mohiyati, hayotda o`ynaydigan roli asosida vujudga keladi. O`z navbatida, bu o`ziga xos printsiplar madaniy-ma`rifiy ishlarning asosiy vazifalarini hamda barcha ish shakllarining tashkil qilish qonuniyatlarini vujudga keltiradi.
Madaniy-ma`rifiy ishlarning, jumladan, badiiy-ommaviy tadbirlarning o`ziga xos printsiplari quyidagilardan iborat:
Ommaviylik va ixtiyoriylik printsipi. Madaniy-ma`rifiy muassasalarda tashkil qilingan tadbirlarga kelish ixtiyoriydir. Tadbirlarga hech kimni majbur qilib qatnashtirib bo`lmaydi. Mehnatkashlar ko`ngliga yoqqan tadbirlarni tanlashlari va ularning qatnashchilari bo`lishi mumkin. Tadbirlar ommabop va hamma uchun qiziqarli bo`lmog`i shart. Bunga erishish uchun tashkil qilinadigan tadbirlar yuqori saviyada hamda aholinnng asosiy ma`naviy ehtiyojlari va talablariga javob beradigan bo`lmog`i lozim.
Jamoatchilikning tashabbuskorligi va havaskorligi printsipi. Tadbirlar faqat mahalliy aholi uchun va ularning ishtiroki bilan tashkil qilinadi. Professional kollektivlarda tomoshalar professional ijrochilar – aktyorlar, solistlar, raqqosalar bilan tayyorlansa, madaniy-ma`rifiy muassasalarda tadbirlarning qatnashchilari, a`zolari, asosan, jamoatchilik tashabbuskorlari va havaskorlardan tashkil topadi. SHuning uchun ham tadbirni uyushtirishda halq orasidan chiqqan tashabbuskor kishilarni hamda badiiy havaskorlik kollektivlarining a`zolarini keng jalb qilmoq va ularning faoliyatidan samarali foydalanmoq kerak.
SHaxsning ma`naviy qiyofasini boyitish va o`stirish printsipi. Ma`lumki, kishi asosiy ish jarayonida va undan tashqari vaqtda o`zining ehtiyojini har tomonlama qondira olmaydi. Bu borada madaniy-ma`rifiy muassasalar, jumladan, ularda o`tkaziladigan rang-barang tadbirlar ham yordam berishi mumkin. Buning uchun aholining asosiy ishdan tashqari bo`sh vaqtlarida qaysi faoliyat bilan shug`ullanishi, qanday sohalarga qiziqishi va nimalarga ehtiyoji borligini aniqlab, muayyan talablar asosida, maxsus tadbirlar tashkil qilish lozim.
Axborot va badiiylikni (informatsion mantiq va emotsional obrazlilikni) uyg`unlashtirish printsipi. Madaniy-ommaviy tadbirlarda ommaga ma`lum darajada axborot va bilim beriladi. Ular aholini ko`proq qiziqtirish uchun tushunarli, badiiy barkamol va ta`sirchan bo`lishi kerak. Buning uchun tadbirda axborotni ko`proq badiiy-emotsional obrazli shaklda, ta`sirchan vositalardan keng foydalangan holda ommaga etkazish lozim.
Dam olish jarayoni mazmunini go`zallashtirish printsipi. Tadbirlar, asosan, mehnatkashlarning asosiy ishidan holi vaqtida tashkil qilinadi hamda ularga maxsus dam olish shakllari havola etiladi. Mehnatkashlarning yaxshi hordiq chiqarishi uchun tadbirlarni estetik boyitish, go`zallik qonunlari asosida uyushtirish lozim. Tadbir o`tkaziladigan joyni ham, uyushtirilayotgan tadbir shaklining o`zini ham, undagi mazmun, harakat va so`zlarni hyam ko`rkam, go`zal, badiiy-estetik bezash katta samara beradi.
Yuqorida qayd etilgan umumideologik va madaniy-ma`rifiy ishlarning o`ziga xos printsiplarini ijodiy o`zlashtirish badiiy-ommaviy tadbirlar tashkilotchilari uchun bosh ilmiy qurol bo`lib xizmat qiladi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning asosiy funktsiyalari ularning umumiy va o`ziga xos printsiplari asosida vujudga keladi.
«Funktsiya» deganda, biron muassasaning, kimsaning yoki narsaning faoliyat doirasida bajariladigan vazifalarini tushunamiz.
Har bir davlat muassasaning o`ziga xos bajaradigan ish doirasi mavjud bo`lganidek, madaniy-ma`rifiy mussasalarning ham o`ziga xos shug`ullanadigan faoliyati va vazifalari bor. Badiiy-ommaviy tadbirlar madaniy-ma`rifiy muassasalarning asosiy sohalaridan biri bo`lgani uchun, eng, avvalo, ularning funktsiyalari o`ziga xos tartibda ijodiy yondashilgan holda bajarilmog`i lozim.
Madaniy-ma`rifiy muassasalar o`z ish faoliyatida quyidagi asosiy funktsiyalarni (vazifalar) bajaradi:
Ommaga uzluksiz ta`lim berish, ularning bilimini doimiy va muntazam oshirish.
Ommani havaskorlik ijodiga jalb qilish, ularning madaniy ijtimoiy aktivligini va tashabbuskorligini oshirish.
Mehnatkashlarning dam olishini mazmunli uyushtirish.
Bu funktsiyalar madaniy-ma`rifiy muassasalarning barcha faoliyatlari va sohalari uchun umumiydir. Lekin uning har bir faoliyatida bu funktsiyalardan o`ziga xos tarzda foydalaniladi. Ba`zi bir faoliyatda masalan, xalq universiteti faoliyatida lektsiyani og`zaki agitatsiya va propaganda ishlarini uyushtirishda birinchi funktsiya boshqa xil faoliyatda (masalan, havaskorlik ijodini rivojlantirishda), ikkinchi funktsiya, yana ba`zi birlarida, jumladan, badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilishda uchinchi funktsiya muhim o`rin tutadi.
Bu funktsiyadan badiiy-ommaviy tadbirlarda, uning mohiyatidan kelib chiqib, o`ziga xos tartibda foydalaniladi. Ular quyidagicha:
Mehnatkashlarning dam olishini tashkil qilish funktsiyasi. Ma`lumki, mehnatkashlar ommaviy tadbirlarga ko`pincha ishdan keyin charchagan holda kelishadi. SHu sababli barcha tadbirlar ular uchun mazmunli dam olish vazifasini o`tashi kerak. Agar barcha tadbirlar ommaning dam olishi, badiiy-estetik zavq olishi uchun sharoit yaratib bersa, maqsadga muvofiq ish qilindi, deb aytish mumkin.
Madaniy-ma`rifiy muassasalarning boshqa funktsiyalari, ya`ni ommaga bilim berish hamda havaskorlik ijodini tashkil qilish kabi ommaviy tadbirlarda mehnatkashlarning dam olishiga bevosita bog`liq holda olib boriladi.
Ommaga axborot va bilim berish funktsiyasi. Bu o`ziga xos funktsiya madaniy-ma`rifiy muassasalarning faoliyatiga xos birinchi funktsiyaning ommaviy tadbirlarga moslab o`zgartirilgan ko`rinishidir. Badiiy-ommaviy tadbirlarda uzluksiz sistemali ta`lim va bilim berish murakkab jarayondir.
Uzluksiz ta`lim berish jarayonini og`zaki agitatsiya va propagandaga xos shakllar, jumladan, xalq universiteti mashg`ulotlari, lektoriylar, tematik o`qishlar vositasida bajarish mumkin. Bu vazifani badiiy-ommaviy tadbirlarning shakllaridan biri – og`zaki jurnallar ham bajarishi mumkin, qolgan barcha madaniy-ommaviy tadbirlarda mavzuga xos axborot va bilim berish mumkin. Badiiy-ommaviy tadbirlarda axborot va bilim berish jarayonining eng asosiy talabi shundaki, unda siyqasi chiqqan, hammaga ma`lum bo`lgan bilimlardan qochib, yangi va original axborotlardan foydalanish kerak. Bunday ma`lumotlardan foydalanish uchun maxsus spravochniklar, entsiklopediyalar hamda muassasa, kolxoz-sovxoz va shaxsiy arxiv materiallariga murojaat qilib, ular asosida tadbir tayyorlanishi yaxshi samara beradi.
Dostları ilə paylaş: |