faqat ingliz tilida. Bu servis juda soddaligi sababli, uni o‘rganishda ingliz tili to‘siq
bo‘la olmaydi.
Tinkercad onlayn servisining imkoniyatlari:
Onlayn platformani ishlatish uchun brouzer va internet kifoya;
Elektron sxemalarni yasash uchun qulay grafik redaktor mavjud;
Ko‘p ishlatiladigan turli xil modeldagi elektron
komponentlar oldindan
o‘rnatilgan;
Qo‘shimcha sensorlar va tashqi muhit ta’sirida ishlaydigan komponentlarni
o‘rnatish. Yuqoridagi sensor va komponentlarning qiymatini o‘zgartirgan holda,
sistemaga ta’sirini kuzatish mumkin;
Maxsus o‘rnatilgan Ardunio redaktori mavjud;
Ardunio, Scratch yoki C dasturlash tilida kod yozish mumkin;
Tayyor bo‘lgan loyixalarning chizmalarini
va kodlarini yuklash
imkoniyatlari bor.
Ishni boshlash uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish bepul.
Loyiha ishlarini namoyishida audio, video, rasmlar
ustida bajariladigan
amallarni mukammal bilishilari ham lozim. Bundan tashqari 3D printer yordamida
buyumning aniq o‘lchamlarini olishni o‘rganadilar.
Loyixalarni amalga oshirish jarayonida aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari bir
jamoa bo‘lib ishlashlari lozim. Bu o‘qituvchilardn biror biri loyixada qatnashmasa,
loyiha muvaffaqiyatli bo‘lmaydi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, maktablarda STEAM loyihalarni amalga oshirish
va laboratoriyalarini tashkil etish uchun IT-kompaniyalari taqdim etadigan
professional uskunalar kerak. Ular 4 ta didaktik to‘plamdir:
1. Tajriba va robotexnika uchun mikrokontrollerlar, elektron komponentlar va
dasturlanadigan elektron modullar;
2. Grafika va modellashtirish uchun 3D printer;
3. Modellashtirish uchun raqamli frezerli mashina;
4. Golografiyali o‘quv videolarini yaratish uchun loyiha hamda videokamera
bilan gologrammali ekran.
Dostları ilə paylaş: