Ssenariynavislik va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish fanining



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə18/29
tarix06.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#141723
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
сенрий 3 курс (2)

Tayanch iboralar: Repertura tanlash, manzara, kam voqeali parcha, ko`p voqeali parcha, to`liq asar, murakkab parcha, to`liq janrli parchalar, muntazam mashg`ulot, adabiy kompozitsiya, ilmiy ma`ruza, ilmiy ahborot, ijrochining o`z ustida ishlashi.


Nazorat uchun savollar:
1.Repertura so`zini qanday tushunasiz?
2.Repertuar tanlashda nimalarga e`tibor berish kerak?
3.Kam va ko`p voqeali parchalar ustida ishlash nima degani?
4.Turli janrli va to`liq asar haqida ma`lumot bering.
5.Murakkab parchalar deganda nimani tushunasiz?
13-mavzu: Tadbirlarni tashkil etishda repertuar tanlash xususiyatlari.
Reja:
1.Repertuar tushunchasi.
2.Tadbirlar uchun teatr, konsert, musiqa, raqs, cholg'u va boshqa ijodiy jamoalar repertuarini tanlash va ulardan foydalanish mexanizmi.
Slaydda tayyorlangan qatag'onlar hayotiga oid hujjatlar asosida tayyorlangan tasvirlar aktyorlar ijrosi bilan uyg'unlashib ketadi va yagona kompozitsiyaga ega bo'ladi. Namoyish qilish metodi tadbir mazmunidagi voqealarning obrazli tasvirini ko'rgazmali shaklda auditoriyaga yetkazishga yordam beradi. Bunda barcha ma'lumotlar obrazli kuzatish (ko'rish) orqaii qabul qilinadi. Namoyish qilish metodi, asosan, ta'sirchan vositalar oraqli bajarilib, unda voqealar yoki kecha qahramonlarining hayotiga oid ma'lumotlar hujjatli, real aks ettiriladi. Masalan, portret kechasida ma'lum kishining hayoti va mehnati suratlar, filmlar, hujjatlar orqaii ko'rgazmali namoyish qilinadi. Bu esa berilgan ma'lumotlarni emotsional-obrazli idrok etishga yordam beradi va ular haqidagi taassurotlarni uzoq vaqt esda saqlab qolishga imkon beradi.
Hammamizga ma'lumki, madaniy tadbirlar kishilarning ishdan bo'sh, dam olish vaqtida ijodiy jarayonga qo'shilishi natijasida vujudga keladi. Eng awalo, havaskorlar o'zlarining ishdan bo'sh vaqtlarida ijodiy jarayonga tadbir tayyorlashadi va buning natijasida keng ommani hordiq chiqarishga, qolaversa, ulami ham ijodiy faoliyatga tortishadi. Shuning uchun hordiq chiqarish va ijodiy jarayonga qo'shilish metodlarini bir-biridan ajratish qiyin.
Madaniy tadbirlarni tashkil etish ko'p repititsiyalar asnosida amalga oshiriladi. Tadbirni tayyorlash uchun havaskorlar tashkilotchi boshchiligida ko'p mashq qilishadi. Bu jarayonni tashkil qilish uchun ham alohida metod, ya'ni mashq qilish metodi kerak. Bu metod boshqa metodlardan shu bilan farq qiladiki, u faqat tadbirni tayyorlash jarayonida qoilanadi. Shuni unutmaslik kerakki, mashq qilish metodi, asosan, tadbir tayyorlovchi rejissyorning havaskorlar bilan ishlash jarayonida amalga oshiriladi Biroq bu metod faqat birgina tadbir tayyorlash uchun kerak li harakatlarni va so'zlarni o'zlashtirish uchun zarur bo'lib qolmaydi, balki har bir mashq jarayonida havaskorlar madaniy tadbirlar sohasiga oid bilimlarni o'zlashtirishi, so'z va harakat mahoratim amaliy o'rganishi, o'z qobiliyatim o'stirishi lozim. Bu boradagi qonun-qoidalami chuqur anglagan va o'zlashtirgan kishilargina ijodiy faoliyat ko'rsata oladi. Hordiq chiqarish va ijodiy jarayonga qo'shilish metodlari ichida auditoriyani faollashtirish va ommani tadbir qatnashchisiga aylantirish metodi muhim o'rin tutadi. Chunki bu jarayonlarsiz tadbir qatnashuvchilari passiv tomoshabinlarga aylanib qoladi. Buning natijasida ular na yaxshi hordiq chiqarishadi va na ijodiy jarayonga qo'shilishadi.
Tadbir auditoriyasini faollashtirish barcha sanab o'tilgan metodlardan samarali foydalanish natijasida ham o'z-o'zidan vujudga kelishi mumkin. Tadbir voqealarini yaxshi bayon etish, diqqatga sazovor ma'lumotlarni namoyish qilish, namunaviy faoliyatlarni aks ettirish, ilg'orlarni ma'naviy taqdirlash, qoloqlarni tanqid qilish va mazmunni ishonarli qilib ko'rsatish kabi holatlarning samarali bajarilishi ommani so'zsiz faollashtirib yuboradi. Lekin shu bilan birga, ommaviy tadbirlarda maxsus faollashtirish metodi ham qo'ilamshi mumkin. Buning uchun tadbir qatnashchilaridan intervyu olish, ular bilan savol-javob uyushtirish, ba'zilarni so'zga chiqarib, fikrini bilish, viktorina uyushtirish va boshqa shu kabilarni bajarish mumkin. Ba'zi sahnaviy harakatlarni zal, omnia ichiga ko'chinsh ham auditoriyani faollashtirishga ko'maklashadi. Shuni unutmaslik keiakki, faqat aktiv auditoriya tadbir qatnashchisiga aylanishi mumkin. Tadbir qatnashchisiga aylantirish metodi - bu oliy va eng samarali metod hisobianadi. Mazkur usulni bajarish uchun ham boshqa barcha metodlardan samarali foydalanish bilan birga, maxsus harakatlardan foydalanish ko'zda tut i lad i. Masalan, auditoriya ichida ashulalar aytish, ommaviy raqslar tashkil qilish, xalq o'yinlaridan foydalanish, umumiy qarorlar qabul qilish va boshqa harakatlar, so'zsiz, auditoriyani tadbir qatnashchisiga aylantirib yuboradi.
Har qanday tadbirni tashkil etishda rahbardan juda katta mehnat talab qilinadi Shu o'rinda aytib o'tish joizki, tashkiliy ishlar ijodiy ishlar bilan bir xil darajada turadi. To'g'ri, ijodiy sharoitlarning ham o'ziga xos ishlash uslublari bor, ammo mana shu ijodiy jarayonni amalga oshinshning tashkiliy tomonlarim hisobga olish muhimdir. Oddiy misol qilib oladigan bo'lsak, bitta musiqiy nomerni sahnaga olib chiqish uchun ham unga bir qancha tashkiliy ishlarni amalga oshirish kerak bo'ladi, masalan, ansambl uchun joy tayyorlash, mikrofon qo'yish, xonanda va musiqachilar uchun liboslar tan lash va h.k. Madaniy tadbirlami uyushtirishnmg o'ziga xos xususiyatlari faqat uning o'ziga mansub tashkil etish metodlarini talab qiladi. Tashkil qilish metodlari deganda, tadbirni vujudga keltirish uchun qoTlaniladigan usul, uslub va vositalardan foydalanish yo'llari tushuniladi. Qisqa qilib aytganda, bu metodlar ta'sirchan vositalardan foydalanish usullari bilan ko'proq bog'liqdir.
Hozirgi kunda o'tkazilayotgan madaniy tadbirlarda eng faol ishlatiladigani - bu illyustratsiyalash metodidir. Bu metod -tadbirdagi so'z mazmuniga (boshlovchilar matni, boshqaruvchilar fikn va boshqalar) va maqsadiga mos keladigan turh-tuman badiiy ham da san'at vositalaridan foydalanishdir. Bunda foydalaniladigan vositalarning sintezlashib, bog'lanib ketishi shart emas. Illyustratsiya1ashtirilgan tadbirda asosiy urg'u og'zaki so'zga beriladi. Boshqa badiiy materialliar esa uni kuchaytirish va to'ldirish uchun xizmat qiladi. Muzika, qo'shiq, raqs, she'r, monolog, proza, kinokadrlar va boshqa vositalardan illyustralsiya sifatida foydalaniladi.
Ilyustratsiyalashtirish metodi sof ilmiy tadbirglarda ham qo'llash mumkin (odatda, ilmiy tadbirlar ko'proq ma'ruza shaklida bo'ladi). Masalan, leksiyani illyustratsiyalashtirish, ya'ni unga konsert nomerlarini yoki kinolardan lavhalar qo'shish natijasida leksiya-konsert yoki kino-leksiya vujudga kelishi mumkin.
Madaniy tadbirlarni tashkil etishda bir usul borki, bu usul tadbirni to'laqonii g'oyaviy jihatdan toiiq yoritilishiga, mavzuni aniq tushunishga, y or dam beradi. Bu - teatrlashtirish deb ataladi. Teatrlashtirish - teatr dramaturgiyasi qonuniyatlariga asoslanib, ma'lum voqea asosida amalga oshiriladi. Bu metod alohida maqsadga qaratilgan, badiiy obrazli tashkil etilgan, teatr qonuniyatlari asosida, dramaturgiya talablariga javob bera oladigan tadbirlarda o'z ifodasini topadi. Bunda tadbir jarayonida qo’llaniladigan barcha g'oyaviy emotsional vositalar bamda og'zaki chiqishlar kompleks tarzda birlashadi va yagona syujet liniyasini vujudga keltiradi. Teatrlashtirilgan tadbirlaming alohida qismlari mexanik tarzda birlashmaydi, balk i organik tarzda sintezlashadi. Bu qismlar endi na faqat tadbir temasi va g'oyasi asosida, balki kompozitsion holda ham birlashadi. Ko'p joylarda madaniy-ma'rifiy ishlar tashkilotchilarming tipik xatosi shundan iboratki, ular tadbirlarda, asosan, dramatik lavhalardan hamda boshqa san'at vositalaridan. ashula va raqslardan foydalanib, uni «teatrlashtirilgan shakl» deb nomlashadi Bu, albatta, teatrlashtirish metodini qo'ilash talablaridan biridir.
Teatrlashtirilgan tadbirlar yagona g'oyaviy-badiiy sujet va kompozitsion tuzilishga ega bo'lishlari kerak. «Kompozitsion tuzilish» (lotincha «qurmoq»- asar qismlarining tuzilishi, mantiqiy joylashishi va uning ozaro bog'lanishi, degan ma'noni anglatadi) o'z ichiga quyidagilarni oladi:
- prolog (voqea laming boshlanish qismi, adabiyotda ekspozitsiya, kirish yoki muqaddima);
- (asardagi tub burilish yasaydigan qismi);
- voqealar rivojlanib borgan sari u kuiminatsion nuqtaga chiqadi (kulminatsiya - harakat rivojlanishining eng yuqori nuqtasi);
- yechim - asarning nihoyasi nima bilan tugaganligini anglatuvchi qisra (yechimda xulosa qismi sifatida epilog berilishi mumkin); A.D.Silin o'zining «Rejissyorning ochiq maydonlarda va noan'anaviy sahnaviy kengliklarda ishlashi» kitobida, kopozitsion tuzilish prolog, epizodlar qatori va finaldan iborat bo'ladi, deb ko'rsatib o'tgan.
Teatrlashtirilgan tadbirlarga real qahramon obrazi yoki badiiy asarlardan olingan obrazlar kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Ko'pgina tadbirlarda boshqaruvchi hayotimizning real vakili sifatida chiqadi. Lekin hanuzgacha teatrlashtirilgan tadbirlarda badiiy yoki tarixiy obrazlar kam uchramoqda. Ulardan foydalanish tadbirning badiiy qimmatini oshiradi.
Teatrlashtirilgan tadbirlarda omma oddiy tomoshabin emas, balki tadbir qatnashchisiga aylanib ketishi kerak. Yuqorida qayd qilingan talablarni hisobga olgan ommaviy shakllarni teatrlash­tirilgan tadbirlar deb atash mumkin. Teatrlashtirilgan tadbirni vujudga keltiradigan teatrlashtirish metodi murakkab, ko'p ishlashni, chuqnr ijodiy yondashishni talab qiladigan usuldir. Yengil, oson bajariladigan ishning har doim samarasi kuchli bo'lavermaydi.
Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, illyustratsiyalashtirish metodini ham, tetrlashtirish metodini ham xohlagan shaklga nisbatan ishlatib bo'lmaydi. Har bir metodning o'zi talab qiladigan tadbirlari bor. Masalan, illyustratsiyalashtirish metodini ommaviy bayramga nisbatan qo'llasak, ko'p narsa yutqaziladi. Ma'ruza yoki suhbatni tetrlashtirishning hojati bo'lmasa kerak.
Illyustratsiyalashtirish metodidan tashkil qilinishi oson, har kuni o'tkazilishi mumkin bo’lgan shakllarga nisbatan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tetrlashtirish metodini esa shaxsiy-madaniy qimmati balandroq bo'lgan kompleks shakllarda foydalanish zarur. Uni ayniqsa, ommani hayajonlantjiadigan, buyuk sanalarga va bayramlarga bag'ishlangan tadbirlarda qo'llash lozim. Bir so'z bilan aytganda, madaniy tadbirlami tashkil etish mobaynida usullami to'g'ri tanlash, ulardan oqilona foydalanish - tadbirning to'laqonligini ta'minlaydi, saviyasini oshirishga xizmat qiladi.
Madaniy tadbirlarda foydalaniladigan vositalar. Manbalarda yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, madaniy tadbirlarda asosan og'zaki, ko'rgazmali, texnik, matbuot hamda san'at vositalari qo'llaniladi, deb berilgan. Darhaqiqat, bu kabi vositalarning har biri o'ziga xos usul lar, xususiyatlar va shakllarga egadir. Og'zaki vositalar ma'ruzalar, suhbatlar, turli ma'lumot va axborot xabarlari, savol-javob kechalari tashkil qilib o'tkaziladi. Ko'rgazmali vositalarda esa turli mavzulardagi plakatlar, maxsus tayyorlangan ko'rgazma vositalari, shior va chaqiriqlar, diagramma va ma'lumot ko'rsatkichlaridan, texnik vositalarda esa ovoz kuchaytirish apparatlari, radio, televideniye, kino, video va audio apparatlari, minidisk, magnitofon va fotoapparatlardan foydalanish mumkin. Voyaga yetmaganlar bilan ishlash va ular uchun turli tadbirlarni tashkil qilib o'tkazishda, yuqorida ko'rsatilib o'tilgan vositalardan tashqari rang-barang shakllar ham qo'llaniladi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, o'tkaziladigan tadbirlaming usul va shakllari vaqtlar o'tgan sari zamonaga moslashib yangilanib boraveradi.
Madaniy tadbirlarni tashkil etishda tashkilotchi rahbar xilma-xil usullardan foydalanish bilan bir qatorda, turli xil vositalardan ham foydalanadi. Madaniy tadbirlarni g'oyaviy emotsional vositalarsiz also tasavvur qilib bo'lmaydi. Maxsus materiallarsiz uy qurib bo'lmaganidek, vositalarsiz tadbirni tashkil qilib bo'lmaydi. Agar imorat sement, yog'och, mix. oyna va shunga o'xshash materiallar asosida vujudga kelsa, madaniy tadbirlarni ham o'ziga xos so'z, san'at va texnik vositalarsiz tashkil qilib bo'lmaydi. Vositalar tadbirning tarkibiy qismi, asosiy komponentlari va mexanizmlari sifatida xizmat qiladi.
Vosita tushunchasi deganda, kishilarning hissiyotiga, psixolo-giyasiga va ongiga ta'sir etuvchi va bilim olish samaradorligini oshiruvchi goyaviy-hissiy usullar, qurollar, asbob-uskunalarni tushunamiz.
Madaniy tadbirlarda quyidagi vositalardan samarali foydalanish katta samara berishi mumkin:
- tadbirga mazmun beruvchi vositalar (badiiy bezak, musiqiy bezak, sahnaviy bezak);
- texnik (mul'timediya, ovoz kuchaytirgich, DVD, CD, mikrofonlar, nootebook va boshqa) vositalar;
ko'rgazmali vositalar;
adabiyot va san'at vositalari;
matbuot vositalari;
- tanishtiriivchi vositalar (afisha taklifnoma, dasturlar va boshqa lar).
Tadbirlarni tashkil etishda bir vaqtning o'zida bir nechta vositalardan foydalanish ham mumkin
Madaniy tadbirlarni tashkil etishda biz bevosita turli vosita­larning ishtirokiga am in boTamiz. Madaniy tadbirlarda qo'llanila-digan vositalarning diapazoni juda keng va ulaming soni ko'pdir. Tadbirlarda jonli so’z matbuot, ko 'rgazmali qurollar, adabiyot va san'at, har xil texnik apparatlar kabi vositalardan to'g'ri foyda­lanish - tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsadni, tadbirlaming g'oyaviy-emotsional ta'sirchanligini, uning mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Undan tashqari, metafora, allegoriya, ramz kabi ifoda va ta'sirchan vositlari borki, ular ham tadbirlaming badiiyligini. oshirishga katta ta'sir ko'rsatadi. Metafora, allegoriya va ramz tushunchalarini ko'proq bayramlarda qo'llanishi haqida rejissyor-pedagoglardan B.Sayfullayev, F.Ahmedov, J.Mamatqosimovlar o'zlari yaratgan qo'llanma va darsliklarda aytib o'tganlar.
Tadbirning g'oyaviy va emotsional-obrazli kuchini oshiradigan, ommaning qiziqishini orttiradigan vositalardan samarali foydalanish - bu tashkilotchilar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Madaniy tadbirlar tashkilotchisi mavjud bo'lgan barcha ta'sirchan vositalardan yaxshi xabardor bo'libgina qolmasdan, balki ulardan samarali foydalanish metodikasini ham bilmog'i lozimdir.
Madaniy tadbirlarda eng ko'p foydalaniladigan ta'sirchan vositalardan biri - so'z san'atining qo'llanishidir. Jonli so'z barcha tadbilarda asosiy vosita sifatida qo'llanilib, o'zgarmas komponent sifatida xizmat qiladi. Madaniy tadbirlarda jonli so'z faqatgina mazmunni yoritishda xizmat qilmasdan. balki syujet bilan ommaviy harakatlarni ham bir-biriga uyg'unlashtirib boradi. Aynan jonli so'z voqea ma'nosini tomoshabinga yetkazadi, bir epizodni ikkinchisiga bog'laydi, boshqaruvchining auditoriya bilan muloqotda bo'lishi uchun sharoit yaratadi. Jonli so'zning yana bir afzallik tomoni shundaki, ba'zan fikrni hech qanday ta'sirchan vosita tomoshabinga yetkazib bera olmaydigan daqiqalarda, jonli so'z yordamga keladi.
So'z san'atining darg'alaridan A.Nosirova o'zining «Jonli so'z san'ati asoslari» deb nomlangan kitobida shunday deb yozadi: «Masalaning muhim tomoni shundaki, yangi bosqich xalq bayramlarida jonli so'z mavqei nihoyatda kengaydi, teranglashdi, yuksaldi. Shuni aytish lozimki, istiqlol xalq bayramlairining badiiy so'z qatlami jonli so'z ijrochilik san'atining bare ha tur va janrlarini qamrab oldi. Bunday yuksak mavqeli xalq ommaviy bayramlari eng yuksak unvonli va yuksak iste'dodli professional san’atkorlarning Shekspir. Sheksper kabi jahon klassiklari. asarlaridan keltiriladigan monologlaridan boshlab jahon va miliiy adabiyotning eng sara asarlarigacha, folk lor durdonalaridan toki ichakuzdi askiyalarigacha qamrab oladi». Darhaqiqat, bu soha o'ziga xos san'at turi bo'lib, madaniy tadbirlami ta'sirchanligini oshiradi.
Madaniy tadbirlarda boshlovchi (yoki boshqaruvchi)ning so'zi asosiy o'rinni egallaydi, ba'zi hollarda esa u kechaning boshidan to oxirigacha yetakchi vosita sifatida qoilaniladi. U kirish so'zi (monolog) shaklida yoki muqaddima sifatida yaxshi xizmat qilishi mumkin. Tadbir davomida esa boshqaruvchi, komentatorga, hikoya-chiga yoki intervyu beruvchiga aylanib, jonli so'zdan foydalaniladi. Tadbirlarda jonli so'zdan foydalanish imkoniyatlari juda ko'p. Ammo bir narsani hisobga olish muhimdir. Sahnalashtirish san'atida ko'pineha so'z o'rnini harakat bilan almashtirish variantlari izlanadi, ya'ni so'zning ekvivalenti harakat bilan almashtiririladigan holatlarni ham kuzatish mumkin.
Ta'sirchan vositalardan biri badiiy so’zdir. Badiiy so'z aytilmoqchi bo'lgan fikrni badiiy-emotsional tarzda yetkazib berishga xizmat qiladi. Madaniy tadbirlarda badiiy so'zning she'r o'qish, prozaik va she'riy monologlar, juft yoki ko'pchilik tomonidan o'qiladigan deklamatsiyalar kabi turlaridan keng foydalaniladi.
Badiiy o'qish boshqa materiallar bilan bir vaqtda ijro etishi mumkin Masalan, she'r o'qilayotgan bir vaqtda she'rning ma'nosiga mos keladigan kino lavhalar ko'rsatilishi mumkin. Shuni unutmaslik kerakki. umumiy to'qima gaplar bilan aholini hech qachon qiziqtirib bo'lmaydi.
Madaniy tadbirlarda dramatik parchalardan ham mohirona foydalanish yaxshi samara beradigan vositalardan hisoblanadi. Dramatik parchalami tayyor pyesalardan olish ham mumkin yoki mavzuga oid turli badiiy asarlarni inssenirovka qilish orqali ham ishlatish mumkin. Unda ko'pincha havaskorlik teatr jamoalarining ijod mahsullari asqotadi. Mahalliy (faktlarga asoslangan) muammolarga qaratilgan turli intermediya, hajviy ko'rinishlarni ijrochilar o'zlari to'qib, yozib, sahnalashtirib tomoshabinlar e'tiboriga havola etishlari mumkin. Bun day usul dan foydalanish tomoshabinlarni tarbiyasiga ijobiy ta'sir qilishi mumkin.
«Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati» fanining asosiy maqsadi ham joylarda o'tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda ijodiy va tashkiliy jarayonlar uyg'unligiga erishish, rejissura, aktyorlik mahorati, mizanssena, badiiy bezak va boshqa shu sohaga aloqador mavzulami yoritishga qaratilgan bo'lib, to'liq sahnalashtirish jarayonlarini qamrab oladi.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, teatrda maxsus malakaga ega bo'lgan professional aktyor yoki rejissyor ishlasa, madaniyat va aholi dam olish markazlari, maktab, kollej yoki turli tashkilotlarda o'tkaziladigan tadbirlar asosan havaskorlar ijodiga tayanadi. Turli xil to'garaklarda (masalan, drama to'garagi) o'rgangan mahoratini qo'llab turli sahnaviy chiqishlami amalga oshiradilar. Dramatik asarlardan parchalar olib sahnalashtirishga harakat qiladilar, ya'ni rol o'ynab, o'oraz yaratishga harakat qiladilar. Tadbir tashkilotchilari esa bunday o'hrazni yaratish, sahnaviy asarni tomoshabinga taqdim etish uchun esa o'zlari shu sohani yaxshi tushunishlari, sahnalashtirishga oid tushunchalarm bilishi lozim.
Avvallari madaniy tadbirlarni tashkil etishda eng ko'p qo'lla-niladigan vositalardan biri - ko'rgazmali vositalardan foydala-nishdir, deb hisoblanardi. Ammo hozirgi texnika taraqqiyotining jadal rivojlanayotgan bir davrida uiarning o'rnini kompyuter texnologiyalari, multimediya vositalari egallab bormoqda. Ko'rgaz­mali vositalardan foydalanish tadbir mazmunining yaxshiroq yoritilishiga yordam bergan, tomoshabinning kayfiyatini ko'tarib taassurotlarini boyitgan.
Tomoshabinni boiajak tadbir bilan ilk bor tanishtiruvchi vositalar - bu afishalar va taklifnomalardir. E'lonlarda faqat tadbir bo'lishi haqidagi xabarning o'zinigina yozib qoyish kifoya qilmaydi. balki uning tuzilishiga qarab badiiy bezash mumkin. Bu tomoshabinning tadbirga qiziqishini oshiradi. Tadbir boshlanishdan awal tematik ko'rgazma ham tashkil etish mumkin. Teatrlash­tirilgan kechalardan oldin har xil ko'rgazmalarni tashkil qilish ko'p joylarda an'ana bo'lib qolgan. Shunday qilish kerakki, bu ko'rgazma bo'lajak tadbirning mazmun ko'prigi vazifasini o'tasin. Ko'rgazmali vositalar tomoshabinda tadbirning mazmuni va xarakteriga mos psixologik kayfiyat uyg'otadi. Tadbirlarda karta, sxema, diagramma, plakatlar, shiorlar va sahna harakatida foydalaniladigan boshqa predmetlar ham tadbir mazmunini ochib berishga yaxshi yordam beradi. Ko'rgazmali vositani qulay va yengil. qilib, almashtirishga tayyorlash lozim.
Xulosa qilib aytganda, madaniy tadbirlarni tashkil etishda ta'sirchan vositalardan unumli foydalanish tadbirning salohiyatini ko'taradi, saviyasini oshiradi va badiiyligini ta'minlaydi. Ammo bu vositalardan foydalanish tadbir tashkilotchilardan boy va ijodiy fantaziyani talab qiladi.
Madaniy tadbirlarda san'at vositlaridan mohirona foydalanish katta samara beradi. Bunday tadbirlar san'atning deyarli barcha turlaridan fodalanishni taqozo etadi. Raqs, teatr, rejissura va aktyorlik, arxitektura, rassomchilik, dizayn, teatr, kino, konsertlar va boshqalar shular jumlasidandir. Turmushning hamma qirralarida, moddiy va nomoddiy sohada ham musiqa san'ati kishilarni ezgulikka, yaxshilikka, ulug'likka chorlovchi, mehnatga undovchi, insonlarda estetik zavq uyg'otuvchi vosita sifatida qaraladi. Musiqaning nazariy asosi yettita notadan iborat boisa ham, uning ustida tom-tom ilmiy va nazariy xulosalar chiqarish borasida haligacha izlaninishlar olib borilmoqda. U insonlaming og'ir damlarida dardkash, quvonchli kunlarida hamroh bo'lib, ularning ma'naviyatini yaxshilik tomonga yo'naltirishga xizmat qiladi. Faqat san'at jabhalarida emas, balki hayotning boshqa sohalarida ham musiqa muhim rollardan birini bajaradi.
Lekin teatrda ham, radio, televideniyeda ham musiqa yordamchi komponentlardan biri hisoblanadi, deyishadi Bu bilan musiqa san'atJar ichida ikkinchi darajali ekan, degan fikr kelib chiqmasligi lozim. Musiqa san'ati - bu alohida san'at turi bo'lib, san'atning boshqa turlariga singib ketgan. Raqs, teatr va boshqa san'at turlarini musiqasiz tasavvur qilib ko'rish mumkinmi? Albatta mumkin emas.
«Musiqa» - yunoncha «musa» turli-tuman tovushlar bilan badiiy obraz yaratib beruvchi, g'oyaviy emotsional mazmunga ega bo'lgan san'atning bir turidir. Qisqacha qilib aytganda, musiqa -tovushlar yig'indisi, degan ma'noni anglatadi.
Madaniy tadbirlarda musiqaning turli janrlari ishtirok etish 1 mumkin. Undan tashqari, bunday tadbirlarda musiqali jamoalar, vokal cholg'u ansambllari. musiqalardan parchalar, alohida musiqali nomerlar, boshqaruvchilarning chiqishlari uchun musiqa, xullas, voqeaning rivojlanishi uchun, tadbir yoki tomoshaning tempo-ritmini ushlab turishi uchun musiqa san'atidan foydalaniladi.
Musiqa dan tadbirlar janrlaridan kelib chiqqan holda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tadbirni tashkil etish va sahnalashtirishda musiqa quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
musiqa - qatnashuvchilar, ishtirokchi obrazlarini xarakterlab beradi;
• harakat vaqti, joyini ifodalashi mumkin;
•tomoshabinga ko'rinmayotgan voqealarni ilg'ab olishga, tez tush una olishiga ko'maklashadi; (
• harakat, voqeada sahnaviy muhit yaratadi;
monolog va dialoglarning emotsionalligi (hissiyot, hayajon-liligini) kuchaytiradi;
so'z bilan ifodalash qiyin bo'Igan daqiqalarni tasvirlay bera olishi mumkin;
•xatti-harakat, voqealarni to'ldirishi, boyitishi mumkin;
• pauzalar o'rnini to'ldirishi mumkin;
• vaqtni tejash yoki cho'zish va boshqa muhim vazifalarni bajarishi mumkin.
Biron-bir madaniy tadbir uchun alohida musiqa yozish qiyin kechadigan jarayondir. Shuning uchun ko'pgina tashkilotchilar tayyor musiqa asarlarini tanlaydilar va shu musiqa asosida ish ofib boradilar.
Repititsiyalar mobaynida musiqali nomeriar ham bir necha marta o'zgarishi mumkin. Ba'zan tez fursatda yangi musiqa asari yaratishga to'g'ri keladi. Bunday sharoitda rejissyor va bastakorning qarashlari, nuqtayi nazarlarining bir-birlariga mos kelishi yangi asarni tez va rnuvaffaqryatii yaratilishiga asos bo'la oladi.
Sahnada ijro etilayotgan barcha xatti-harakatlar musiqa jo'rligida amalga oshirilishi - bu yangilik emas. Agar rassoni ijodi tasvirlash orqali, ko'z bilan ko'rish va estetik zavqlanish imkoniyatini bersa, musiqa san'atidan esa eshitish orqali zavqlanish mumkin. Boshlovchilaining chiqishlari, kuy-qo'shiqlar, tantanali qutlovlar, dialog va monologlardagi hazin musiqalar, raqslar va boshqa barcha ijodiy jarayonlar musiqa jo'rligida, musiqaning hamohangligida ifodalanadi.
Respublika miqyosida o'tkazilayotgan barcha bayram va tomoshalarni sahnalashtirish uchun kuy, qo'shiq va musiqa tan lash eng asosiy ish bosqichlaridan hisoblanadi. Musiqa va kuylarning turli variantlari tanlangach. ularning ijrochilari taklif etilib, qisqartirish yoki qo'shimcha matn qo'shish (muallif roziligi bilan), xalias, montaj ishiari amalga oshiriladi. Musiqiy montaj ishlari amalga oshirilgach, shu asosda repetitsiyalar boshlanadi.
Musiqa albatta plastika, raqs, chiroq va boshqa ta'sirchan vositalar uyg'unligida ham badiiy obraz yaratish imkoniyatlariga ega. Musiqalashtiri1magan tadbir tomoshabinga kerakli effektni bera olmaydi. Musiqaning to'g'ri tanlanishi, uni kerak li joy da ishlatilishi, uning g'oyaviy va mavzu jihatdan tomosha ruhiyatiga mos kelishi bastakorning tadbir yoki tomoshani oliy raaqsadini to'g'ri anglay olganligidan dalolat beradi.
Alohida musiqiy nomer, tadbir kayfiyatini beruvchi musiqa, boshlovchilar chiqishlariga musiqa, sahnalashtirilgan parchalar uchun musiqa, qahramonlar xatti-harakatini ifodalovchi musiqa, chorlov, raqslar musiqasi va h.z.lar - tadbir yoki spektaklning mazmunini boyitishiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Madaniy tadbirlarni tashkil etishda eng asosiy vositalardan yana biri - texnik vositalardan unumli va samarali foydalanishdir. Texnik vositalariga ovoz kuchaytirgichlar, mikrofonlar, miksher pultlari, minidisk yoki kompyuterlar va boshqalar kiradi.
Madaniy tadbirlami sifatli texnik apparaturalarda o'fkazish tinglovchilarga ham ijrochilarga ham katta quvvat beradi. Buning sababi shundaki, toza, ortiqcha shovqmlarsiz kolonkalardan chiqayotgan tovush, ovoz tadbir ishtirokchilariga yoqimli kayfiyatni beradi. Agar kamaylardan chiqayotgan musiqa shovqinli bo'lib, toza chiqmayotgan bo'lsa, u har qanday insonga yomon ta'sir qilishi, asabiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Kichik auditoriyalarda o'tadigan tadbirlarda texnik jihozlarga ehtiyoj kam bo'ladi. Masalan, kutubxona (ARM)da tashkil etiladigan «Yoshlarda mutoala madaniyatini shakllantiraylik» mavzusida o'tadigan tadbirda mikrofon yoki musiqiy apparaturalardan foydalanmasliklari mumkin. Ammo shunda ham taqdimotlar uchun juda bo' lmaganda kompyuterlardan foydalanishga to'g'ri keladi.
Texnik vositalarga ovoz kuchaytirgich apparaturalaridan tashqari, turli chiroqlar, sahnani harakatga keltirishda ishlatiladigan texnik moslamalar, turli disk, flejka (planshet, telefon va h.k) larni o'qiydigan qurilma yoki moslamalar, bir so'z bilan aytganda, elektr toki bilan ishlaydigan juda ko'p moslamalar hozirgi kunda deyarli barcha tadbirlarda faol qoilanib kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, madaniy tadbirlami tashkil etishda vositalardan to'g'ri va unumli foydalanish tadbirning saviyasi va badiiy qiymatini oshiradi.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin