Adabiyotlar ro’yxati O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi (X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, K.Imomov). Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1980 yil.
H.Zaripov. Fozillar fazilati. 1969 yil.
M.Qodirov. O’zbek xalq og’zaki dramasi. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1963 yil.
M.Afzalov. O’zbek xalq ertaklari haqida. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1974 yil.
B.Sarimsoqov. O’zbek adabiyotida saj`. Toshkent, 1978 yil.
M.Qodirov. Masxaraboz va qiziqchilar san`ati. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1971 yil.
M.Qodirov. Xalq qo’g’irchoq teatri. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1972 yil.
G’.Jaxongirov. O’zbek bolalar fol’klori. Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti, 1975 yil.
6-mavzu: Ijrochilar va badiiy jihatlar ustida ishlashning o‘ziga xosligi Режа:
1.Ijrochilar (aktyor, boshlovchilar, musiqachi, rassom va h.k.) va badiiy jihatlar (matn, sahna bezagi, musiqa va shovqin, dekoratsiyalar) ustida ishlashning o‘ziga xosligi.
2.Ijodiy guruhlar bilan ishlash.
3.Repititsiyalarni tashkil etish usullari.
Xalq og’zaki ijodida bolalar fol’klori va uning ijro yo’llari, mavzu doirasi haqida ma`lumot. Bolalar fol’klori, janr turlari, qo’g’irchoq teatr iva masxarabozlar teatrining xalq og’zaki ijodida tutgan o’rni, ularning tili va badiiy xususiyatlarini yoritib berish. Ko’rgazmali o’quv qurollari, fol’klorshunos olimlarning bolalar fol’klori janrlariga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari, risola va monografiyalarini talabalarga namoyish qilish. Blits so’rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa test sinovlari. Bolalar tomonidan yaratilgan og’zaki ijod namunalari bolalar fol’kloriga kiradi. Ba`zan bolalar uchun kattalar ham bolalar fol’klorini yaratganlar. Bular «Alla» qo’shiqlari, ertaklar, tez aytishlar, topishmoqlar, o’yin qo’shiqlari, o’yinlar, ermaklar va boshqalar. Bolalar o’yinlari va o’yin bilan aytiladigan qo’shiqlarning ko’plari yil fasllari bilan bog’langan. «Boychechak», «Oftob chiqdi olamga», «CHittigul», «Laylak keldi, yoz bo’ldi», «Qurbaqa», «Qaldirg’och» singari qo’shiqlarni bolalar tom boshlarida, dalalarda, qishloq ko’chalarida aytishadi. Ular bahorning kelishi, qushlarning uchib kelishi, suvlarda qurbaqalarning paydo bo’lishi bilan bog’liqdir. «YOmg’ir yog’aloq» qo’shig’i esa, dehqon bolalarini quvontirgan bahor yog’irini yog’ishini tasvirlaydi. Bolalar yilning hamma faslida o’yin bilan shug’ullanadilar. O’yin ham, qo’shiqlar ham bolalarning aqliy ham jismoniy kamolotga etishiga yordam beradi. Bolalar qo’shiqlari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, ularning intizomli, jasur va boshqa ijobiy sifatlarini tarbiyalaydi. Xalq og’zaki ijodida bolalar qo’shiqlari ham marosim va urf-odatlar bilan bog’liq bo’lgan. SHulardan biri «Boychechak»dir. Bu qo’shiqda bolalar boychechak o’simligini dala-qirlardan qidirib topgach, hovlima-hovli yurib qo’shiq aytganlar. Xonadonlar esa, qo’shiq aytgan bolalarni turli xil emishlar bilan ziyofat qilganlar.
Ijodkor xalq badiiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuchi va jozibasiga qadim zamonlardanoq ishongan. U o’zining eng noyob asarlarini so’z mo’`jizasi bilan bunyod keltirgan.
Bolalar fol’klori kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosini uyg’unlashuvi oqibatida yuzaga kelagan o’yinlar, qo’shiqlarning butun bir tizimi tarzida tarkib topgan Bolalar fol’klori bolalarda eng yaxshi fazilatlarni- vatanparvarlik, mehnatga muhabbat, kishilarga ishonch, do’stlarga sadoqat tuyg’ularini ekattalar bilan birga tabiat stixiyalariga qarshi kurashish va ularni engish malakasini tarbiyalaydi. Bolalar fol’klorini yaratishda kattalar ham bolalar ham baravar hissa qo’shishgan. Kattalar bolalarni erkalash she`rlarini yaratishganki, alla, aytim, olqish, ovutmachoq, qiziqmachokq, singari erkalash xususiyatlariga ega bo’lgan bu janrlar onlaik fol’klari tarzida ifodalangan.
Onalik fol’klori keng ma`nodagi tushuncha bo’lib, poetik namunalarda erekalash xususiyati etakchidir. SHu mantikka asoslanib, onalaik folb’ekloiridva poetik asarlar silsilasini nasriy asarlar guruhidan ravshanroq ajratish niyatilda onalarni erkalovchi she`orlari deb ham atash mumkin. O’z navbatida erkalash she`riyatiga mansub namunalarning ijro maqsadi, urni va bola yoshi, saviyasiga ko’ra guruhlarga bo’ltnadi. Birinchi guruhga mansub qo’shiqlar bolaning beshikdagi davri bilan chambarchas bog’liq. SHuning uchun ularni beshik qo’shiqlari deyishadi. Allalar, aytimlar, olqishlar, ana shunday xususiyatlarga ega. Beshik qo’shiqlari bola uch yoshga to’lgunga qadar aytiladi. Allalar-ijtimoiy estetik qiymatiga ko’ra birinchidan-bolalarni uxlatishdan iborat., ikkinchidan- tarbiyaviy estetik mohiyat kasb etishdan iborat. Beshik qo’shiqlarida eng ko’zga ko’rinadigan mavzu- bola ta`rifi. Ona o’z bolasina o’zibilgan yaxshi so’zlar bilan ta`riflaydi.
Quzi boqqan qo’y etsin,
Topganimga to’y etsin .
To’y-to’ylarga ulansin,
Davlat boshingga urnashsin.
Alla-yo, alla.
Ikkinchi guruhga oid qo’shiqlar bola tug’ilganidan to 10-11 yoshga to’lgguncha ijro etiladigan aslida beshik bilan bog’lanmagan onalik mehri tarovatidan yuzaga kelgan badihalardir. Bular suyish qo’shiqlari bo’lib, erkalatmalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlardan tarkib topgan
Aytim-olqishlar erkalovchi ruhdagi rasm-rusum bo’lib, aksariyati, asosan, bolalarning beshik davriga oid turlm tuman marosimlarda ijro etiladi. CHaqoloq beshikka solinganda, cho’miltirilganda, birinchi qadamini bosganda, sochi birinchi olinganda, bola sha`nigasiriq tututilganda,xullas shunday rasm rusumlarning mazmuniga yarasha aytim olqishlari mavjud. Bolaga yangi kiyim kiydirish qutlovigv aylangan quyidagi aytim-*-olqishga e`tibor berish lozim.
San bir yillik,
Man ming yillik,
Kiya-kiya to’zdiraylik,
Dugonalarimdan uzdiraylik.