Ssenariynavislik va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish fanining



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə19/29
tarix06.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#141723
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
сенрий 3 курс (2)

Tayanch so’z va iboralar: metod tushunchasi, suhbat, hikoya, reproduktiv metod, ishontirish metodi, prolog, yechim.


Nazorat uchun savollar:
1. Metod tushunchasiga tarif bering?
2. Madaniy tadbirlarda qo'llaniladigan metodlar aniqlang?
3. Madaniy tadbirlarda qo'llaniladigan vositalar nimalardan iborat?
4. Madaniy tadbirlarni samaraddorligini oshirishda tanlangan metod va vositalarning o’rnini toping?
5. Madaniy tadbirlarni tashkil etishda tashkilotchi rahbarning o’rni nimalardan iborat?
14-mavzu: Madaniy ommaviy tadbirlarda qo'llaniladigan metod va
Vositalar
Reja:
1.Metod va vositalar tushunchasi.
2.Tushuntirish, ishontirish, rag'batlantirish, namuna, teatrlashtirish metodlari. 3.Badiiy so'z, matn, ijodiy guruhlar, san'at turlari, ifoda vositalari, texnik vositalar.

Har qanday tadbirni tashkil etishda metodlardan to'g'ri foydalanish katta samara beradi. Tashkil etishning uslullari, uslublarini aniqlash va uni maqsadli qo'llash tadbirlami muvaffaqiyatini ta'minlaydi.


«Metod» (yunoncha metodos - tadqiqot yoki bilish yo'li, nazariya, ta'limot) voqelikni amaliy yoki nazariy o'zlashtirish to'plamidir. Boshqa manbalarda «metod» so'zi - «bayon qilish», «bajarish usuli» degan ma'noni bildiradi, deb berilgan. Har ikkala ta'rif ham metod so'zining biron ishni samarali amalga oshirish jarayonida qo'llanishiga aloqador ekanligini uqtiradi. Madaniy tadbirlarni tashkil etishning metodi deyilganda, madaniy tadbirlarning spesifik xususiyatlarini aniqlash, tashkil etish (sahnalashtirish)ning o'ziga xos usullarini yaratish, tadbir o'tkazish (tashkil etish)ning omma uchun qulay va tushunarli yo'nalishlarini aniqlash va ilmiy asoslash usullari tushuniladi. Metod aslida inson amaliy faoliyatining negizida yuzaga kelgan, metodlar shu sohalarga tegishli bo'lgan tushunchalar, ilmiy, amaliy tajribalar asnosida yuzaga keladi. Fan metodining asosiy mazmunini awal amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyalar tashkil etadi: Har qanday nazariya boshqa nazariyani yaratuvchi yoxud amaliyot mazmunini yoki izchilligini belgilovchi metod vazifasini bajaradi. Hozirgi zamon fanlarning metodlari ilmning o'zi kabi turli-tumandir. Taqqoslash, analiz va sintez kabi tushunchalar umumiy xarakterga ega bo'lgan metodlardan hisoblanib, madaniy tadbirlarni tashkil etishda ham qo'aniladi.
Manbalarda metodologiya deyilganda, avvalo, ilmiy bilish metodologiyasi, ya'ni ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari tushuniladi. Fan metodologiyasi ilmiy tadqiqot komponentlari - uning obyekti, analiz mavzui, tadqiqot vazifalari, ularni hal etish uchun zarur bo'lgan vositalarni ifodalaydi, shuningdek, masalani hal etish jarayonida tasdiqlovchi faoliyatining izchilligi haqida tasavvur hosil qiladi. Masalani qo'yish, tadqiqot mavzusini va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek, olingan natijani uning haqiqiyligi, ya'ni o'rganilayotgan obyektga muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyani qo'llanilishini eng muhim tomoni hisoblanadi.
Umuman olganda, metodlar haqidagi masala - o'qitishda yuqori ta'lim va tarbiyaviy natijalarga erishish uchun qanday o'qitishi kerakligi haqidagi masalalardir. O'qitish metodi tushunchasi metodikaning asosiy tushunchalaridan biridir. O'qish metodlari o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyat usullari bo'lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malakalar va ko'nikmalarga erishiladi. O'qituvchilarning qobiliyati, tafakkuri rivojlanadi. Shuning uchun o'qitish metodlari o'zlashtirish, tarbiyalash va rivojlantirish kabi uchta asosiy funksiyani bajaradi. Ma'lum o'qitish metodlaridan ta'lim in ing yangi mazmuniga va vazifalarga mos keladiganlarni tanlab olish uchun oldin hamma o'qitish metodlarining klassifikatsiyasini o'rganish kerak boladi. Bu metodlar ko'proq pedagogika sohasiga aloqadordir. Ammo fanni o'zlashtirish jarayonida, bu metodlarni qollash yaxshi samaralarga erishishga yo'l ochib beradi. To'g'ri tanlangan metodlar qisqa muddat ichida hajmi boyicha eng ko'p axborot va ma'lumotlarni berish, talabalar oldiga jumboqlar qo'yish, ularni hal qilish yo'llarini ko'rsatish imkonini beradi. Bu esa talabalarning tafakkurini rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Qisqacha o'qitish metodlari to'g'risida to'xtalib o'tmoqchimiz, zero, biz pedagoglar talabalarni o'qitishda mana shu metodlardan bevosita foydalanib kelamiz.
Tushuntirish metodida pedagog materialni bayon qiladi, talabalar esa bilimlarni tayyor holda qabul qilib olishadi. O'quv materialining bayoni aniq, tushunarli va qisqa bo'lishi kerak. Tushuntirish metodidan ma'lumotlar tariqasidagi nazariy materiallar bilan tanishtirish, tadbirlarni tashkil etish bo'yicha umumiy ma'lumotlar, tashkil etishda e'tibor qaratish lozim bo'lgan asosiy tushunchalar haqida ma'lumotlarni berib o'tish mumkin.
Suhbat ham eng ko'p tarqalgan va yetakchi o'qitish metodlaridan hisoblanadi. Undan darsining har xil bosqichlarida, har xil maqsadlarda foydalanish mumkin, ya'ni yangi materialni bayon etishda, mavzuni mustahkamlashda, takrorlashda uyga berilgan topshiriqlarni, mustaqil ishlarni tekshirish va boshqalarda qo'llanilishi mumkin. Suhbat - bu o'qitishning savol-javob metodidir, bunda pedagoglar talabalarning bilimlarini o'zlaslitirilganliklari va amaliy tajribalariga tayangan holda maxsus tanlangan savollar sistemasi va ularga beriladigan javoblar yo'li bilan talabalarni qo'yilgan ta'limiy va tarbiyaviy masalalarini hal qilishga olib keladi.
Hikoya - talabalarga bilimlarni tushuntirish hikoya shaklida amalga oshinladi.
Malaka va ko'nikmalarni shakllantirish va mukammallashtirish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan metodlar amaliy metodlardir. Bunga turli mashqlar, amaliy laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarining ba'zi turlari kiradi. Mashqlar deganda, biror bir xatti-harakatni o'zlashtirish yo mustahkamlash maqsadida rejali ravishda tashkil qilingan takroriy bajarishga aytiladi. Mashqlar ljrochilarni sahnada erkin xatti-harakat qilishilariga zamin hozirlaydi. Mashqlar yengildan murakkabga o'tish prinsipiga amal qilingan holda ishlatilishi kerak.
Izohli-illyustrativ metod orqali pedagog tayyor ma'lumotni har xil vositalar yordamida beradi, talabalar esa bu ma'lumotni qabul qiladilar, tushunib oladilar va eslab qoladilar.Ma'lumot berishni pedagog (og'zaki gapirib berish, tushuntirish) yozma (darslik, qo'shimcha qo'llanmalar), ko'rgazmali (chizmalar, rasmlar, sxemalar) orqali amalga oshirishlari mumkin. Talabalar o'z bilimlarini yuqori darajada o'zlashtirishlari uchun zarur bo'ladigan faoliyatini bajarishadi, tinglashadi, sezishadi, o'qishadi, kuzatishadi, yangi ma'lumotni ilgari o'rganilgan material bilan taqqoslashadi va eslab qoladilar.
Reproduktiv metod. Bu metodning asosiy belgisi faoliyat usulini tiklash va o'qituvchining topshiriqlari bo'yicha takrorlashdan iborat. Bu metod yordamida talabalar malaka va ko'nikmalarga ega bo'ladilar.
Undan tashqari induksiya, deduksiya va analogiya, qisman izlanish, evristik, tadqiqot, rag'batlantirish va boshqa metodlar ham borki, ulardan samarali foydalanish mavzularni o'zlashtirishda katta yordam beradi.
Tadbirlarning ta'sirchanligini oshirishda metod va vositalardan unumli foydalanish katta samara beradi. Madaniy tadbirlarda tashkilotchi avvalo o'z oldiga maqsad va vazifalarni to'g'ri qo'yishi zarur. Tadbirni tashkil etish vazifasini olishi bilan rahbar ishni nimadan boshlaydi?
Tadbirni to'g'ri tashkil etishda turli uslub va vositalarning to'g'ri tanlanishi katta ahamiyat kasb etadi.
Maqsadga erishish yo'lida qilingan har bir xatti-harakat samarasiz bo'lmaydi. Shuning uchun ham maqsadga erishish uchun bajariladigan har bir ish jarayoni, jumladan, madaniy tadbirlami tayyorlash jarayoni ham, kerakli va ma'lum yo'1-yo'riqlarni, usul-uslublarni yoki metodlarni qo'llashni talab qilladi. Belgilangan tadbirni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun qanchalik samarali metodlar topilsa, uni amalga oshirish jarayoni shunchalik oson bo’ladi. Shuning uchun madaniy tadbirlar tashkilotchisi metodlar haqidagi ta'limotni bilishi, ularai tanlashni va foydalanish yo'llarini mukammal o'zlashtimog'i kerak.
Yuqorida «metod» so'zi - «bayon qilish», «bajarish usuli» degan ma'noni bildiradi, dedik. Zamonaviy ma nosi ma'lum faoliyatda maqsadga erishish uchun topilgan, bajarilayotgan va amalga oshirilayotgan usul, yo'l-yo'riq demakdir. Darhaqiqat, biron-bir ishni amalga oshirish jarayonida turli metodlarning biridan yoki bir nechtasidan foydalanamiz, chunki, madaniy tadbirlar ko'p qirrali faoliyat bo'lgani uchun, unda juda ko'plab metodlardan foydalanishga to'g'ri keladi.
Madaniy tadbirlar - bu tarbiyaviy, ma'rifiy, ijodiy va dam olish ishlarining o'ziga xos birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababli ularda, eng avvalo, pedagogikadagi tarbiyaviy iehlarga oid bo'lgan va ma'rifiy (bilim berish, axborot tarqatish) faoliyatga mansub metodlarga murojaat qilmaslikning iloji yo'q. Shuningdek, ularda dam olish (hordiq chiqarish) va ijodiy jarayonni tashkil etish metodlaridan foydalanilmasa, tadbirlardagi asosiy vazifalarning ba'zilari yo'qolib ketadi.
U. Qoraboyevning «Badiiy ommaviy tadbirlar» nomli kitobida madaniy tadbirlarni tashkil etish foydalaniladigan metodlar to'g'risida juda ko'p qimmatli fikrlar berilgan. Unda ushbu soha bo'yicha ish olib borishda quyidagi metodlardan, ya'ni tarbiyaviy, ta'limiy, hordiq chiqarish va ijodiy jarayonni tashkil etish, tashkiliy metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqligini aytib o'tadi. Hozirgi kunda olib bonlayotgan, tashkil etilayotgan barcha jarayonlar ta'lim va tarbiya asosiga qurilgan desak, mubolag'a bo'lmaydi.
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan dasturlarimizning asosini ham mana shu ikki jarayon asosida tuzilgan deyishimiz mumkin. Sababi, yoshlar tarbiyasi, ma'naviyat masalalari, ta'lim berish kabi vazifalar davlatimiz tomonidan ishlab chiqilayotgan qaror, farmon va farmoyishlarida o'z aksini topganligi barchamizga ay on. Shu bois, ta'lim va tarbiya masalalari davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan ekanligini barchamiz to'g'ri anglashimiz zarur.
Respublikamizning Birinchi Prezidenti «Ma'naviyatni shakllantirishga bevosita ta'sir qiladigan muhim hayotiy omil -bu ta'lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog'liqdir». deb aytganlari ay nan mana shu sohaning vazifalarnini to'g'ri anglashga undaydi.
Shu jihatdan ham tarbiya masalasi barcha masalalardan yuqori turishliklarini anglash qiyin emas. «Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi -bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir. Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot - yo ma mot, yo najot -yo halokat, yo saodat - falokat masalasidir» degan chuqur ma"noli so'zlarni eslayman»,9 degan so'zlari ta'lim va tarbiya sohasining o'ta muhimligini yana bir bor ta'kidlaydi. Madaniy tadbirlarlarni tashkil etishdan asosiy maqsad ham insonlarga to'g'ri tarbiya berishdir. Madaniy tadbirlar - bu, eng avvalo, tarbiyaviy jarayon bo’lgani uchun ularda pedagogikaga oid tarbiyaviy metodlardan foydalanish qonuniydir. Lekin bu uiarni to'g'ridan-to'g'ri, ko'r-ko'rona qo'llash, degan gap emas.
Madaniy tadbirlami tashkil etishda tomoshabinni (tadbir ishtirokchilarini) voqelikka ishontirish katta mahorat talab qiladigan jarayondir.
Ishontirish metodining asosiy vazifasi auditoriyaga ta'sir ko'rsatishdir. Buning uchun tadbirning mazmunini ishonarli, haq-qoniy qilib tuzish kerak. Omma tashkilotchilaining fikriga qo'shila olmasa, berilgan ma'lumotlarga ishonmasa, u hoi da tadbirning maqsadi amalga oshmaydi. Bunga yo'l qoymaslik uchun tadbirda hujjatlar, faktlar, ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari, siyosiy arboblar va olimlarning fikrlari hamda statistik ma'lumotlardan foydalanish kerak. Ular haqqoniy, mantiqli, ishonarli va qiziqarli shaklda aks ettirilmog'i kerak. Mi sol uchun, odam savdosiga qarshi kurash mavzusi asosida tayyorlangan «Adashgan yo'llar» kom-pozitsiyasini tayyorlashdan asosiy maqsad u yerlarga, ya'ni o'zga yurtlarga borib, ko'p pul topishni istagan yoshlarga buning hammasi safsata ekanligiga ishontirish, u joydagi shart-sharoit va ahvolning naqadar ayanchli ekanligini ko'rsatish, o'z yurlining qadriga yetish kabi vazifalami qo'ygan holda tomoshabinlar e'tiboriga havola etilishi ko'pchilikning to'g'ri xulosa chiqarishiga sabab bo'la oldi deyishimiz mumkin. Shu birgina odam savdosiga qarshi kurash mavzusi atrofida kechadigan tadbirlarni bir necha xil variantlarda tashkil etish mumkin (inssenirovka qilish, hujjatlarni badiiylashtirish, aniq faktlar asosidagi ma'lumotlar asosida kompozitsiyaiar tayyoriash va h.k).
Yuqorida qayd etib o'tganimizdek, U. Qoraboyev namuna metodi haqida ham o'z fikr mulohazalarini bayon etib o'tadi. Hozirgi kunda bu metod asosini «Zamonaviy qahramon obrazini yaratish» masalalari dan kelib chiqqan holda yondoshish maqsadga muvofiqdir. Namuna metodi orqali kishilarining eng yaxshi fazilatlari tarannum etiladi. Vatanimizning eng yaxshi o'g'lonlanni va mahalliy sharoitda samarali ish ko'rsatayotgan mehnat ilg'orlarining hayoti va faoliyatini boshqalarga namuna qilib ko'rsatish madaniy tadbirimizning tarbiyaviy qiymatini oshirib, ommani ulardan o'rnak olishga, halol ishlashga undaydi. IJlar mehnatini munosib taqdirlash ham tadbirda foydalanish mumkin bo'lgan usullardan hisoblanadi. Taqdirlash usuli ham insonlarni mehnatini qadriga yetayotganliklarini, moddiy va ma'naviy jihatdan qo' 1 lanayotgan 1 iklarini va buning asnosida yanada ko'proq mehnat qilishga, qilayotgan mehnati natijasiz qolmasliklarini, Vataniga foydasiga tegayotganligi va qilayotgan mehnatining samarasi, natijasi o'zi uchun, qolaversa. jamiyat taraqqiyoti uchun ekanligini anglashga undaydi. Undan tashqari, taqdirlash usulining yana bitta afzalligi shundaki, uning atrofida mehnat qilayotganlar ham shu e'tiborlarga erishishga intilib mehnat qiladilar.
Ma'rifiy metodlar ham madaniy tadbirlaming asosini tashkil etadi, desak yanglishmaymiz. Chunki, madaniy tadbirlaming asosiy vazifalaridan biri ommaga yangi axborot va bilim berishdan iboratdir. Bu jarayonda ham pedagogikadagi ma'rifiy metodlardan ijodiy foydalanish katta samara beradi. Professor M.Bekmurodov o'zining rahbarlik pozitsiyasida bitta g'oyani ilgari suradi. Barcha pedagoglar, madaniyat targ'ibotchilari ilmli, bilimli va ma'rifatli bo'lishlari lozimdir, deydi.
Tadbirlarda keng qo'llanishi mumkin bo'lgan ma'rifiy metodlar - bu bayon etish va namoyish qilishdir. Bayon etish metodining asosiy maqsadi shun dan iboratki, u tadbirning g'oyasi, mazmuni, axborot va faktlarini auditoriyaga jonli so'z orqaii bayon qilish shaklida yetkazib beradi. Ommaviy tadbirlar tarkibida ko'pincha shunday faktlar va ma'lumotlar boiadiki, ular albatta batafsil tushuntirishni talab qiladi. Xuddi shunday daqiqalarda bayon etish metodi katta yordam beradi. Bu metod yordamida maTumotlarning mohiyati ochiladi, xususiyatlari yoritiladi va to'liq bilim beriladi. Bayon qilish metodi, ayniqsa, og'zaki jurnallarda, tematik kechalarda ko'proq qo'llaniladi.
Bugungi kunda texnika taraqqiyoti jadal rivojlanayotgan bir paytda namoyish qilishning turli usullanni qo'llash unchalik katta qiyinchilik tug'dirmaydi. Bu usulning yaqqol misoli sifatida J.Mamatqosimov tomonidan sahnalashtirilgan «Qordagi qizg'aldoq» deb nomlangan badiiy-publitsistik kompozitsiyani aytish mumkin.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin