Steam ta’lim texnologiyalari va uni amaliyotda qo’llashning ahamiyati ishning maqsadi


STEAM yondashuvi o‘rganish va ta’limga bo‘lgan munosabatimizni



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix08.12.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#73206
1   2   3   4   5   6   7   8   9
STEAM yondashuvi o‘rganish va ta’limga bo‘lgan munosabatimizni 
o‘zgartiradi 
O‘quvchilar amaliy ko‘nikmalarga e’tibor qaratish orqali irodasini, 
ijodkorligini, moslashuvchanligini rivojlantiradi va boshqalar bilan hamkorlik 
qilishni o‘rganadi. Ushbu ko‘nikmalar va bilimlar asosiy ta’lim vazifasini tashkil 
etadi, ya’ni ta’lim tizimining bosh maqsadi hisoblanadi. 
STEAM o‘quvchilarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni 
rivojlantirishga yordam beradi 
Muammolarni keng qamrovli tushunish 
Ijodiy fikrlash 
Muhandislik yondashuv 
Tanqidiy fikrlash 
Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash 
Dizayn asoslarini tushunish 
O‘qituvchilarning ish uslublarining bir xilligi o‘quvchilar orasida qiziqishning 
pasayishiga olib keladi. Pedagogikada muammoli vaziyatlarni modellashtirish 
yangilik emas. Bu usul dastlab Qadimgi Gretsiyada qo‘llanilgan. Muammoli 
vaziyat, odatda, shaxsga ma’lum bo‘lgan vositalar yoki usullar orqali erisha 
olmaydigan intellektual qiyinchilik deb talqin etiladi. Kutilmagan qiyinchilik 
mustaqil qidiruv ishlarini olib borishga undaydi Umumiy holda, muammoga 
asoslangan ta’lim nostandart harakatlarni, “bilimlarni o‘zlashtirishning reproduktiv 
darajasidan ijodiy qidiruv ishlariga o‘tish” ni taqazo etadi. 
Tinkercad – Virtual elektronika  
Tinkercad – bepul, juda ham qulay va imkoniyatlari keng servis hisoblanib
bu servisda elektronika va robototexnika asoslarini o‘rganish imkoniyatlarini 
beradi. Hech narsani yuklash talab etilmaydi. Hammasi onlayn tarzda. Tinkercad 


faqat ingliz tilida. Bu servis juda soddaligi sababli, uni o‘rganishda ingliz tili to‘siq 
bo‘la olmaydi.
Tinkercad onlayn servisining imkoniyatlari:
Onlayn platformani ishlatish uchun brouzer va internet kifoya;
Elektron sxemalarni yasash uchun qulay grafik redaktor mavjud;
Ko‘p ishlatiladigan turli xil modeldagi elektron komponentlar oldindan 
o‘rnatilgan;
Qo‘shimcha sensorlar va tashqi muhit ta’sirida ishlaydigan komponentlarni 
o‘rnatish. Yuqoridagi sensor va komponentlarning qiymatini o‘zgartirgan holda, 
sistemaga ta’sirini kuzatish mumkin;
Maxsus o‘rnatilgan Ardunio redaktori mavjud;
Ardunio, Scratch yoki C dasturlash tilida kod yozish mumkin;
Tayyor bo‘lgan loyixalarning chizmalarini va kodlarini yuklash 
imkoniyatlari bor.
Ishni boshlash uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish bepul.
Loyiha ishlarini namoyishida audio, video, rasmlar ustida bajariladigan 
amallarni mukammal bilishilari ham lozim. Bundan tashqari 3D printer yordamida 
buyumning aniq o‘lchamlarini olishni o‘rganadilar. 
Loyixalarni amalga oshirish jarayonida aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari bir 
jamoa bo‘lib ishlashlari lozim. Bu o‘qituvchilardn biror biri loyixada qatnashmasa, 
loyiha muvaffaqiyatli bo‘lmaydi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, maktablarda STEAM loyihalarni amalga oshirish 
va laboratoriyalarini tashkil etish uchun IT-kompaniyalari taqdim etadigan 
professional uskunalar kerak. Ular 4 ta didaktik to‘plamdir:
1. Tajriba va robotexnika uchun mikrokontrollerlar, elektron komponentlar va 
dasturlanadigan elektron modullar;
2. Grafika va modellashtirish uchun 3D printer;


3. Modellashtirish uchun raqamli frezerli mashina;
4. Golografiyali o‘quv videolarini yaratish uchun loyiha hamda videokamera 
bilan gologrammali ekran.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin